• Muzlatilgan go‘shtni muzdan tushirish (defrostatsiyalash). Muzla­tilgan gosht tabiiy va sun’iy usulda eritiladi.
  • Dczinfeksiya.
  • B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»




    Download 1,23 Mb.
    bet131/231
    Sana13.02.2024
    Hajmi1,23 Mb.
    #155970
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   231
    Bog'liq
    Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org

    Go‘shtni muzlatish. Muzlatish uchun barcha semizlikdagi go'shtlarni yaroqli deb bo'lmaydi. Masalan, oriq hayvon go'shti muzlatishga yaramaydi. Bunday go'shtlarni tezlik bilan qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan sex va korxonalarga jo'natiladi. Go'sht muzlatiladigan kameralarda -26 °C haroratda, havoning 90-92 % nisbiy namligida go'sht 32—50 soatda muzlaydi.
    Muzlatilgan go'sht harorati -10-12 °C, havoning nisbiy namligi 95­98 % ni tashkil qiladigan kameralarga yuboriladi va saqlanadi. Kamerada sutkasiga bir marta havo almashtirib turiladi.
    Saqlash jarayonida muzlatilgan go'shtning rangi o'zgaradi, ya’ni qora-qizil bo'lib, xiralashib qoladi. 7-8 oy saqlangan go'shtning ustidagi yog'-to'qima ko'kimtir sarg'ish, ba’zan ko'kish, achchiq ta’mli va hidli bo'ladi. Bunday o'zgarishlar tufayli, barcha turdagi hayvon go'shti uchun saqlash muddati belgilangan. Jumladan, qoramol va qo'y go'shti 10-12 oy, cho'chqa go'shti 6-7 oy, parranda go'shti 6-8 oygacha saqlanishi mumkin.
    Muzlatilgan go'shtlar sovuq omborlarda saqlanganda ularning namligi turli miqdorda kamayadi. Bu miqdor 0,7-1,5% ni tashkil etadi.
    Muzlatilgan go‘shtni muzdan tushirish (defrostatsiyalash). Muzla­tilgan go'sht tabiiy va sun’iy usulda eritiladi.
    Sun’iy eritish-kameradagi havo rejimi (harorat, nisbiy namlik, havoning aylanishi) ni buzmasdan amalga oshiriladi.
    Tabiiy eritish (issiqlik ta’sirida) -deyarli bir maqsadga muvofiq bo'lmaydi. Bunga sabab, go'shtning shirasi tananing to'qimalariga shimil-


    227
    masdan tashqariga oqib ketadi. Bunda go‘sht oziq moddalarini birmuncha yo‘qotadi va lattaga o'xshab qoladi.
    Agar go‘sht maxsus kamera (defroster)larda sekinlik bilan sun’iy eritilsa, erigan suv va go‘sht shirasi kolloidlar tomonidan shimib olinadi.
    Nimtalar, asosan, bo‘laklarga bo'lingan holda eritiladi. Bo'laklar nimtaning chorak, ya’ni 1/4 qismidan kichik bo‘lmasligi kerak, chunki mayda bo'laklar shirani ko‘p yo‘qotadi.
    Eritilgan go‘sht 1-3 kun 0-2 °C haroratda saqlanadi. Bu vaqtda u shirasini yo‘qotmaydi va suv kolloidlari tomonidan shimiladi, go‘shtning ustida harorat -1 °C bo‘ladi. Shunday usulda eritilgan go‘sht 0°C haroratda


    1. 8 kun saqlanishi mumkin. Muzlatilgan go'shtni eritish uchun 2-5 kun vaqt sarflanadi.


    Dczinfeksiya. Dezinfeksiyalash uchun har xil mog‘or zamburuglariga faol ta’sir etadigan moddalarni tanlab olish talab etiladi. Kameralarni dezinfeksiya qilish uchun 5 % li temir sulfat tuzining eritmasi, 5 % li o‘yuvchi natriy (NaOH)ning eritmasi, antiseptol (tarkibida 25% xlor bo‘lgan xlorli ohakdan 2,5 kg, 35 kg kalsiylangan soda va 100 / suv aralashmasi) ishlatiladi. Taniqli olim, prof. M.Danilov bu borada ko‘plab kuzatishlar olib borgan va uning fikriga ko‘ra kameralarni BUV-15 va BUV-30 rusumli lampalar bilan zararsizlantirish ma’qul deb hisoblanadi.



    1. Download 1,23 Mb.
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   231




    Download 1,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»

    Download 1,23 Mb.