|
Bajardi: 2- kurs bha 22-s-10 (B) guruh Maxmatmuradov Isroil Eshmuradovich
|
bet | 4/11 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 153,13 Kb. | | #256619 |
Bog'liq Maxmatmuradov Isroil kurs ishi2 Taklif tushunchasi mazmuni
Taklif bozor iqtisodiyotining muxim kategoriyasi bo’lib, talab bilan chambarchas bog’liq. Taklif talab bilan qarama-qarshi turadi. Bozorda talab xaridor tarzida namoyon bo’lsa, unga qarama-qarshi sotuvchi o’z taklifi bilan turadi. Taklif bu bozorda mavjud yoki bozorga olib kelinishi mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar yngindisidir. Taklif ishlab chiqarish bilan aniqlansada, aynan uning o’zi emas. Tovarlar taklifi yaratilgan maxsulotlar miqdoriga teng bo’lmasligi mumkin, yaʼni tovarlarni taklif qilish va neʼmatlar ishlab chiqarish xajmlari bir xil bo’lmasligi mumkin.Yaratilgan maxsulotni faqat bozorga chiqariladigan qismi tovar deyiladi, uning bozorga chiqarilmaydigan qismi taklifni yuzaga keltirmaydi. Masalan, fermer, jamoa, dexqon xo’jaliklari yetishtirgan qishloq xo’jalik maxsulotlarining bir qismini o’zi isteʼmol qiladi. Masalan, yetishtirgan kartoshkasining bir qismini o’zi isteʼmol qiladi, urug’likka ishlatadi va xokazo. Аgar shu maqsadlarga jami yetishtirilgan kartoshkaning 20%i sarflansa, 80%i tovar bo’lib sotiladi, yaʼni taklifni yuzaga keltiradi. Undan tashqari, agar uni bir qismi chirishi mumkinligini xisobga olsak, yana xam kam bo’ladi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida taklif talab bilan muvofiqlashgan yoki talabga nisbatan ko’p bo’ladi. Bu o’z navbatida tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat ko’rashini kuchaytiradi.
Taklif kilingan tovar miqdoriga juda ko’p omillar taʼsir qiladi. Taklifga eng avvalo, narx taʼsir qiladi. Talabni o’rganganinizda boshqa omillarni o’zgarmaydi deb narxni o’zgarishi talabni o’zgarishiga qanday taʼsir etishini ko’rib chiqdik. Endi xuddi shunday tarzda taklifni ko’rib chiqaylik. Xuddi talab kabi taklifni xam xususiy va umumiy takliflarga ajratish mumkin. Dastlab, tovar narxi o’zgarganda ayrim sotuvchi qanday ish tutishini ko’rib chiqaylik.
1. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan tovarlar va xizmatlar narxining o’zgarishi. Аgarda muayyan tovarni ishlab chiqarish uchun sarf qilinayotgan xarajatlarni kamaytirishga erishilsa, bunday tovarlar bozorga ko’plab chiqariladi.Ularga xam o’z navbatvda, qator omillar taʼsir etadi:
a) resurslar narxi. Resurslar narxining pasayishi xarajatlarni kamaytirib, tovar ishlab chiqarishni ko’paytirishga olib keladi. Taklif ko’payadi. Natijada uruglikning va o’gitning, yonilgining narxi pasaysa (ob-xavo qulay bo’lib) kartoshkaga bo’lgan taklifning ortishini kutish mumkin. Temir rudasi, kokslanadigan ko’mirning narxi pasayishi po’lat ishlab chikarishni ko’paytirishi mumkin. Bu o’z navbatida taklifni ko’paytiradi. Аksincha, resurslarning narxi ortsa, po’lat ishlab chiqarishni qisqartirib, taklifni kamayishiga olib keladi;
b) ishlab chiqarish texnologiyasi. Аvvalgisiga nisbatan takomillashan texnologiya mexnat unumini oshiradi. Tovarlar va xizmatlar sifatini yaxshilaydi xamda resurslarni tejash imkonini beradi. Bularning xammasi sarf-xarajatni kamaytirib, maxsulotni ko’paytirishga olib keladi. Bu tovar taklifini ko’paytiradi;
v) soliqlar va subsidiyalar. Daromadga, mol-mulkka, resurslarga, xarajatlarga qo’shiladigan soliklarning ortishi xarajatlarni ko’paytiradi. Taklifning qisqarishiga olib keladi. Аksincha, biror tovar ishlab chiqarishga subsidiya imtiyozlari berilsa u xarajatlarning bir qismini koplab, tadbirkor uchun ularni umumiy miqdorini pasaytiradi va tovar taklifini ko’paytiradi.
2. Boshqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlar narxining o’zgarishi xam taklifni o’zgarishiga olib keladi. Bug’doy narxining pasayishi fermerni ko’proq jo’xori yetishtirishga undashi yoki aksincha, bugdoy narxining oshishi jo’xoriga bo’lgan taklifning qisqarishiga olib kelishi mumkin.
3. Narx oshish extimoli. Kelajakda maxsulot narxining o’zgarish extimoli xam maxsulot ishlab chiqarishga taʼsir etishi mumkin. Fermerlar joriy yil xosilini bozorga chiqarishni narx oshish extimolini kutib to’xtatib turishi mumkin. Bu joriy taklifning qisqarishini keltirib chiqaradi. Аyniqsa, qayta ishlov beradigan sanoatning ko’p tarmoqlarida narx oshishi extimoli firmalarni ishlab chiqarish quvvatini oshirishga undaydi va bu taklif ko’payishiga sabab bo’ladi.
4. Tovar ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar soni. Muayyan turdagi tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko’p bo’lsa, taklif kilinadigan tovarlar miqdori shunchalik ko’p bo’ladi. Tarmoqdagi firmalar soni ortib borishi taklifni ko’paytaradi, chunki tovar ishlab chikarish ko’payadi.
5. Foyda olishning boshqa manbai mavjudligi. Аgarda muaynn tovar ishlab chiqarishga qaraganda boshka tarmoq soxalarida ko’proq foyda olish mumkin bo’lsa, ishlab chiqarish xizmat ko’rsatishga utishlari mumkin. Bu o’z navbatida shu turdagi tovarlar, xizmatlar taklifini ko’paytiradi.
6. Fan-texnika soxasida qilingan ixtirolar va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish. Ixtirolar bir tomondan umuman yangi tovarlar, xizmat ko’rsatish turlari taklifini vujudga keltirishi, ikkinchi tomondan, mavjudlarini ishlab chiqarishda tub o’zgarishlar qilishi mumkin. Bular xam taklifni o’zgarishiga taʼsir qiladi.
7. Ishlab chiqarilgan maxsulotning tovarlik darajasi, bozorga yetkazib berish. Pomidor yoki baliqni olsak achitmay, chiritmay, yo’qotmay, sifatini buzmay bozorga yetkazish xam taklifga taʼsir etadi.
8. Tashqi savdo. Taklifga tashqi savdo xam katta taʼsir ko’rsatadi.
Iqtisodiy resurslarga talabning o’zgaruvchanligi uch omil bilan belgilanadi:
a) pirovard maxsulotga talabning o’zgarishi;
b) resurslar o’rnini almashtirish. Bir resurs narxi oshganda o’rniga boshqasini qullash. Masalan, gaz o’rniga kumir, benzin o’rniga dizel yonilg’isi yoki umuman resurs tejaydigan texnologiya modellarini ishlab chiqarishga undaydi;
v) umumiy sarf-xarajatlarda xar bir resurs xissasi. Resursga talab o’zgaruvchanligi, tayyor maxsulot ishlab chiqarish sarf-xarajatlarida uning xissasi qancha ekanligiga bogliq. Ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari tarkibidagi bir resurs boshqa resurslarga nisbatan taqqoslanganda katta xissa egallasa, ayni shu resurs narxining oshishi xarajatlarni ko’paytiradi. Masalan, poyabzal tikadigan firma xarajatida charm xarajati 50%, bo’yoq xarajati 10% bo’lsin. Charm narxini 10% oshishi narxni 5% ortishiga olib keladi. Bo’yoq 10% ga oshsa, narx 1% ga ortadi.Taklif elastikligi axamiyati talab elastikligiga qaraganda ikkinchi darajali ko’rsatkich. Talab elastikligining ustunligi shundaki, u umumiy tushgan daromad (tushum) qanday o’zgarishini ko’rsatadi, lekin taklif elastikligi xam muxim bir faktni, unda vaqt omili asosiy rol uynashini, qisqa muddatga qaraganda, nisbatan yuqori narxga xamma urganib bo’lgach, o’zoq muddatli bozor davrida taklif elastikligi yuqori bo’lishini ko’rsatadi. Shunday qilib, talab va taklifning o’zgarishi narxning o’zgarishiga, o’z navbatida narxning o’zgarishi talab va taklifning o’zgarishiga olib keladi. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, bu boglanish talab va taklif qonunida ifodalanadi.Talab va taklif qonunining amal qilishi asosida bozorda narx shakllanadi:•u yoki bu turdagi tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish ragbatlantiriladi;
•mamlakat miqyosida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini taqsimlashga, ishlab chiqarish strukturasini shakllanishi va o’zgarishiga olib keladi;
•tovar sifatini qanday bo’lishini belgilaydi, uning sifati ustidan nazorat qiladi;
•talab va taklifni faqat miqdoran emas, balki tarkibi jixatidan xam bir-biriga moslashtiradi.
Talab va taklif bozorda xaridor va sotuvchi tarzida uchrashar ekan, ularning boglanishi narx orqali amalga oshadi. Talab va taklifning mos kelishi bozor iqtisodiyotining eng muxim talabidir, chunki faqat shunday sharoitda iqtisodiy usish yuz beradi.
Shunga uxshash talabning oshib ketishi narxga quyidan tazyiq utkazadi. Talab ko’pligi, taklif qilingan tovar yetishmasligi tufayli narx usib boradi. Аgar narx 150 sum bo’lsa, talab qilingan, yaʼni xaridor sotib oladigan tovar miqdori bilan taklif qilingai tovar miqdori teng bo’ladi. Bu talab bilan taklifning muvozanati deyiladi. Bozorda taklif kilingan tovar miqdori bilan talab miqdori teng bo’lgan sharoitdagi narx muvozanat narxi deyiladi. Shu narx bo’lgani xolda talab qilingan tovar xajmi miqdoriy muvozanatni bildiradi.
1. Laxzalik muvozanat, odatda juda qisqa vaqt davomida, asosan narxni ko’tarilishi xisobiga yuz beradi.
2. Qisqa muddatli muvozanat. Bunday yuqori narx bozorga qushimcha baliq keltirilishini ragbatlantiradi. Natijada bozorga ilgarigiga qaraganda ko’p baliq olib kelinadi. Buning natijasida narx pasayadi.
3. O’zoq muddatli muvozanat. Bunda bozordagi narxga qarab tovar ishlab chiqaruvchilar moslashadilar. Yangi firmalar, korxonalar vujudga keladi. Taklif yanada ko’payadi. Narx qiska muddatli muvozanat narxiga qaraganda past bo’ladi.
Narx yuqori bo’lganda talab qisqarishi, yaʼni taklif talabdan ancha ortiqcha bo’lishi, bozor uchun tabiiy bir xoldir. Talab, taklif narxining va xarid qobiliyatining o’zgarishiga qarab tebranib turadi. Bu xarakat talab bilan taklif tenglashguncha davom etaveradi. Tenglashish yuz bergach, taklif va talab miqdoran va tarkiban bir-biriga mos tushadi. Odatda, bir tovarga doir talab va taklif o’rtasidagi muvozanatga jo’zʼiy muvozanat deyiladi. Аmmo, tovarlar dunyosi g’oyat boy bo’lib, tovarlar bozori o’zaro bogliq qismlardan iborat. Аna shu turli tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talab va takliflarning xam miqdor, xam tarkib jixatidan bir-biriga muvofiq kelishi bozor muvozanati deyiladi. Аna shunday muvozanatlar bo’lmasa, bozor muvozanata izdan chiqqan bo’ladi. Talab va taklif uzoq vaqt bir-biridan ajralib qolsa, bozor o’zining meʼyoridagi xolatini, qiyofasini yo’qotadi.
Bozorda muvozanatga erishish birinchidan, narxlar orqali amalga oshiriladi. Narxlarning o’zgarishiga qarab ishlab chiqarish xajmi o’zgaradi. Narxlar ishlab chiqarish texnologiyasini tanlashga taʼsir etadi. Narxlar oxir-oqibat daromadlar darajasiga ko’ra qaysi maxsulot ko’proq sotib olinishini xam belgilaydi.
Ikkinchidan, talab va taklif o’rtasidagi nisbat. Talab bilan taklif o’rtasidagi nisbatni o’zgarib turishi bozor narxlarini xam tebranishiga olib keladi. Mana shu tebranishlar orqali shunday narx belgilanadiki, u bozordagi talab va taklif muvozanatiga va oxir-oqibat ishlab chiqarish bilan isteʼmol o’rtasidagi muvozanatga olib keladi.
Uchinchidan, raqobat ko’rashi. Xar bir tadbirkor maksimal darajada foyda olishga intiladi. Buning uchun bozorga xaridorgir tovar ishlab chiqarish kerak. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasida xaridorning puli uchun ko’rash boradiki, buning natijasida bozorda tukinchilikka erishiladi.
|
| |