• Diffuzion sharbatni tozalash.
  • B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»




    Download 1,23 Mb.
    bet110/231
    Sana13.02.2024
    Hajmi1,23 Mb.
    #155970
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   231
    Bog'liq
    Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org

    189

    Toza suv Turpni presslash

    qismiga beriladi. Bunda sharbatning o‘zi 72 °C haroratdan 45-55 °C haro- ratgacha soviydi va navbatdagi texnologik bosqich-tozalashga yuboriladi. Isitilgan strujka esa bug‘latgichning aralashtirgichida dastlab issiqlik almashinuvchidan o‘tib 85 °C haroratga ega bo‘lgan sharbatning ikkinchi qismi (oqimi) bilan aralashtiriladi. Olingan strujka va sharbat aralashmasi 75 °C haroratga ega bo'lgan holda diffuziyalash uchun apparatning pastki qismiga beriladi va sikl takrorlanadi. Apparatda faol diffuziyaning davomiyligi 75-80 minutni tashkil etadi.
    Kolonnali diffuzion apparatlar yuqori miqdorda sharbat olish (lavlagi mas^siga nisbatan 125—130%), qo‘shimcha issiqlik almashinuvi va nasoslar mavjudligi, strujka sifatiga yuqori sezgirligi (100 g strujkaning uzunligi 11-13 m bo‘lishi kerak) kabi kamchiliklarga ega.
    Diffuzion sharbatni tozalash. Olingan diffuzion sharbat 15-16% quruq moddalarga ega, bulardan 14-15% ini saxaroza va taxminan 2% ini noqand moddalar tashkil etadi. Eriydigan noqandlarning qatoriga eruvchan oqsillar, redutsiyalovchi qandlar, pektin moddalar, kuchsiz azotli asoslar, organik va noorganik kislotalarning tuzlari hamda oqsilning


    190
    pag'alari va mezga kiradi. Sharbat nordon reaksiya (pH 6,0-6,5)ga ega, rangi qoramtir, qariyb qora va kuchli ko'piklanadi. Barcha noqandlar u yoki bu darajada saxarozaning kristallanishini pasaytiradi, shu sababli qandning melassa bilan yo‘qotilishini oshiradi. Ulardan qutulish uchun diffuzion sharbat ohak yordamida tozalanadi (defekatsiya) va ohakning ortiqchasi uglerod dioksidi yordamida (saturatsiya) bartaraf qilinadi (6.5- rasm).
    Diffuzion sharbatni defekatsiyalash. Sharbatga ohak bilan ishlov berish (defekatsiya) ikki bosqichdan iborat: dastlabki defekatsiya (olddefekatsiya) va asosiy defekatsiya. Dastlabki defekatsiyada lavlagi massasiga nisbatan 0,2-0,3% CaO ishlatiladi. Bunda sharbatning pH i sekinlik bilan 10,8-11,6 gacha ko‘tariladi. Asosiy defekatsiyada lavlagi massasiga nisbatan 2,5% CaO ishlatiladi, bunda sharbatning pH i 12,2­


    1. gacha ko'tiriladi.


    Defekatsiyaning ikki bosqichda o'tkazilishi shu bilan tushuntiriladiki, ohakning kamgina miqdori sharbatdagi kolloid disperslikka ega bir qator moddalarga koagulatsion ta’sir etadi. Dastlabki defekatsiya pH ning optimal qiymatda o‘tkazilishi 80% gacha kolloid disperslikka ega moddalar va yuqori molekulali birikmalarning cho‘kmaga tushishini ta’minlaydi, bu esa sharbatni tozalashda olib tashlanadigan noqandlarning 30-40 foizini tashkil etadi.
    Dastlabki defekatsiyada pH ning qiymati doimiy emas, u noqand­larning tarkibiga bog‘liq.
    Defekatsiyaning bu bosqichidan yana bir maqsad bir qator kislotalarning (limon, oksilimon, olma, vino, shovul va boshqa kislotalar) nordon tuzlarini neytralizatsiyalash va zich joylashgan zarrachalarga ega cho‘kma hosil qilishdan iborat. Bunday cho‘kma yaxshi filtrlanadi, asosiy defekatsiya vaqtida yuqori ishqoriylik va harorat sharoitida kalsiy ionlarining yemiruvchi ta’siriga chidamlidir. Shakar ishlab chiqarish korxonalarida kerakli ohakning barchasini kiritish (optimal dastlabki defekatsiya) yoki 20-30 minut davomida kiritish (progressiv dastlabki defekatsiya) yo‘li bilan amalga oshiriladi. Sharbatning harorati ham o‘zgarib turishi mumkin: sovuq dastlabki defekatsiya o‘tkazishda ohak-sharbat 50°C haroratga ega bo'lganida; iliq dastlabki defekatsiya - 50-60 °C haroratda; issiq dastlabki defekatsiya-85- 90 °C haroratda kiritiladi. Dastlabki defekatsiya rejimini tanlash qayta ishlanadigan lavlagi sifatiga bogiiq.



    Download 1,23 Mb.
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   231




    Download 1,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»

    Download 1,23 Mb.