|
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|
bet | 109/231 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #155970 |
Bog'liq Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.orgDiffuzion sharbat olish diffuziya hodisasiga asoslangan boiib, Fuk qonuniga asoslanadi. Bu qonun ekstraksiyalanuvchi modda S va jarayonning asosiy parametrlari orasidagi bogliqlikni o‘rnatadi:
S = DF — x,
X
bu yerda: D-diffuziyalanuvchi modda molekulasining olchamiga bogiiq, koeffitsiyent; F-qatlamning yuzasi; C-c-konsentratsiyalarning farqi; x-qatlamning qalinligi; x- diffuziya davomiyligi.
Amalda barcha bu kattaliklar tabiiy chegaralarga ega. Masalan, 100 kg strujkadan chiqariladigan sharbatning miqdori 100-125 kg ni tashkil etadi. Qandsizlashtirish uchun suv miqdorini oshirganda, ya’ni konsentratsiyalar farqini oshirganda, sharbatni keyingi buglatishda yoqilgl va elektr energiyasi sarfi ortadi, bu esa iqtisodiy nuqtayi nazardan ma’qul emas. Qandsizlashtirishning davomiyligi x, strujkaning parametrlari F, x foydalaniladigan diffuzion apparatlarning konstruktiv xususiyatlari bilan bogiiq. Masalan, diffuzilashning davomiyligi uzluksiz ishlaydigan apparatlarda qo‘pol strujkalarni ishlatilganda 70-80 minutni tashkil etadi, diffuziya temperaturasi esa 75 °C dan oshmasligi kerak, chunki uning oshishi natijasida strujka kuchsiz yumshab, elak teshikchalarini yopib qo‘yadi.
Hozirgi vaqtda qandlavlagidan saxarozani ekstraksiyalash uzluksiz ishlaydigan apparatlarda 6.3-rasmda tasvirlangan sxema bo'yicha amalga oshiriladi.
188
Lavlagi strujkasi
\
S2 ►S ►S1 ► Turp
s- ч
r, « ^ Suv (s =0)
Diffuzion 1
sharbat
6.3-rasm. Lavlagi strujkasini qarama-qarshi oqimda qandsizlantirish sxemasi:
S, Sv S2 - saxarozaning strujkasidagi konsentratsiyasi; s, s,, s2 - saxarozaning diffuzion
sharbatdagi konsentratsiyasi.
Saxaroza konsentratsiya S2 ga ega strujka diffuzion apparatning bosh qismi (A) ga tushadi va uning oxirgi (B) qismiga harakatlanib turib, qarama-qarshi harakatlanayotgan eritmaga saxarozani beradi. Apparatning oxirida strujka juda kam saxarozaga ega. Ammo bu yerga toza suv berilganligi tufayli diffuziya davom etadi. Shunday qilib konsentratsiyaning farqi apparatning barcha qismlarida saqlanib turiladi, bu esa strujkadan saxarozani maksimal miqdorda chiqarib olinishini ta’minlaydi. Saxarozaning yo‘qotilishi lavlagi massasiga nisbatan 0,25 - 0,3 % ni tashkil etadi.
Shakar ishlab chiqarish korxonalarida turli sistemadagi diffuzion apparatlardan foydalaniladi: kolonnali diffuzion apparatlar (KDA), qiya diffuzion apparatlar (PDS, DDS), rotatsion diffuzion apparatlar (RDA) va boshqalar.
Bir kollonnali diffuzion apparat (6.4-rasm) gorizontal bug‘latgich 7, qizdiruvchilar, nasoslar 2 va vertikal diffuzion apparatdan iborat.
Strujka va sharbat aralashmasi nasos orqali kolonnaning pastki qismiga beriladi, parrakli val 6 va qo‘zg‘almas parraklar 5 yordamida yuqoriga qarab qarama-qarshi harakatlanadi. Qandsizlantirilgan turp apparatning yuqorigi qismidan chiqariladi va shnekli suv ajratgichlarda qisman suvsizlantiriladi. Toza suv va turpni presslashdan olingan suv (pH 5,5-6,0) apparatning yuqorigi qismiga beriladi. Diffuziyalash jarayonining talab qilinadigan haroratini (74-75 °C) ta’minlash maqsadida ushbu apparatda shnekli bug‘latgich 1 dan foydalaniladi. Diffuzion sharbat apparatning pastki qismida olinadi va ikki oqimga taqsimlanadi.
Oqimlarning biri-sharbatning asosiy qismi-darhol xona haroratiga ega strujkani dastlabki isitish uchun bug‘latgichning issiqlik almashinish
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|