Mazmuni. Standartlar, ma’lumotnomalar, uslubiy ko'rsatmalardan foyda- lanib yog'-moy mahsulotlari assortimentini o'rganish




Download 1,23 Mb.
bet106/231
Sana13.02.2024
Hajmi1,23 Mb.
#155970
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   231
Bog'liq
Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org

Mazmuni. Standartlar, ma’lumotnomalar, uslubiy ko'rsatmalardan foyda- lanib yog'-moy mahsulotlari assortimentini o'rganish.


183


  1. bob. QAND TEXNOLOGIYASI




  1. §. QANDLAVLAGI-SHAKAR ISHLAB CHIQARISH XOMASHYOSI


«Shakar» va «qand» iboralari azaldan birgina ma’noni bildiradi. Ushbu bobda «Shakar» deb turli olchamli kristallardan iborat boigan mahsulotni, boshqa hollarda esa «qand» iborasini ishlatamiz.
Shakarqamishdan shakar olish Hindistonda eramizdan oldingi IV asrda ma’lum boigan ekan. Eramizning X asriga kelib shakarqamish yetishtirish va undan shakar olish Suriya, Misr, Eron, Amerika kashf qilingandan keyin esa Janubiy Amerika mamlakatlariga tarqalgan. Shakarqamishdan shakar ishlab chiqarish Antil orollarida jadal tarqalgan boiib, u yerdan dengiz orqali Yevropaga keltirilgan.
Ko‘p yillar davomida shakar oz miqdorda shirinlik sifatida iste’mol qilinib kelingan. Hozirgi vaqtda shakar qandolatchilik, novvoylik, konservalash sanoatida, yaxna ichimliklar, muzqaymoq va boshqa mahsulotlarni tayyorlashda xomashyo sifatida keng qoilaniladi va inson tomonidan bevosita iste’mol qilinadi.
0‘zbekistonda «Xorazm-Shakar» aksiyadorlik jamiyatida Avstriya va Amerika ishbilarmonlarining sarmoyalarini jalb qilgan holda lavlagini qayta ishlash mavsumlari orasida xom shakarni qayta ishlashni uyushtirish hisobiga shakar ishlab chiqarish yoiga qo'yildi. «Xorazm-Shakar» aksiyadorlik jamiyatining yillik shakar ishlab chiqarish hajmini 210 ming tonnaga yetkazish ko‘zda tutilgan. Respublikamiz aholisining shakarga boigan yillik ehtiyoji 400-500 ming tonnaligini hisobga olsak, «Xorazm- Shakar» korxonasining respublikada shakar ishlab chiqarishdagi salohiyati yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Bizning mamlakatimizda qandlavlagi-shakar ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo manbayi hisoblanadi. Sug'orilmaydigan yerlarda uning hosildorligi 1 gektarga o'rtacha 18-251, tarkibidagi qand 14-18% ni tashkil etadi. Lavlagi ekiladigan rayonlarga moslashtirilgan navlarni to‘g‘ri parvarishlash natijasida har 1 ga yerdan 40-50 tonnagacha hosil olinadi.
Qandlavlagi (Beta vulgaris)-quruqlikka chidamli o‘simlik boiib, botanik alomatlariga ko‘ra ro‘yan o'simliklar oilasiga kiradi. Ildizmeva


184
massasi 200 g dan 500 g gacha. Uning hujayra to'qimalaridagi sharbatda erigan saxarozadan tashqari boshqa moddalar ham mavjud.
Sharbatning kimyoviy tarkibi lavlagining navi, yetishtirish va saqlash sharoitlari bilan bog‘liq. Qandlavlagining taxminiy kimyoviy tarkibi 6.1-rasmda tasvirlangan.



Download 1,23 Mb.
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   231




Download 1,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mazmuni. Standartlar, ma’lumotnomalar, uslubiy ko'rsatmalardan foyda- lanib yog'-moy mahsulotlari assortimentini o'rganish

Download 1,23 Mb.