|
"Экономика и социум" №5(108)-2 2023 www.iupr.ruBog'liq badiiy-matn-va-uni-tahlil-qilish-metodologiyasi"Экономика и социум" №5(108)-2 2023 www.iupr.ru
280
Til ifoda vositalari: so`z, so`z shakllari, so`z birikmalari, gap tiplarining
tanlanishi, qo`llanishi va uyushishini tahlil qilish nazarda tushiniladi. Masalan:
Alisher Navoiyning "Farxod va Shirin" dostonini o`rganish jarayonida eskirgan
so`zlar va so`z shakllariga izox berib boriladi: B. Lingvistik nazariya, til sistiemasi
va tarixi faktlariga asoslangan filologik tahlil. Adabiy metod, janr, badiiy-estetik
prinsiplar avtor shaxsi va uning nutqiy manerasi va boshqa matn til ifoda
vositalarining tarkibi xamda ko`rinishini belgilovchi omillardir. Masalan: G`ofur
G`ulom she'riyatida tarixiy so`zlarning qo`llanishi sabablarini izoxlash. Stilistik
tahlil-matndagi badiiy tasvir vositalarini izohlash. Tasviriy vositalar har xil uslub
va janrda qo`llanilib u umumtilga hamda avtorga tegishli bo`lishi mumkin.
Asarda ishtirok etayotgan qahramonning nutq qurilishi tilning leksik tarkibi,
uning xarakterini ochishda muhim vosita sanaladi.
Masalan: Uyg`un o`zining "Jontemir" poemasida Jontemir xarakterini
chizishda badiiy tasvir vositalaridan ustalik bilan foydalanadi.
"Rang-barang chechaklar to`lg`anib, jozibali kulib boqqandir",
"Na bulut silkitmay oltin par", "Mo`ylov burab, jilmayib tog`lar
(jonlantirish),
"Nozli bulutlar, daydi yellar,
kumush suvlar, shirin qo`shiq"(sifatlash),
"Qirchillama sho`x yigitlarday, olmos kabi yaltirab asta,
zuluk kabi so`rib qonini"(o`xshatish)
"na ko`kning fonari o`chmasdan, na yulduz sayr etib ko`chmasdan..."
Badiiy tahlil-matn tahlilining murakkab turlaridan bo`lib, unda xilma-xil
vazifalar bajariladi. Chunki bu tahlildan kuzatiladigan maqsad asarning
xususiyatlarini o`rganishdir. Badiiy matnda kishilarning munosabatlar doirasida
bir-biri bilan bog`langan kishilar xayotining ma'lum davridagi voqealari
tasvirlanadi. Bu voqealarda davrning siyosiy ijtimoiy, madaniy va ahloqiy xayoti
o`z aksini topadi.
Matnning adabiy tahlilida quyidagi maslalarga aloxida e'tibor berilishi
lozim:
1. Badiiy matn tahlilida tasvirlangan voqelik va shu voqelikka
yozuvchining munosabati aniqlanadi. Masalan: Alisher Navoiyning "Farxod va
Shirin" dostonida olijanob fazilatlarini ulug`lash, adolat va xalqparvarlik, do`stlik
va qaxramonlik, muxabbat erkinligi va unga sadoqati asarni g`oyaviy mazmunini
tashkil qiladi. Asarda Xisrav, Yosumon kabi yovuz kuchlar bilan Farxod, Shirin,
Mexinbonular o`rtasidagi kurash ko`rsatiladi. Shoir Farxod, Mexinbonu,
Shirinlarning barcha xarakatlariga xayrixoxlik bildiradi. Shoxni adolatli
bo`lishiga undash g`oyasini ilgari suradi. 2. Tahlilda asarning mazmuniga xam
shakliga xam berish va mazmunning yetakchi rolini ta'kidlab o`tish zarur. 3. Asar
tahlilida obrazlar asarning umumiy mazmuni bilan bog`liq xolda o`rganiladi. 4.
Asar syujeti va kompozisiyasini o`rganish xam adabiiy tahlilning asosiy
vazifasidir. Badiiy asardagi mavzu, obraz, til, kompozisiya, muayyan g`oyani
ifodalaydi. Mavzu va g`oyaning aktualligi va xalqchiligi, mazmun va shaklning
|
| |