|
§. SHAKAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
|
bet | 108/231 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #155970 |
Bog'liq Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org§. SHAKAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
Zamonaviy korxonalarda qollaniladigan namunaviy shakar ishlab chiqarish texnologik sxemasi 6.2-rasmda tasvirlangan. U quyidagi asosiy bosqichlarni qamrab oladi: lavlagi bolakchalari («strujka»)ni uzluksiz qandsizlashtirish, turp (jom)ni presslash, siqib olingan suvni diffuzion qurilmaga qaytarish; olingan diffuzion sharbatni ohak-uglekislotali tozalash, uch martali kristallizatsiya va III kristallizatsiya sariq shakarini affmitsiyalash.
Lavlagini ishlab chiqarishga tayyorlash. Lavlagini korxonaga yetkazish va aralashmalarni ajratish. Burakxonadan gidravlik transportyor bo'yicha suv bosimida harakatlanadigan lavlagi korxonaga yetkaziladi. Lavlagida 5 dan 15% gacha turli aralashmalar (poya, somon, qum, tosh) boiishi mumkin. Ular jihozlarning ishini yomonlashtiradi, ularning sinishiga olib keladi, diffuzion sharbat sifatini pasaytiradi va shakar chiqishini kamaytiradi. Shuning uchun aralashmalarni ajratishga katta e’tibor beriladi. Lavlagi gidravlik trasportyorda harakatlanishida qisman yuviladi va aralashmalar ajraladi. Bunda poya, qum va toshushlagichlar bilan jihozlangan gidravlik trasportyorlardan foydalaniladi. Ammo lavlagining yakunlovchi yuvilishi korxonaning yuvilish bolimida o‘rnatilgan yuvish mashinalari yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun sutkada 1,51 lavlagini yuvish unumdorligiga ega KMZ-57M rusumli yuvish mashinalari qoilaniladi.
KMZ-57M rusumli yuvish mashinasi tog‘orasimon sig‘imdan iborat boiib, to‘siq bilan yuvish va olib tashlash ikki bolimga ajratilgan. Yuvish bolimida lavlagini yetkazish uchun shnek va lavlagini jadal aralashtirish va yuvish hamda loydan tozalash uchun kulachokli val o‘rnatilgan. Ma-
186
Quritish, joylash, saqlash
6.2-rasm. Shakar ishlab chiqarish namunaviy texnologik sxemasi.
187
shina qum va toshuchlagichlar bilan ta’mmlangan. Lavlagini yuvish uchun boshqa samarali ishlaydigan mashinalardan ham foydalanish mumkin.
Tozalangan lavlagi cho‘michli yoki lentali transportyor bilan korxonaning yuqoridagi xonalariga chiqariladi va u yerda metall aralashmalardan tozalanadi va tarozilarda tortiladi.
Lavlagini strujka shaklida to'grash. Saxaroza lavlagidan diffuzion usulda chiqarib olinadi. Buning uchun lavlagi novsimon, plastinasimon va boshqa shakllarda yupqa to‘g‘raladi. Strujkaning sifati 100 gramining metrlarda ifodalangan uzunligi bilan baholanadi. Uzluksiz ishlaydigan diffuzion apparatlarda, 100 gramining uzunligi 9-15 metr boigan strujkadan foydalaniladi. Strujkaning sifati diffuzion sharbat olishda muhim ahamiyatga ega, shuning uchun yaroqsiz strujkaning miqdori 3 % dan oshmasligi kerak.
Lavlagini strujkaga to‘g‘rash uchun markazdan qochma, diskli yoki barabanli lavlagi kesuvclii mashinalar qoilaniladi.
|
| |