Yo‘lovchilar tashishni tashkil etishning chet el tajribalari




Download 0,63 Mb.
bet3/18
Sana05.02.2024
Hajmi0,63 Mb.
#151742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
moxira

1.2 Yo‘lovchilar tashishni tashkil etishning chet el tajribalari

Yevropa davlatlarida temir yo‘l transportiga bo‘lgan talab tinimsiz ortib bormoqda va Transport White Paper ning2011 yilgi siyosatiga ko‘ra u yana ham o‘sishi kutilmoqda. White Paper komisiyasining baholashigamos ravishda yo‘lovchi hamdayuk tashishga bo‘lgan talablar 2050 yilga kelib ikki barobarga ortadi. Bir nechta analitiklarning ta’kidlashlaricha, agar temir yo‘l transporti uzoq masofalarga katta miqdordagi yuklarni tashib berish uchun qabul qilib olishni to‘xtatmasa temir yo‘l transporitga bo‘lgan talab oshib boraveradi. Mahalliy aloqalardagi yo‘lovchilarni tashishga bo‘lgan talabning ortib borishiga esa iqtisodiy o‘sish orqali erishiladi va uning natijasida Yevropa ichki bozorining globallashuvi va integratsiyasi davom etaveradi


Yo‘lovchilar tashishga bo‘lgan talab shahar ichkarisidagi, katta Shaharlar orasidagi va uning tashqarisidagi yo‘lovchilar oqimining o‘sishi bilan ifodalanadi. Integrallashtirilgan jamoat transporti shu jumladan, temir yo‘l transporti, metro, tramvay va avtobuslar (xattoki shaxsiy transport hisoblangan velosiped yoki elektromobilllar) shahar hamda mintaqaviy bozorlarda nafaqat jamoat maqsadlari uchun foydalaniladi, balki ulardan dam olish va hordiq chiqarish sifatida ham foydalaniladi va bu o‘z navbatida transport bozorida yo‘lovchilar tashish ulushini oshishiga olib keladi.Bu nomutanosiblik urbonizatsiya tufayli vujudga kelishi mumkin.
Uzoq masofalarga temir yo‘l transportida tashib berishlarga bo‘lgan talab ko‘pgina davlatlarda ortib bormoqda va bu o‘sish 2030 yilgacha Yevropa yuqori tezlik temir yo‘l tarmoqlarini rivojlantirish hisobiga ortib borishi kutilmoqda. Ushbu tarmoqdagi tijoriy tezlik o‘rtacha soatiga 300 kilometr va undan ortiq bo‘lishi hamda 1000 kilometrdan ortiq masofaga harakatlanishi kutilmoqda. Ushbu safa chog‘ida mijozlar eshikdan-eshikgacha bo‘lgan yo‘l davomida o‘z vaqtlarini maroqli o‘tkazishlari ham rejalashtirilgan. Bulardan tashqari yuqori darajadagi pochta-bagaj xizmatlari ko‘ratilishi ham yo‘lga qo‘yilgan. Analitiklar ushbu infratuzilmalar davlat byudjetlariga bo‘lgan bosimlarni kamaytirgan holda xususiy invistitsiyalardan yaxshigina mablag‘larni olib kelishini bashorat qilmoqdalar.
Demografik inqilob va aholi turmush va hayot tarzi darajasining o‘zgarishi tashishlarga bo‘lgan talablarni oshiradi. 2050 yilga kelib sog‘liqni saqlash sohasidagi davlat investitsiyalarning ortishi bilan keksa yoshdagi insonlarning soni (ayniqsa 80 yoshdan oshganlar) sezilarli darajada ortadi. Keksa yoshdagi insonlar poyezdlar xizmatidan nafaqat shahar ichidagi harakatlarida balki uzoq masofalarga sayohat qilish vaqtlarida hamko‘proq foydalanadilar.
O‘z avtomobiliga ega bo‘lmagan kichik yosh guruhiga kiruvchilarning hayot tarzi multimodal sayohat modellarining yutuqlari bo‘ladi, ya’ni shaharlarda piyoda yoki velosipedlardagi sayrlarning ortishi hisobiga.
Harakat tarkiblari, jamoat transporti va temir yo‘l kompaniyalari kutilayotganidek uzoq va mahalliy masofalarga sayohatlarning eshikdan eshikkacha yetkazishning boshidan oxirigacha qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etadilar.
Texnologik nuqtai nazardan, innovatsiya sohasida infratuzilmalar uchun samarali tizimlarning energiya va resurslarini ko‘plab ishlab chiqarish kutilmoqda. 2050 yilga kelib Yevropada chiptalarni sotish va yo‘lovchilarga ma’lumotlar berish bo‘yicha va shu bilan birga nosozliklar yuzaga kelganda ularni hal etish bo‘yicha kompleks xizmatlar ko‘rsatish o‘ta yuqori sifat darajasiga ko‘tarilish kutilmoqda.Xavsizlik sifati va tizimi hamdaboshqaruvning muhofazasi butun Yevropa bo‘yicha Yevropa temir yo‘l tarmog‘iga mos ravishda ko‘zda tutilgan.
Temir yo‘llar sektoridagi asosiy innovatsion tendensiyalar, texnologiyalarning integratsiyasiga asoslangan, masalan raqamli komponentlarga mos keluvchi analogli komponentlar. Temir yo‘llar xodimlari o‘z faoliyatlarini faqat raqamli aloqa turi bo‘yicha amalga oshiradilar. Mahalliy poyezdlar mahalliy hamda uzoq masofaga qatnovchi poyezdlar bilan ayniqsa Shaharlarda birlashtiriladi, ya’ni tramvay-poyezd yoki metro-poyezd tushunchasi bo‘yicha.Uzoq masofalarga qatnovchi tezyurar poyezdlar doiymiy tarzda dam olish kunlari yoki haftasiga bir necha marotaba yo‘lga qo‘yiladi.
Natijada transport xizmatlaridan foydalanuvchi hisoblangan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatining oshishi va shu bilan birga mijozlar uchun keng doiradagi tanlash imkoniyatlari yaratiladi va bu bilan 2035 yilga kelib 40 milliard Yevro miqdoridagi mablag‘larni iqtisod qilinishi kutilmoqda.
Avvalambor birinchi navbatda ma’muriy harajatlarni qisqartirish ko‘zda tutilgan, ya’ni temir yo‘l transporti xizmatidagi bozorlarga yangi operatorlarni kiritilishini qisqartirish. Yevropa temir yo‘l agentligi tomonidan beriladiganoperatorlar uchunumum Yevropa sertifikatlari va shu bilan birga lokomotiv va harakat tarkiblaridan foydalanishga imkon beruvchi umumYevropa ruxsatnomalari milliy tizimlarini almashtirish nazarda tutilgan.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra mazkurtadbir operatorlarning temir yo‘l bozoriga chiqish vaqtini 20 % qisqarishiga imkon beribgina qolmay, harakattarkiblaridan foydalanishga bo‘lgan ruxsatnomalarning narxini 20% pasayishiga imkon yaratadi. Hisoblar natijalari bo‘yicha ushbu iqtisoddan kutilayotgan samara kompaniyalar tomonidan 2025 yilga kelib 500 million yevroni tashkil etadi.



Download 0,63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 0,63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yo‘lovchilar tashishni tashkil etishning chet el tajribalari

Download 0,63 Mb.