|
Qo‘y va echkilarningi semizlik ko‘rsatkichlari va tamg‘alanishi
|
bet | 128/231 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #155970 |
Bog'liq Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.orgQo‘y va echkilarningi semizlik ko‘rsatkichlari va tamg‘alanishi. Qo‘y va echki go'shti ham standart talabiga ko‘ra semizligi va go‘shtdorligiga ko‘ra ikki kategoriyaga boiinadi.
kategoriya talabi: muskulaturasi qoniqarli darajada rivojlangan. Umurtqa pog‘onasi o‘simtalari qisman bolsa-da sezilib turadi. Yelka va tanasining yuza qismi teriosti moy qavati bilan qoplangan boiadi.
kategoriya talablari: muskulaturasi tuban rivojlangan boisa. umurtqa pog'onasi, qovurg‘alari bo‘rtib turadi. Tanada moy bolmaydi yoki nihoyatda oz miqdorda boiishi mumkin.
Yuqoridagi ikki kategoriya talabiga javob bermagan qo‘y va echki go‘shti standart talabiga binoan oriq go‘sht hisoblanadi.
223
Sanoat korxonalariga qayta ishlash maqsadida yuboriladigan tushalar ichidan buyrak va yog‘i olinadi. Agar iste’mol uchun yaroqli bo‘lsa, u qoldiriladi.
I kategoriyali tushaga yumaloq tamg'a bosiladi, II kategoriyali bo‘lsa, to'rtburchak va oriq tushaga uchburchak tamg‘a bosiladi.
kategoriyali qo‘y go'shtining 5 ta joyi (bittadan kurak qismiga, bir marta ko‘krak qismi)ga tamg'a bosiladi. II kategoriyali bo‘lsa 4 ta tamg‘a bosiladi. Oriq tushaga bitta tamg‘a bosiladi.
Echki go'shtiga ham qo‘yniki kabi tamg‘a bosib, kolbasa va konserva tayyorlash uchun jo'natiladi, ayrim hollarda qadoqlangan holda sotuv korxonalariga chiqariladi.
§. KALLA-POCHA MAHSULOTLARIGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI
Hayvonlar so‘yilgach, kalla-pochasi va ichki organlari qayta ishlanadi. Go‘sht sanoatida bu organ va qo‘shimcha to‘qimalar kalla-pocha mahsulotlari deb ataladi. Bu mahsulot barcha morfologik belgilariga ko‘ra to‘rt guruhga bo'linadi: •
yumshoq va go‘shtli mahsulot (jigar, o‘pka, yurak, buyraklar, taloq, til, yelin, go‘sht kesiklari, diafragma);
suyakli qo‘sliimcha go‘sht mahsulotlari (qoramollarning bosh va dumi);
junli qo‘shimcha mahsulotlar (qoramol oyoqlari, quloqlari);
shilimshiq mahsulotlar (katta qorin, to‘r qorin, qatqorin, shirdon va oshqozon) shular jumlasidandir.
Kimyoviy tarkibi, to‘yimliligiga ko‘ra kalla-pocha mahsulotlari ikki kategoriyaga bo'linadi. I kategoriyaga miya, til, jigar, kalla go‘shtlari, buyraklar, diafragma, dum, yelin va go‘sht kesiklari kiradi. II kategoriyaga boshi, quloq va oyoqlari, urug‘donlar, o‘pka, katta qorin, qizilo'ngach kiradi.
Shuningdek, cho‘chqalarning oshqozoni, taloq, lab va traxeyalari ham ikkinchi kategoriyaga inansub hisoblanadi.
Ayrim qo'shimcha mahsulotlar (o'pka, oshqozon devorlari) biriktiruvchi tolalardan tashkil topgan bo'ladi.
Ba’zi bir qo'shimcha mahsulotlarda suyak miqdori ko'proq bo'ladi. Masalan, boshda 50%, oyoqlarda 85-90% atrofida suyak bo'lishi aniqlangan. Ishlanmagan qo'shimcha mahsulotlar uzoq vaqt saqlanmaydi. O'pka, jigar, taloq, buyrak kabilar 0°C dan past haroratda saqlanishi talab etiladi. 224
|
| |