|
Pandemiya davrida bozor muvozanati va uning axamiyati
|
bet | 7/11 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 153,13 Kb. | | #256619 |
Bog'liq Maxmatmuradov Isroil kurs ishi4 Pandemiya davrida bozor muvozanati va uning axamiyati
Talabning o’zgarishi.Ya’ni bozorda tovarga yoki maxsulotga bo’lgan talabning o’zgarishi.Talab o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadigan bir necha omillarni ko’rib o’tdik,ya’ni fasllar almashinuvi, iste’molchilar didi va daromadi, narx o’zgarishini kutilishi va hokazo. Keling bu safar bu holatlar emas, balki O’zbekiston bozorlarining pandemiya davridagi holati bo’yicha bozor muvozanatlari o’zgarishlarini ko’rib chiqamiz
1-holat Narx o’zgarishining kutilishi.
Bunga misol qilib 2020-yil mart oyida e’lon qilingan Koronavirusga qarshi kurash bo’yicha qarordan keyin aholi o’rtasida turli xil mish-mishli gap tarqaldi hamda shov-shuvlarga sabab bo’ldi. Aholi vakillari pandemiya davrida oziq-ovqat maxsulotlarini taqchilligi yuzaga kelishi mumkin degan o’y bilan maxsulotlarni o’z extiyojidanda ko’roq sotib olishga harakat qildi va buning natijasida barcha oziq-ovqat maxsulotlarining narxi keskin oshishiga olib keldi. Sharoiti og’ir oilalar yoki kam ta’minlangan oilalar esa bu darajadagi o’zgarishlarni ko’rib o’zlarini birlmchi ehtiyoji hisoblanmish bu oziq-ovqat maxsulotlarini qanday sotib olish to’g’risida savollar o’ylantirib qo’ydi.
Narx o’zgarishining kutilishi nafaqat xaridorlarning, balkim, sotuvchilarning ham taklifiga o’z ta’sirini o’tqazmay qolmaydi. Yuqorida ko’rib o’tilgan misolda oziq-ovqat maxsulotlariga bo’lgan taklifni ilojini boricha ko’proq sotishga harakat qilishdi hamda o’zlarini tovarlar zaxiralarini yanada kengaytirishga harakat qilishdi.
2-holat. Xizmat ko’rsatishda kuzatilgan o’zgarishlar Turizm COVID-19 pandemiyasi sabab joriy etilgan keng ko‘lamli cheklov choralaridan eng ko‘p zarar ko‘rgan sohadir. Bu cheklovlarning bosqichma-bosqich bekor qilinishiga qaramay joriy yil yoz mavsumining ko‘p qismi turizm sohasi uchun qo‘ldan boy berilgan ko‘rinadi. Chunki, bir tomondan, potensial sayohatchilar koronavirusni yuqtirishdan o‘zlarini ehtiyotlasalar, ikkinchi tomondan, pandemiya davrida ish o‘rinlari qisqargani sabab sayohat qilish uchun ularning mablag‘lari ham yetarli emas. Dastlabki hisob-kitobga ko‘ra, 2020 yilda jahon miqyosida turistlar soni 60 foizdan 80 foizgacha qisqaradi. Taqqoslash uchun, 2009 yilgi moliyaviy inqiroz davrida bu ko‘rsatkich atigi 4 foizni tashkil qilgan edi. YaIMning salmoqli qismi turizm sohasiga to‘g‘ri keladigan Gruziya va Turkiya kabi mamlakatlar iqtisodiyotida pandemiyaning salbiy ta’siri ko‘proq seziladi. Turizm sohasining odatda sekin tiklanishini hisobga olganda, pandemiyaning oqibatlari bu sohada 2021 yilda ham sezilarli daraja bo‘lishi kutilmoqda.Xizmat ko’rsatishning yana bir turi bu ta’limda kuzatildi. Xukumat qaroriga asosan 2020-yil 16-martdan boshlab O’zbekistondagi barcha davlat hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari koronavirus bilan bog’liq vaziyat yaxshilanmagunicha o’z faoliyatlarini onlayn tarzda olib borilishi belgilandi. Bu yerdagi asosiy muammolardan biri bu “sotuvchi” rolidagi Ta’lim tizimi sohalari hamda “xaridor” o’rnidagi talaba va o’quvchilar bu jarayonga qanchalar tayyorligi hamda ularga bunday sharoitda boshqa sharoitlar mavjudligi yoki ularning mavjudligi bo’ldi. Pandemiyani hisobga olgan holda aloqa kompaniyalari bu holatda o’zlarini ko’rsatishi zarur edi, qaysiki, qaysidur kompaniya arzonroq narxga ko’proq internet trafigini ta’minlab bersa hamda uning tezligini yuqori javhada ushlab turolsa mana shu kompaniya o’z maxsulotlarini sota olar edi.
Birinchi navbatda, Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tayyorlanayotgan videodarslardan bemalol foydalanish uchun internet provayderlar va mobil aloqa operatorlari tomonidan joriy yilning 1-may kuniga qadar eduportal.uz, kitob.uz, edumarket.uz, online-maktab.uz, talim.uzedu.uz, utube.uz, itschool.uz, coronavirus.uz veb-saytlarga kirishning (dostup) bepul amalga oshirilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari mahalliy internet-provayderlar va mobil operatorlar – Uztelecom, UCELL, MobiUz va Beeline tomonidan o‘z abonentlariga ommaviy axborot vositalari manbalaridan – uzreport.news, xabar.uz, daryo.uz, gazeta.uz, kun.uz, podrobno.uz, repost.uz, uznews.uz, spot.uz hamda «ZiyoNET» xizmatidan bepul foydalanish imkoni taqdim etildi!
Ikkinchi navbatda, karantin davrida Internet-trafik, mobil va telefon aloqa trafigi o‘zgarishlari doimiy nazoratga olingan. Yuklanish o‘ta yuqori darajada oshib ketadigan holatlarda amalga oshiriladigan ishlarning rejalari tayyorlangan.
Yana shuni aytish joizki, Internet xizmati tezligi foydalanilayotgan texnologiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Ya’ni optik tolali aloqa liniyalari orqali xizmat taqdim etilgan hollarda Kompaniya yuqori tezliklarda ya’ni 100 Mbit/soniyagacha tezlikda internet xizmatini ko‘rsatish imkoniyati mavjuddir. Shuningdek, abonentlar foydalanayotgan tarif rejasi ham internet tezligiga chambarchas bog‘liq. Ya’ni 4 Mbit/soniya tezlikda internet xizmati taqdim etiladigan tarif rejasida undan katta tezlikda internetdan foydalanish imkoni mavjud bo‘lmaydi. Demak ishonch bilan aytishimiz mumkinki, iste’molchining tarif rejasiga ta’sir ko‘rsatilmaydi. Bu borada barcha imkoniyatlar ishga solingan.
|
| |