|
"Экономика и социум" №5(108)-2 2023 www.iupr.ruBog'liq badiiy-matn-va-uni-tahlil-qilish-metodologiyasi"Экономика и социум" №5(108)-2 2023 www.iupr.ru
279
funktsional uslub tomonidan ifoda etilayotgan xabar kabi badiiy asar matnni ham
nutq aktining birin-ketin keluvchi tanlam majmuasi deb qarash mumkin. Bu esa
o`z navbatida bir qator obektiv va subektiv, shaxsga aloqador bo`lgan faktorlar
bilan izohlanadi. Tilga olib o`tilgan faktorlarning tasiri ko`proq ikki xil nutq
doirasida, yani xar kungi og`zaki va badiiy nutqda namoyon bo`ladi. Bu ikki xil
nutqning birinchisi, situasiya bilan, norasmiyligi bilan xarakterlansa, ikkinchi
g`oyaviy-estetik yo`nalishi va asr xamoxangligi bilan xarakterlanadi. Badiiy ijod-
bu borliqni inson tomonidan aloxida olingan maxsulidir.
Tashqi olamdan kirib kelayotgan xamma axborotni biz ma'lum ichki
kechinmalar bilan qabul qilamiz va voqealarning qaytalanishi, takrorlanib
kelayotganda ular o`rtasida aloqani mustaxkamlaydi, kechinmalarni bir-biriga
bog`laydi. Shunday qilib, kishi ongida ichki kechinmalar va ma'lum ma'no
tashuvchi axborot o`rtasida bir-biriga mutanosiblik paydo bo`ladi va ichki
kechinmalar axborotning manba'iga yoki tashuvchisiga aylanadi. Ijodkor esa, ijod
paytida o`zini o`rab turgan dunyoni bilishi va tushuntirishi uchun ichki
kechinmalarini o`z dunyoqarashi orqali tahlil qiladi. Badiiy asar, shunday qilib-
bu san'atkor, ijodkor tomonidan tanlab olingan borliqning bir qismi bo`lib va bu
qismni yozuvchi tomonidan mushoxada etilishidir. Borliqning bir qismi,
"uchastkasi" sifatida uning xoxlagan tomoni olinishi mumkin. Uning tasviri
badiiy asarni mavzusini tashkil qiladi. Badiiy nutq stilistikasi ya'ni uslubi uchun
muallif tomonidan ishlayotgan til vosita va to`qimalarning o`ziga xosligi,
individualligini hamda ularni qay yo`sinda namoyon bo`lishi muximdir.
Matnning lingvistikasi uchun esa, matnni tashkil etuvchi kategoriyalar va ularning
tarkibi hamda bu kategoriyalarni matn ichidagi o`zaro hamkorligi va ma'lum
maqsadga yo`naltirilganligi, matnning tipologiyasini yaratish, qolaversa, bu
tipologiya ichida badiiy matnni o`rnini aniqlash kabi masalalar muximdir. Hozirgi
paytda MLT bilan shug`ullanuvchi oqim "Yangi kritisizm (New Criticizm) nomi
bilan shuxrat qozongan. Til vositalarini saralash ustidan nazorat qilib borish matn
tahlilining aspektlaridan biri. Ana shu aspekt asosida til birliklarini badiiy
adabiyot uslubida tanlash imkoniyatlari xam xar xil bo`ladi. Turli til matnlardagi
til ifoda vositalarining tanlanishi va qo`llanishidagi potensial xamda amaliy
imkoniyatlarni kuzatish tekshirib chiqish tahlilning maqsad va vazifasini
belgilaydi. Maqsadi, prinsipi, va qamrov xajmi jixatidan tahlil tiplari xam xar xil
bo`ladi:
Xususiy, tematik, va uslubiy, kompleks.
Xususiy tahlilda matnning ma'lum
bir qismini yoki to`liq matnni, tilning bir jixatiga yoki badiiy tasvir vositalariga
yo bo`lmasa obrazlar sistemasiga e'tibor qaratiladi. Kompleks tahlilda tilning
barcha soxalariga xos birliklar va ularning konkret qo`llanishi matnning g`oyaviy-
tematik mazmuni janri va strukturasi bilan o`zaro bog`liqlikda olib o`rganiladi.
Tahlil tiplariga asoslanib ish ko`ruvchi tahlil turlari xam xar xil bo`ladi. Lingvistik
tahlil xam turli xil bo`ladi: A. Matnning umumiy mazmunini oydinlashtirishda til
ifoda vositalarini tanlash faktorlari va ularning matn tuzilishidagi rolini aniqlash,
mazmun-matnning til materiali jixatidan strukturasini belgilovchi yetakchi asos.
|
| |