Yo‘lovchilar tashishga qo‘yiladigan talablar




Download 0,63 Mb.
bet4/18
Sana05.02.2024
Hajmi0,63 Mb.
#151742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
moxira

1.3 Yo‘lovchilar tashishga qo‘yiladigan talablar

Temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni tashish, umumiy tashishlar jarayoning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi va umumiy tashishlar xajmining 40-60 foizni tashkil etadi. Temir yo‘l transportida yo‘lovchilar tashishning ahamiyatjihatlaridan biri – uning ijtimoiy harakteri bo‘lib, temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni tashish aholining qiziqishlariga ta’sir ko‘rsatadi.


Yuqorida keltirilganiga ko‘ra yo‘lovchilar majmuasini tashkil etish va boshqarishning asosiy vazifasi bu – axolini manzillarga etkazishda kam harajatlar bilan servis xizmatlar ko‘rsatish orqali va minimal turib qolishlar orqali aholining tashishlarga bo‘lgan talablarini to‘liq qondirishga qaratilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘lib, bu esa zamonaviy sharoitlarda unchalik katta foyda keltirmaydi.
Temir yo‘lllarda yo‘lovchi tashishning asosiy maqsadlaridan biri bu, mamlakat axolisini yo‘lovchi tashishga bo‘lgan talabini maksimal darajada qondirishdir. Bunda mehnat ishlab chiqarilishining oshishi va tashish tannarxini tushirish orqali, yo‘lovchilarga servis xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va shu bilan birga temir yo‘llarga keladigan foyda xajmini oshirish Yevaziga erishish ta’minlanadi. Bu esa o‘z navbatida katta miqdordagi yo‘lovchilarning temir yo‘l transporti xizmatidan foydalanishlarini ta’minlaydi.
Yevropa ittifoqi davlatlari a’zolari tomonidan mazkur transport turi bo‘yicha yo‘lovchilar tashishning ichki bozorini ochish taklifi 2019 yilning dekabridan boshlab kuchga kirishini ko‘zda tutadi, va shu bilan birga o‘zining maqsadi qilib temir yo‘l transporti va uning innovatsion rivojlanishining samaradorligini oshirish deb belgilagan. Temir yo‘l transporti tomonidan amalga oshirilayotgan yo‘lovchilar tashishning ichki bozori Shvetsiya va Buyukbritaniyada to‘liq tadbiq etilgan bo‘lsa, Germaniya, Avstriya,Italiya, Chexiya va Niderlandiyada qisman tadbiq etilgan.
Yevropa komissiyasining tavsiyasiga ko‘ra temir yo‘l transportini dinamik jihatdan rivojlantirish uchun temir yo‘l transporti infratuzilmalari mustaqil operatorlarini birlashtiruvchiYevropa tarmog‘ini tashkil etish lozim. Bunda temir yo‘l infratuzilmasi va har qanday transport operatorlarining mustaqilligining ta’minlanishi ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
Temir yo‘l transporti rivojini tahlil etishda, shimoliy amerika, Yevropa va aralash temir yo‘l bozorini tashkil etish modelini ta’kidlab o‘tish lozim. Shimoliy Amerika modelifaoliyatining asosiy prinsipi bu – infratuzilmaning yo‘llari va ob’ektlari, yuk vagonlar parki va lokomotivlari, yuk stansiyalari tarmog‘i va depolar, ya’ni barcha asosiy aktivlari tegishli bo‘lgan xususiy integrallashtirilgan kompaniyalarni birlashtirishdir.
Temir yo‘llarda tashishning amerika modeliga mos ravishda raqobat jangi kamida ikkita mustaqil eng sifatli alternativ xizmatlar ko‘rsata oladigan infratuzilmalar o‘rtasida amalga oshiriladi.
Mazkur maqolaning mavzusiga mos ravishda hamda rossiya temir yo‘llarini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan mavzular bo‘yicha e’tiborni tortuvchi jihat bu temir yo‘l bozorini tashkil etishning Yevropa modeli hisoblanadi. Mazkur modelning eng kerakli g‘oyasi sifatida infratuzilma va harakatni boshqarish ob’ektlariga nisbatan davlatning monopoliyaviy yondoshuvidir. Bunda davlat monopoliyasi temir yo‘l davlat xolding kompaniyalari orqali namoyon bo‘ladi.
Yevro Ittifoq davlatlaridagi temir yo‘llardagi yuklarni tashish bozori, tartibga solingan shartlarga rioya qiluvchi, infratuzilmaga kirish imkoniyati bo‘lgankompaniya-operatorlar o‘rtasidagi raqobatlar asosida faoliyat yuritadi.Yevropa Ittifoqidagi davlatlardagi temir yo‘llarda yo‘lovchilarni tashish bozori esa infratuzilmaning aniq bir uchastkalari bo‘yicha amalga oshirish xuquqi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadi.
Yevropada temir yo‘l transporti bozorini reformalashning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash doirasida faol muhokama qilingan masalalardan yana biri, bu lokomotivlar xizmati bo‘yicha raqobatlarni kuchaytirishni rivojlantirishdir. Ko‘pgina Yevropadavlatlari lokomotiv xizmatlarini tashuvchining faoliyatidan ajratib qo‘yishni, ya’ni tashuvchi mustaqil ravishda lokomotivlardan foydalanishni amalga oshirishi mumkin.
Umuman olganda Yevro Ittifoqda temir yo‘l transportini islohotlashning asosiy omillari sifatida quyidagilar belgilangan: tarmokning faoliyatini nazorat qilishni davlat tomonidan amalga oshirilishi, faoliyatning ba’zi turlari buyicha boshqaruvni nomarkazlashtirilishi – infratuzilma va tashishlarni ajratib quyish; mahalliy hamda mintaqaviy yo‘lovchilar tashishlardan yuzaga keluvchi zararlarni tashib beruvchi kompaniyalar orkali byudjet mablaglarni mintaqaviy darajaga chiqarish orqali kompensatsiya qilish; milliy bozorlarni ochilishi munosabati bilan universal texnik standartlarni joriy etish.
Yevropa mamlakatlarida davlat tomonidan temir yo‘l tarmog‘ini rivojlantirishni qullab quvvatlash vositasi davlat hamda temir yo‘l kompaniyalari orasidagi kelishuvlar hisoblanadi. Mazkur tizim qonunchilik tomonidan mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Germaniya temir yo‘llaridadavlat tomonidan kunlik subsidiyaning miqdori kamida 2 Yevrotsent/t-kmni tashkil etsa, Buyukbritaniyada ushbu ko‘rsatkichko‘pi bilan 22 Yevrotsent/t-kmni tashkil etadi.
Temir yo‘llarda tashishlarning Yevropa modeli bozorini tashkil etilishiga mos ravishda narxlarni belgilash infratuzilmaning xizmatlar uchun tartibga solingan tariflari asosida amalga oshiriladi (lokomotivlar xizmatidan foydalanish hamda vagonlarni taqim etish). Infratuzilmaga kirish bo‘yicha tariflar bir qator holatlardan kelib chiqib belgilanishi lozim. Chunki bizga ma’lumki, temir yo‘l infratuzilmasi yuqori harajatli va kapital quyilmalarni talab etuvchi tuzilma hisoblanadi va shu bilan birga temir yo‘llarda tashish eng xavfsiz bo‘g‘in hisoblanadi.
Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan davlatlarning temir yo‘l transportini rivojlantirishning eng yaxshi ko‘rsatkichlaridan biri bu o‘ta tezyurar poyezdlar harakati hisoblanadi. G‘arbiy Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida tezyurar temir yo‘l liniyalari faoliyat yuritadi. Mutaxassislarning fikricha tezyurar poyezdlar harakatini rivojlantirish yangi, maxsuslashtirilgan tezyurar temir yo‘l magistrallarini barpo etishni talab etadi. Italiya hamda Germaniya davlatlarida bunday liniyalarni kqurish bilan bir kqatorda, amalda bo‘lgan liniyalarni ham modernizatsiya qilish amalga oshirilmoqda.
Buning uchun tashish vositalaridan samarali foydalanish, yo‘lovchilarning va temir yo‘l transporti ishchi xodimlarining shaxsiy xavfsizligini hamdapoyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlanishi hisobiga erish lozim bo‘ladi. Ushbu masalalarning temir yo‘l transportida hal etilishining asosiy yo‘nalishlariga quyidagilar kiradi:
harakat tezliklarini oshirish; texnik zaruratlar tufayli poyezdlarning turish vaqtlarini qisqartirish (bagaj hamda pochtalarni ortish va tushirish, yo‘lovchilarni poyezdlarga chiqarish va tushirish; poyezddan poyezdga qayta o‘tirish amallari sonini kamaytirish (yo‘lovchilar tushadigan yoki qayta o‘tirishlari lozim bo‘lgan punktlardagi poyezdlar harakat grafigi bilan boshqa transport turlarining harakat jadvallarini kelishtirib olish) va nixoyat yo‘lovchilarni yo‘lda yurishga ketadigan vaqtlarini kamaytirish;
 vokzallarda hamdayo‘lda poyezdlarda yo‘lovchilarga servis xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash (poyezdlarda yurish xujjatlarini rasmiylashtirish, ma’lumotlar olish, ko‘rpa yostiqlar olish, gazeta, choy va ovqat va boshqalarni olishga ketadigan vaqt me’yorlarini minimallashtirish);
harakat tarkiblaridan (yo‘lovchi poyezdlari lokomotiv va vagonlaridan),stansiya hamda vokzal qurilmalaridan samarali foydalanish. Bunga esa o‘z navbatida yo‘lovchi poyezdlari lokomotivlarining asosiy va aylanish depo stansiyalaridagi aylanish grafiklarini samarali tuzishhamda stansiya hamda vokzallari ishining samarali texnologik jarayonlarini ishlab chiqish hisobiga erishish mumkin bo‘ladi;
Yo‘lovchi va yuk tashish harakatlarini to‘g‘ri taqsimlash (poyezdlar harakat grafigida yo‘lovchi poyezdlarni joylashtirilishi yuk poyezdlarining bir tekisda joylashtirilishiga ayniqsa yuk poyezdlar harakati yo‘lovchi poyezdlar harakatidan yuqori bo‘lgan uchastkalarda salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi ta’minlanishi lozim;yuk va yo‘lovchi poyezdlar harakat tezliklari bir xil bo‘lgan uchastkalar uchun parallel liniyalarni ixtisoslashtirish;

  • yo‘lovchilar tashish harakatlarini maxsus yuqori tezlik magistrallarida tashkil etish;

  • barcha turdagi transport vositalari ishini bir biri bilan kelishilgan holda tashkil etish uchunkoordinatsiya qilish, aralash tashishlarni (temir yo‘l, daryo, dengiz, avtomobil va havo transportlari) tashkil etish;

  • tashishlarni kam xarajatligini ta’minlash, ularning tannarxini kamaytirish va yo‘lovchilarni tashish bilan bog‘liq ishdagi temir yo‘l xodimlarining mehnat unumdorligini oshirish;

  • yo‘lovchilar tashish jarayonidagi barcha bo‘g‘inlarning texnik vositalari va ish texnologiyalarini doimiy tarzda takomillashtirib borish.



Download 0,63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 0,63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yo‘lovchilar tashishga qo‘yiladigan talablar

Download 0,63 Mb.