|
Diffuzion sharbatni saturatsiyalash
|
bet | 113/231 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #155970 |
Bog'liq Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.orgDiffuzion sharbatni saturatsiyalash. Saturatsiya deb diffuzion sharbatga 30-40% uglerod dioksidiga ega saturatsion gaz bilan ishlov berish tushuniladi.
Saturatsiya ikki bosqichda (I va II saturatsiya) o‘tkaziladi, ularning oralig‘ida noqandlarning cho'kmasi ajratiladi. Dastlabki va asosiy defekatsiya vaqtida cho'kmaga tushgan noqandlarning eritmaga o‘tishining oldini olish uchun, I saturatsiya xuddi olddefekatsiyadek, eritmada, 194
biroz ortiqcha ohak mavjudligida
(0,2-0,3% CaO, pH 10,8-11,6) tuga-
tiladi.
saturatsiya. U bir, ikki va
ko‘p pog‘onali bo‘lishi mumkin.
Ko‘p korxonalarda I saturatsiya
bir pog‘onali usulda o‘tkaziladi.
Diffuzion sharbat 80-85 °C
haroratga ega bo‘lgan holda
defekatsiyadan keyin darhol bir
pog'onali uzluksiz ishlaydigan
saturatorga (6.7-rasm) tushadi.
U tubi konussimon va yuqorigi
qismi kengaytirilgan silindrsimon
sig‘imdan iborat. Saturatsion gaz
saturatorning pastki qismiga urinma
bo'yicha to‘rt nuqtadan beriladi.
Defekatsiyalangan sharbat oqimiga
qarama-qarshi konussimon tarelka
ga gaz tushadi. Saturatorda
saturatsion gazni bir tekis taqsimlash
maqsadida chambaraksimon to‘siq-
lar 2 o‘rnatilgan. Defekatsiyalangan sharbatda ohakning faqatgina 0,1
qismi, qolgan 0,9 qismi esa cho‘kmada bo'ladi. Uglerod dioksidini
puflashda ortiqcha ohakning qariyb hammasi erigan saxarat holatidan
o‘tib, kalsiy oksidi ko‘rinishida cho‘kmaga tushadi. Bu cho‘kmaning
zarrachalari musbat zaryadga ega bo‘lib, o‘z yuzasiga barcha manfiy
zaryadlarni adsorblab oladi. Shunday qilib, defekatsiyada qo'shilgan
ohakning ortiqchasi, ko‘p miqdordagi mayda dispersli katta yuzaga
ega musbat zaryadli kalsiy oksidi zarrachalarini hosil qilish imkonini
yaratadi. Shu tufayli sharbatning yaxshi fizik-kimyoviy tozalanishiga
erishiladi va uning keyingi filtrlanishi osonlashadi. Saturatsion gazning
foydalanish koeffitsiyenti 60-65 % ni tashkil qiladi. Saturatsiyalangan sok
saturatorning pastki qismidan nazorat qiluvchi quti 5 va to‘siqcha 4 orqali
ikki qismga bo‘linadi-birinchi qismi dastlabki defekatsiya o‘tkazishga,
ikkinchisi esa filtrlashga va keyingi ishlov berishga yuboriladi.
saturatsiya. Bu jarayon sharbatda kalsiy tuzlari konsentratsiyasini pasaytirish maqsadida o‘tkaziladi, chunki sharbatdan kalsiy tuzlarini
|
| |