|
Poyezdlar harakat tezliklari
|
bet | 17/18 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #151742 |
Bog'liq moxira Poyezdlar harakat tezliklari
Yo‘lovchi poyezdlarining to‘rt xildagi harakat tezliklari mavjud bo‘lib, ular ham xuddi yuk poyezdlari harakat tezliklari singari hisoblab topiladi..
Yurish tezligideb poyezdning uchastkani bosib o‘tishga ketgan toza yurish vaqti bilan hisoblanadi va unda xech qanday to‘xtalishlar va tezlashish va sekinlashishga ketgan vaqtlar hisobga olinmaydi
Texnik tezlik esapoyezdning uchastkani bosib o‘tishga ketgan toza vaqti va to‘xtalishlar bilan bog‘liq bo‘lgan tezlashish va sekinlashishga ketgan vaqtlarning hisobi bo‘yicha hisoblab topiladi. bundan texnik tezlikni hisoblash uchun poyezdning harakat davomida necha bor to‘xtaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish lozim. bu esa o‘z navbatida har turdagi poyezdlar uchun har xil bo‘ladi.
Uchastka tezligipoyezdning uchastkani bosib o‘tishga ketgan toza vaqti, yo‘lovchi stansiyalar oralig‘idagi stansiyalarda to‘xtab turilgan vaqti va ushbu to‘xtalishlar bilan bog‘liq bo‘lgan tezlashish va sekinlashishga ketgan vaqtlarning hisobi bo‘yicha hisoblab topiladi.
Marshrut tezlik ish ko‘rilayotgan tarmoqning yo‘nalishi yoki poligonida xuddi uchastka tezligi singari hisoblab topiladi, faqatgina bunda poyezdlarni nafaqat oraliq stansiyalarida, balki yirik yo‘lovchi stansiyalarida ham to‘xtab turgan vaqtlari hisobga olinishi lozim.
Yo‘lovchilar tashish harakati yo‘nalishlar bo‘yicha va vaqtlari bo‘yicha katta notekislikka egaligi bilan tavsiflanadi va bu o‘z navbatida vagonlardan foydalanish ko‘rsatkichiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ortiqcha harajatlarni keltirib chiqaradi. Bizga ma’lumki asosan iyul, avgust oylarida yo‘lovchilar tashish hajmi ortadi. tashishlar xajmining notekisligi maksimal oylardagi tashishlar hajmini yillik o‘rtacha oylik tashishlar hajmiga bo‘lish orqali topiladigan koeffitsient orqali aniqlanadi. Ayniqsa uzoq masofaga qatnovchipoyezdlarning qishki hamda yozgi davrlardagi yo‘lovchilar tashish hajmi o‘rtasidagi farqancha katta bo‘ladi. ushbu aloqa turi bo‘yicha tashishlar hajmi iyul oylarida fevral oyiga nisbatan2 —2,5 barobarga ortadi.
|
| |