|
Bajardi: Tekshirdi
|
bet | 18/18 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #151742 |
Bog'liq moxira 7. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar.
Yo‘lovchilar tashishning tannarxi. Temir yo‘llarning yo‘lovchilar tashish bo‘yicha bitta maxsulotni ishlab chiqarishga bo‘lgan harajatlarini pul qiymatida belgilaydi. Bitta ish miqdori sifatida 10 yo‘lovchi kilometrlar qabul qilinadi. 10 yo‘lovchi-kilometrning tannarxi yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha barcha harajatlarni bajarilgan ish xajmiga bo‘lish orqali hisoblab topiladi;
Foyda stavkalari — ushbu bitta maxsulotga (10 yo‘lovchi - kilometr) to‘g‘ri keladigan foyda, yo‘lovchilar tashishdan tushgan umumiy foydalar yig‘indisini umumiy bajarilgan yo‘lovchi kilometrlarga bo‘lib undan olingan natijani o‘nga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.;
yo‘lovchilar tashishdan tushadigan foyda — bu yo‘lovchilar tashishdan tushgan umumiy foydani ushbu tashishlarga sarflangan umumiy harajatlardan oshiq bo‘lishi demakdir. temir yo‘llar tomonidan yo‘lovchilar, bagaj va pochta tashishdan tushadigan foydadan tashqari, yo‘lovchilarning yo‘lda Yurish xujjatlarini rasmiylashtirish, qo‘l Yuklarini saqlash kameralarida saqlash va hammollarning xizmatlari va boshqalar uchun yig‘iladigan komission yig‘imlardan tushadigan mahalliy foydalar ham mavjud;
yo‘lovchilar tashishning rentabelligi. Ushbk ko‘rsatgich protsentlarda o‘lchanadi va ushbu tashishlardan tushadigan foydaning asosiy va aylanish ishlab chiqarish vositalarining narxlariga bo‘lgan nisbatlari orqali aniqlanadi. Asosiy vositalarga vokzallar, Shaharatrofpavilionlari, transport - tozalashmashinalari va boshqa qurilmalar kiradi, aylanish vositalariga esa, materiallar, yoqilg‘i va boshqa qimmatbaxo bo‘lmagan jihozlar kiradi;
Yo‘lovchilar tashish harakatida band bo‘lgan xodimlarning mehnat unumdorligi foydalanish shtatidagi bitta xodimga to‘g‘r keladigan yo‘lovchi-kilometrlarda o‘lchanadi.
Foydalanilganadabiyotlarro‘yxati
1.Кочнев Ф.П. «Пассажирские перевозки на железнодорожном транспорте».
2.Нурмухамедов Р.З. «Управление эксплуатационной работы на железных дорогах».
3.Худайберганов К.Т. Методические указания по «Организации пригородных пассажирских перевозок»
Кочнев С. Т. «Организация пассажирскиеперевозки на ж.д. транспорте».
Мирзаева Г. А., Домкин Э. И., Баширова А. «Организация пригородных пассажирских перевозок».
|
| |