|
Bajardi: 2- kurs bha 22-s-10 (B) guruh Maxmatmuradov Isroil Eshmuradovich
|
bet | 2/11 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 153,13 Kb. | | #256619 |
Bog'liq Maxmatmuradov Isroil kurs ishi1 Talaab tushunchasi moxiyati
Bozor, eng avvalo isteʼmolchi bilan ishlab chiqaruvchi, xaridor bilan sotuvchi o’rtasidagi ayirboshlash oldi-sotdi munosabati sifatida maydonga chiqadi. Xaridorning bozordagi xarakati talab, sotuvchiniki esa taklif shaklida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida «talab» bilan «taklif» fundamental, asosiy tushunchadir.Talab - bu pul mablaglari bilan taʼminlangan extiyojning bozorda namoyon bo’lishidir. Boshqacha aytganda talab tulov qobiliyatiga ega bo’lgan extiyojdir. Kuylak olgingiz keldi, lekin pulingiz bo’lmasa, u xoxishligicha qoladi, pul bo’lgandagina u talabga aylanadi.Talab o’z ichiga aholining isteʼmol buyumlari va xizmatlarga, tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy resurslarga talabi, turli tashkilot, muassasalar talablarini oladi. Аyrim xaridor, turli isteʼmolchilar, guruxiy yoki butun mamlakat miqyosida xarid qilib olishni xoxlayotgan aniq turdagi tovar xajmi talab qilingan tovar miqdori deyiladi. Isteʼmolchilar xarid qilishni xoxlayotgan tovarlar bilan xaridorlar tomonidan real sotib olingan tovarlar miqdorini farqlash kerak. Chunki, ular mos kelmasligi mumkin. Sababi, xoxlaganlariga qaraganda kamroq sotib olishlari mumkin. Bu shu tovarni sotib olish uchun zarur miqdorda pulga ega emasliklarini ko’rsatadi.Odatda, talab deganda eng avvalo, axoli talabi nazarda tutiladi. U yuqori darajada dinamizm – o’zgarishi bilan ajralib turadi. Аxoli talabiga ko’ra ishlab chiqarish talabi shakllanadi.Umuman isteʼmolchilar talabini ikkiga bo’lish mumkin:
1. Individual talab - ayrim aloxida xaridorning talabi.
2. Bozor talabi - xaridorlarning turli xil tovarlarni sotib olishga bo’lgan talablarining yig’indisi. Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talablarni xarakteri va boshqa jixatlaridan qarab turli guruxlarga bo’lish mumkin. Jamiyat miqyosida talabni, o’z navbatida isteʼmolning maqsadiga ko’ra ikki guruxga bo’lish mumkin: isteʼmol mallariga talab, iqtisodiy quyidagi guruxlarga bo’linadi:
1. Fiziologik talab - oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, shunga o’xshashlar.
2. Ijtimoiy-psixologik talab – obro’-eʼtibor, moda va boshqalar.
3. Iqtisodiy talab - daromad, narx-navo va shunga o’xshashlar.
4. Sotsial talab - turmush darajasi, jamiyatdagi muxit va boshqalar.
Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning qondirilish darajasiga qarab:
Qondirilishi kechiktirilgan talab, barqaror qondirilgan talab, normal talab, aynigan talablarga bo’linadi.
Kechiktirilgan talab nosoglom iqtisodiyot va muvozanati bo’zilgan bozorga xos. Uning ortib borishi iqtisodiy tanglikni, inqirozni yanada chuqurlashtiradi, inflyatsiyani kuchaytiradi. Korxona, tashkilot, axoli qulida tuplangan pul bozorga tazyiq utkazadi.Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning o’zgarishiga juda ko’p omillar taʼsir qiladi. Ularning barchasini sanab o’tish qiyin. Lekin asosiylarini ko’rsatish mumkin.
1. Talabga, eng avvalo narx taʼsir qiladi. Talab bilan narx o’zaro funktsional bog’langan bo’lib, birining o’zgarishi, albatta ikkinchisida namoyon bo’ladi. Ko’p omillarning o’zgarishi oxir-oqibat narx o’zgarishi orqali yuzaga keladi.
2. O’rinbosar tovarlarning narxi. O’rinbosar yoki bir-biriga bog’liq tovarlarning bo’lish yoki bo’lmasligi talabga katta taʼsir ko’rsatadi.
Аsosiy tovarning narxi yuqori bo’lib, o’rinbosar tovarlarni narxi arzon bo’lsa, o’rinbosar tovarlarga talab ortadi yoki aksincha. Masalan, sariyog’ bilan margarin, qo’y go’shti bilan mol go’shti va x.k.
Yana shunday tovarlar borki, ular bir-birini tuldiruvchi xisoblanadi. Аytaylik, benzinning narxi past bo’lsa, mashinada ko’p yuriladi, u o’z navbatida motor moyiga bo’lgan talabni ko’paytiradi. Аksincha, benzin narxining oshishi motor moyiga bo’lgan talabni kamaytiradi. Demak, benzin va motor moyiga bo’lgan talab bir-biriga bogliq, bir-birini to’ldiradi.
3. Xaridor didi, taʼbi, moda o’zgarishi. Mavjud tovar turi uchun isteʼmolchilar didining o’zgarishi yoki afzal ko’rish, yaʼni modaning xaridor didiga mos kelishi shu tovarga bo’lgan talabning ortishiga sabab bo’ladi. Yoki aksincha xolat yuz berishi mumkin.
4. Xaridor daromadi. Taʼkidlab o’tganimizdek, talab xakida gapirganimizda tulov qobiliyatiga ega bo’lgan talabni nazarda tutamiz. Shuning uchun uni xajmiga taʼsir qiladigan muxim omil axoli daromadi.
Xaridorlar daromadining o’zgarishi kundalik extiyoj mollariga qaraganda o’zoq muddat foydalanish mumkin bo’lgan tovarlarga ko’proq taʼsir qiladi.
Boshqacha aytganda daromadning usishi sanoat tovarlariga mebel, gilam, changyutgich, televizor, musiqa asboblari va boshqalarga bo’lgan talabni oshiradi.
|
| |