• Ichki sekretsiya, endokrin va ferment xomashyolari.
  • §. GOSHT VA GOSHT MAHSULOTLARINI SOVITISH, MUZLATISH VA SAQLASH
  • Serjun va shilimshiq pardali qo‘shimcha mahsulotlarni qayta ishlash




    Download 1,23 Mb.
    bet129/231
    Sana13.02.2024
    Hajmi1,23 Mb.
    #155970
    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   231
    Bog'liq
    Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org

    Serjun va shilimshiq pardali qo‘shimcha mahsulotlarni qayta ishlash. Issiq suv (65-70 °C) bilan ishlov berib tuklardan tozalash ishchi yuzasi qovurg‘asimon senrifugada olib boriladi (6-8 minut davomida). So‘ngra yuvish barabanida yuvib, oyoqlarning tuyog‘i tuyoq ko'chirish mashinasida ko‘chirilib, kuydirish pechiga beriladi. Pechda 80°Cda 1,5—



    1. minut davomida qolgan mayda tuklari kuydiriladi. Pech butun uzunasi bo'yicha mayda teshiklardan iborat po‘lat quvur bo‘lib, u 6°Cga qiya qilib o'rnatilgan. U 1 minutda 14 marta aylanadi, natijada quvur tagidan berilayotgan gaz alangasi mahsulotning barcha sohasiga tegadi va qiyalik hisobiga mahsulot to‘g‘ri yuvish barabaniga tushib sovuq suvda yuvilib, toza holda qabul qilish idishiga tushadi. Oshqozon boMaklari (katta qorin, to‘r qorin, shirdon) ham 65-68 °C li issiq suvda yuvilib, shilimshiq pardasi tozalanib, sotish tashkilotlariga chiqariladi. Ba’zan ularni 62-68 °C da issiq suv to‘ldirilgan maxsus sentrifugalarga solinib, unda 8-12 minut turgach shilimshiq pardadan tozalanadi. Agar korxonada sentrifuga bo‘lmasa katta qorinlar maxsus tayyorlangan ochiq qozonlarda bug‘lanadi va shilimshiq pardasi qo‘l bilan ajratib tozalanadi.


    Tozalangan, oq rangli katta qorinlar suvi oqib ketishi uchun osib qo‘yiladi, ya’ni ular selgitiladi. Nihoyat ishlov berilgan katta qorinlar sovuqxonalarga jo‘natiladi.
    Ichki sekretsiya, endokrin va ferment xomashyolari. So‘yilgan hayvonlarning ichki sekretsiya bezlari xomashyolaridan ham foydalanish mumkin. Bunda asosan: gipofiz, epifiz, qalqonsimon bezlar, timus, buyrakusti bezlari, oshqozonosti bezlari, urug'donlar va boshqalar nazarda tutiladi.


    1. §. GO'SHT VA GO'SHT MAHSULOTLARINI SOVITISH, MUZLATISH VA SAQLASH


    Mollarni so‘yish natijasida olinadigan eng asosiy mahsulot go‘sht va mol yog‘i hisoblanadi. Nihoyat uchinchi o‘rinda qo'shimcha mahsulotlar olinadi. Umuman, har bir go‘sht kombinati va kushxonaning texnikaviy va iqtisodiy ko'rsatkichlari ularning qancha miqdorda mahsulot ishlab bera olishi quvvati bilan belgilanadi. Ishlab chiqariladigan go‘shtning sifati ko‘p jihatdan hayvonlar semizligi, jinsi, yoshi va zoti bilan bog'liq holda bo‘ladi. Lekin go‘shtni qayta ishlash jarayonida uni xaridorgir va sifatli bo‘lishi, asosan, go‘sht kombinati ishchilarining mahorati va tajribasiga bog‘liq bo‘ladi. Bu borada ayrim me’yor darajasidagi ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan (7.1-jadval).


    225





    Download 1,23 Mb.
    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   231




    Download 1,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Serjun va shilimshiq pardali qo‘shimcha mahsulotlarni qayta ishlash

    Download 1,23 Mb.