|
Harakat grafigida uzoq va mahalliy masofada harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlarini joylashtirish usullarini o‘rganish
|
bet | 11/18 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #151742 |
Bog'liq moxira 5. Harakat grafigida uzoq va mahalliy masofada harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlarini joylashtirish usullarini o‘rganish
Poyezdlar harakat grafigi, bu – har bir poyezdning harakati to‘g‘ri chiziq bilan ko‘rsatilgan masshtab setkasiga joylashtirilgan poyezdlar harakatining jadvali demakdir. Unda vertikal o‘qlar bo‘yicha masofalarva gorizontal chiziqlar bo‘yicha vaqt belgilanadi.
Grafikda poyezdning harakatlanishi shartli ravishda to‘g‘ri og‘ishtirilgan liniya bilan ko‘rsatiladi. Amaliy jihatdan olib qaraladigan bo‘lsa poyezdlar peregonlar bo‘yicha doimo ham bir xil tezlikda harakatlanmaydi, ya’ni yo‘llarning profilidan kelib chiqqan xoda xapr xil tezliklar bilan harakatlanadi. Ayniqsa poyezd joyidan qo‘zg‘alishida va uning to‘xtash punktiga kelishi davrida tez o‘zgaradi.
Toq raqamli poyezdlarning yurish yo‘llarini poyezdlar harakat grafigida yuqoridan pastga, juft raqamli poyezdlarniki esapastdan yuqoriga deb belgilangan. Yurish yo‘lining gorizontal o‘qqa nisbatan proeksiyasi poyezdning peregon bo‘yicha amaldagi yurish vaqtiga teng.
Poyezdlar harakat grafigida har bir poyezdga uning turidan kelib chiqqan holda raqam beriladi va ushbu raqam Yurish yo‘nalishi bo‘yicha harakatni boshlagan stansiyasida va oxirgi stansiyalarga tutashgan peregonlarda yoziladi.
Poyezdlar harakat grafigini tuzishga uning asosiy birlamchi ma’lumotlarini ishlab chiqish kiradi: Shaharatrofpoyezdlarining harakat miqdorlari va ularni sutkaning soatlari bo‘yicha taqsimoti, peregonni bosib o‘tishga ketadigan vaqti, stansiya intervallari, paketdagi poyezdlar orasidagi intervallar, poyezdlarning stansiya va to‘xtash punktlarida turish vaqti me’yorlari.
Shaharatrofpoyezdlari harakat grafigini ishlab chiqishda quyidagilar ta’minlanmog‘i lozim:
Shahar atrof yo‘lovchilarini tashish rejasini bajarilishi;
Shahar atrof yo‘lovchilarini poyezdlarda yurishlarining normal sharoitlari, ya’ni ularni tig‘iz paytlarga jamlash, yo‘l davomida minimal xarajatlar va poyezdlarga o‘tirish punktlarida kutib qolishlarni kamaytirish hisobi bilan ta’minlanishi ;
Shahar atrof poyezdlarining kelish hamda jo‘nash vaqtlari jadvalini ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlari hamdaShahar ichidagi transportning ishlash rejasi bilan bog‘liqli;
talab etilgan Shahar atrof poyezdlari sonini sutka, kun davrlari bo‘yicha samarali taqsimoti. bunda asosan maksimal darajada yo‘lovchilarning xohishlari inobatga olinishi bilan bir qatorda harakat tarkibidan samarali foydalanish hamhisobga olinishi lozim.
Shahar atrof, mahalliy hamda uzoq masofaga qatnovchi yo‘lovchi poyezdlari harakat jadvallarini yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilash maqsadida kelishtirib olish;
Shahar atrof yo‘lovchilarini zonalar ichidagi aloqalarini qulayligini Shahar atrof yo‘lovchilar oqimi harakteri va konfiguratsiyasidan kelib chiqqan holda ta’minlash;
Aloqa vazirligi tashkilotlari bilan tarkibida pochta vagonlari mavjud bo‘lgan poyezdlarning harakatlanishi va aylanishlarini kelishib olish;
Shahar atrof uchastkalarida yo‘llarni va elektrta’minot qurilmalarini joriy va kapital ta’mirlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish imkoniyati.
Shahar atrof poyezdlarining oraliq stansiyalaridagi turish vaqtlarini 1 daqiqa deb qabul qilamiz;
To‘xtash platformalaridagi turish vaqtlari 1 daqiqa;
Poyezdlarni tezlashishi va sekinlashishiga ajratilgan vaqt:
yo‘lovchi poyezdlarida 1 daqiqadan;
Shaharatrofpoyezdlarida0,5 daqiqadan.
Ajratish punktlari orasidagi masofalar va poyezdlar harakatining yurish tezliklari asosida poyezdlarni peregonlarni bosib o‘tishga ketadigan vaqtini quyidagi formula orqali hisoblab topamiz:
Hisob natijalarini jadval ko‘rinishiga keltirib olamiz
“A-e” Shaharatrofuchastkalari peregonlari bo‘yicha yo‘lovchi poyezdlarning yurish vaqtlarini hisobi.
8.1. jadval
Peregon
|
uzunligi, km
|
To‘xtash punktlari soni
|
Harakat tezliklari. km/soat
|
Yurish vaqti, daqiqa
|
|
|
tezyurar
|
uzoq masofaga
|
Shaharatrof
|
|
|
tez yuruvchi
|
sekin yuruvchi
|
|
|
tez
|
yo‘l
|
sh.at
|
|
|
A-a
|
12
|
3
|
75
|
70
|
64
|
10
|
11
|
12
|
18
|
|
|
a-b
|
11
|
3
|
75
|
70
|
64
|
9
|
10
|
11
|
17
|
|
|
b-v
|
12
|
3
|
75
|
70
|
64
|
10
|
11
|
12
|
18
|
|
|
v-g
|
12
|
3
|
75
|
70
|
64
|
10
|
11
|
12
|
18
|
|
|
g-d
|
14
|
4
|
75
|
70
|
64
|
12
|
12
|
14
|
22
|
|
|
d-e
|
20
|
6
|
75
|
70
|
64
|
16
|
18
|
19
|
31
|
|
|
Uzoq masofaga qatnovchi yo‘lovchi poyezdlarini o‘tkazuvchanlik qobiliyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini oldini olish maqsadida shaharatrof poyezdlarigrafik davrining oxirida imkon qadar paketlab o‘tkazish tavsiya etiladi.Tezyurar poyezdlar har 200-250 kilometrda to‘xtaydi, uzoq masofaga qatnovchi yo‘lovchi poyezdlar esa 100-120 kilometrda to‘xtaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Harakat grafigida uzoq va mahalliy masofada harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlarini joylashtirish usullarini o‘rganish
|