• 6. Demografik omil.
  • Bajardi: 2- kurs bha 22-s-10 (B) guruh Maxmatmuradov Isroil Eshmuradovich




    Download 153,13 Kb.
    bet3/11
    Sana29.05.2024
    Hajmi153,13 Kb.
    #256619
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Maxmatmuradov Isroil kurs ishi

    5. Kutiladigan o’zgarishlar.
    Xozirgiga nisbatan tovarlarning kelgusi narxi va kelgusi daromadi iste’molchilarning talabini o’zgartiradi.
    Kelajakda narxlar ko’tarilishi kutilsa, xaridorlar kelajakda daromadlarini yo’qotmaslik uchui tovarlarni ko’proq sotib olishga xarakat qiladilar. Talab ortadi. Аksincha, narx tushishi yoki daromadning kamayishi kutilsa, joriy talab pasayadi.

    6. Demografik omil.
    Talabning narxga bogliqligi:
    1. Tovarning narxi qancha yuqori bo’lsa, xaqiqatan xam kishilar kamroq xarid qiladi.
    2. Xaridor birinchisini zarur sotib oladi, ikkinchisini narxi arzon bo’lsa, oladi.
    3. Narxning pasayishi xaridorni real xarid qobiliyatini oshiradi.Xaridor olmoqchi bo’lgan tovarining bittasini o’rniga ikkita oladi. Boshqacha aytganda yuqori narx isteʼmolchilarda xarid qilish xoxishini sundiradi, past narx esa bu xoxishni kuchaytiradi.Talab elastikligi. Talab qonuni narx bilan bog’liq ravishda talabning o’zgarishini ko’rsatadi, lekin uning qay darajada o’zgarganini ko’rsatmaydi. Iqtisodiy vaziyatni to’g’ri baxolash uchun esa talabni qanchalik o’zgarishini bilish muxim axamiyatga ega.Shunday maxsulotlar borki, narxning ozgina o’zgarishi xarid qilinayotgan tovar miqdorini ancha o’zgarishiga olib keladi. Baʼzi maxsulotlar esa narxini kattagina o’zgarishidan qatʼiy nazar sotib olinadigan tovar miqdorini o’zgarishiga uncha taʼsir qilmaydi. Аyrim iqtisodiy adabiyotlarda elastiklikning ana shu to’rt ko’rinishi boshqacha nomlanadi:
    1. Xaddan yuqori elastik talab.
    2. Yuqori elastik talab.
    3. Past elastik talab.
    4. Noelastik talab.Naf deb, tovar va xizmatni isteʼmol qilishdan olinadigan qoniqishga aytiladi. Masalan, sigareta foydali bo’lmasa xam isteʼmol qilinadi, demak u chekadigan kishilarni isteʼmolini qondiradi.Naf umumiy xamda meʼyoriy nafga bo’linadi. Umumiy naf deb, maʼlum tovar yoki xizmatlar birligi to’plamini isteʼmol qilishdan olinadigan qoniqishga aytiladi. Meʼyoriy naf esa isteʼmolchining tovar yoki xizmatning qushimcha birligidan ko’rgan nafi, yaʼni umumiy nafga qo’shilgan nafni bildiradi.Iqtisodiy nazariyada marjinalizm maktabi naflilikka aloxida diqqat-eʼtibor qaratadi. Marjinalizm naflilikni o’lchasa bo’ladigan miqdoriy ko’rsatkich sifatida eʼtirof etadi, xatto shartli birlik yutil (inglizcha naflilik) tushunchasini xam kiritishgan. O’tkazgan tadqiqotlari asosida isteʼmol qilinayotgan tovar qancha ko’p bo’lsa, umumiy naflilik ortadi, lekin meʼyoriy naflilik kamayib boradi degan xulosaga kelishadi.Boshqa tovarlarning isteʼmoli o’zgarmasdan qolgani xolda biron-bir tovar va xizmatga extiyoj to’yinib borishi bilan bu neʼmatning keyingi birligini isteʼmol qilishdan qoniqish pasayib boradi.Xayotda umumiy naflilikdan xam ko’ra meʼyoriy naflilikka ko’proq eʼtibor beramiz. Sarflangan pulimizga to’gri keladigan umumiy nafliliknigina emas, xar birini aloxida keltiradigan nafliligini xam xisobga olamiz.Tejamkor xaridor naflilikni maksimallashtirish printsipi asosida xarajat qilar ekan, turli tovarlar miqdorini tanlar ekan, oxirgi summa qanday tovar olishidan qatʼiy nazar bir xilda meʼyoriy naf keltirish darajasiga qadar tanlaydi.Naflilikni maksimallashtirish printsipi asosan pul ko’p bo’lib, tanlash imkoniyati mavjud bo’lganda ko’proq namoyon bo’ladi.

    Download 153,13 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 153,13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bajardi: 2- kurs bha 22-s-10 (B) guruh Maxmatmuradov Isroil Eshmuradovich

    Download 153,13 Kb.