Temir yo‘l transportida yo‘lovchilar tashishni tashkil etish




Download 0,63 Mb.
bet2/18
Sana05.02.2024
Hajmi0,63 Mb.
#151742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
moxira

1.Temir yo‘l transportida yo‘lovchilar tashishni tashkil etish
1.1. Temir yo‘l transportida yo‘lovchilar tashishni tashkil etishning asoslari

Yo‘lovchi transporti jamiyatda hayotiy ta’minot uchun muhimo‘ringa ega bo‘lganligi uchun katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega hisoblanadi. Ko‘plab transport turlari yo‘lovchilar tashish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarda ishtirok etadilar.Temir yo‘l, avtomobil, havo, dengiz, daryo, suv transporti va boshqalar kiradi. Ularning har birining xizmat ko‘rsatish radiusining optimal masofalari bir necha omillarga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu tashishlarning asosiy maqsadlaridan biri texnik vositalardan samarali hamda kam harajatlar bilan foydalangan holda aholining tashishlarga bo‘lgan talabini maksimal tarzda qondirish hisoblanadi.


Yo‘lovchilar o‘zlarining shaxsiy fikrlariga suyangan holda u yoki bu turdagi transport vositalarining imkoniyatlariga turlicha baho beradilar, ya’nixavfsizliligi, aniqligi, doimiyligi, yurish harajatlari, yurish sharoitlari (qulaylik, komfort), belgilangan manzilga yetib borish tezligi va boshqa xususiyatlar. Transport xizmatlari bozoridagi raqobat tashuvchilarga yuqoridagilarni hisobga olgan holda o‘z transport vositalarining imkoniyatlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishlari lozimligini talab etadi.
Barcha rivojlangan mamlakatlarda temir yo‘l transportiasosiy transport turi yoki yo‘lovchilar tashish bo‘yicha asosiy yetakchi transport turlaridan biri hisoblanadi. Uning ahamiyatliligi yoki ustunligi quyidagi omillar orqali aniqlanadi:
 harakatning xavfsizligi hamda ishonchliligi (qalin qor yog‘ishi, bo‘ron turishi, tuman tushishi va boshqa tabbiy yomon tabiy sharoitlarga qaramay poyezdlar qat’iy belgilangan grafik bo‘yicha harakatlanishi);
 nisbatan katta miqdordagi tashuvchanlik qobiliyati (ikki yo‘lli temir yo‘l liniyalaridan katta hududni egallamagan holda sutkasiga 300mingdan 500 mingacha yo‘lovchi tashish imkoniyatiga egadir);
 temir yo‘llarda yo‘lovchilarni tashishdagi nisbatan past bo‘lgan tannarx;
 700 kilometrgacha bo‘lgan masofalarga yo‘lovchilarni yetkazib borishdagi eng tez yetkazib berish muddatlari, (hozirgi vaqtdagi poyezdlarning real harakat tezliklari soatiga 120-160 km/soatdan oshib ketdi);
 atrof muhit uchun zarar darajasi juda past hisoblanadi (bunda atrof-muhit uchun axlatlar chiqarib tashlanmay maxsus qutilarga qayta ishlov uchun to‘planib boriladi);
 tashishlarni to‘liq avtomatlashtirish uchun eng yaxshi sharoitlar (poyezdlar harakatini tartibga solish bitta o‘lchamda amalga oshiriladi, boshqa yer usti transport vositalari ikkita o‘lchamda, havo transportida esa harakatni boshqarish uchun uch o‘lchamdan foydalanish lozim bo‘ladi).
 tortuv turida har qanday quvvat turini qo‘llash imkoniyati mavjud, chunki poyezdlarni tortuv turi avtonom;
 komfort hamda servis xizmat ko‘rsatish diapazoni keng (majlislar uchun maxsus salonlar, videobarlar, telefon aloqasining doimiy mavjudligi va boshqalar).
Yuqorida keltirilgan temir yo‘llarning ustunlik jihatlari va shu bilan birga ularda amalga oshiriladigan tashishlar hajmining ko‘pligi va doimiyligi barcha transport turlarining hamjihatligini koordinatsiya qilishda tashish jarayonlarini barcha tashkil etuvchilarini optimallashtirish uchun baza hisoblanadi. Ushbu maqsadda poyezdlar, avtobuslar, samalyotlar va boshqa transportharakat jadvallarini kelish olish ta’minlanishi lozim. Temir yo‘l vokzallari yaqinida doimiy va sutka davomida ishlab turuvchi avtovokzallar, mehmonxonalar, savdo korxonalari, aloqa uzellari, restoranlar, banklar, biznes markazlar ishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular yo‘lovchilar uchun ortiqcha vaqt sarfini kamaytirishgahamdapoyezddan boshqa transport turlariga o‘tishlarida qulayliklar yaratib beradi.
Temir yo‘l yo‘lovchi tashish transportining rivojlanishihalqning turmush tarzini ko‘rsatib berish bilan bir qatorda ushbu davlatning fan va texnika yutuqlarini ham ko‘rsatib turadi. Hozirgi vaqtda g‘arbiy Yevropa mamlakatlari temir yo‘llariga kiruvchi yagona Yevropa yuqori tezlikdagi temir yo‘l tarmog‘i rivojlanib bormoqda.
Amerika qo‘shma shtatlari, Avstraliya, Janubiy Koreya va boshqa bir qator davlatlar temir yo‘l magistrallarida yuqori tezlik magistrallarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilmoqda. O‘zbekistont Temir yo‘llari Aksionerlik jamiyatidagi Toshkent-Samarqand, Toshkent – Qarshi temir yo‘l liniyalarida hamyuqori tezlik magistrallari tashkil etildi. Hozirgi davrda Toshkent- Buxoro magistrali bo‘yicha ham yuqori tezlik liniyasini ishga tushirish jarayonlari boshlab yuborilgan. Bu esa o‘z navbatida Respublikamizning barcha qadamjolari va e’tiborli maskanlarini birlashtirishda va halq farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlardan biri hisoblanadi.
Temir yo‘l mutaxassislari va transport bo‘yicha eksportlarning ta’kidlashlaricha, kelajakda yuqori tezlikka mo‘ljallangan temir yo‘llar yo‘lovchilar tashish tizimining asosini tashkil etadi. Shu bilan birga, kelajakda temir yo‘llardan jahon xo‘jalik tizimini transport ta’minoti sifatida qo‘llanilishiga erishiladi. Ya’ni Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Osiyo, Afrika va Avstraliyadan o‘tib boruvchi transkontinental va mejkontinental temir yo‘l liniyalari bazasidagi yagona planetar temir yo‘l tizimini barpo etish nazarda tutilgan.
Hozirgi davrda temir yo‘l transporti barcha transport turlari bilan bajariladigan yo‘lovchilar aylanmasining 40% bajarib kelmoqda. 2015 yilda temir yo‘l transportining yo‘lovchi aylanmasi 157,6 milliard yo‘lovchi kilometrni tashkil etgan bo‘lib, undan 1303,5 millionta odam tashilgan.



Download 0,63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 0,63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Temir yo‘l transportida yo‘lovchilar tashishni tashkil etish

Download 0,63 Mb.