Bank aktivlaridan samarali foydalanishning tahlili




Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/74
Sana17.03.2022
Hajmi1.28 Mb.
#18765
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74
Bog'liq
bank faoliyati tahlili
kompyutur tashkil etishdan xxxxx, 7-guruh, 1448065, Bosma tashqi reklamada kretivlik, Ibtidoiy jamoa tarixi tarix fanining birmuncha yosh sohasi, Kurs ishi mavzusi, Rektifikatsiya haydash Sharipov jahongir, 5-sinf matematika yillik, 7-sinf matematika yillik, 7-8-9 matematika yillik, Balchiq bilan davolash, Хусанов Самандар, T menejment, Gazni qayta ishlash test-2023
2.5. Bank aktivlaridan samarali foydalanishning tahlili
Banklar mavjud aktivlaridan samarali foydalanishlari lozim. Bank aktiv-
lari turli tuman bo‘lib, ular har xil faoliyatda ishtirok etadilar. Lekin barcha 
aktivlarning foydalanishini umumiy ko‘rsatkichlar bilan ifodalash mumkin. 
Tahlildan barcha aktivlarning foydalanishidan tashqari, banklar faoliyatida 
bir xil foydalanishda bo‘lgan aktivlar guruhini alohida o‘rganish lozim.
Bank barcha aktivlarining samarali foydalanishini ifodalovchi umumiy 
ko‘rsatkichlarga: aktivlarning natijaviyligi (An), aktivlarning daromadlili-
gi (Ad), aktivlarning tejamkorligi (At) va aktivlarning foydaliligi (Af) 
ko‘rsatkichlarini kiritish mumkin.
Bank aktivlarining natijaviyligi (An) deganda, bank faoliyatining asosiysi 
bo‘lgan kredit aylanmasini aktivlarining o‘rtacha summasiga nisbati tushuni-
ladi. Bu ko‘rsatkich bank mavjud aktivlaridan foydalanib, hisobot davrida 
(oy, kvartal, yil) ularning har bir so‘miga necha so‘mlik kredit aylanmasiga 
erishdi degan savolga javob beradi.
Kredit aylanmasi
An = ______________________ ;
aktivlar o‘rtacha summasi
Bank kredit aylanmasi deganda tahlil qilinayotgan davrda (chorak, 6 oy, 
9 oy, bir yil va hokazo) mijozlarga kredit berib, qaytarib olingan summa 
tushu niladi. 


35
Masalan, bank hisobot yilida 126,0 mlrd so‘m kredit berib, qaytarib 
olgan, aktivlarining o‘rtacha summasi esa 41,0 mlrd so‘m. Bank barcha ak-
tivlarining natijaviyligi 
126.0
An = _______ = 3,07 bo‘lgan.
41.0
Bank aktivlarining daromadliligi bank kredit va boshqa operatsiyalaridan
olingan barcha daromad summalarini, ya’ni hisobot davrida olingan barcha 
daromad summalarini aktivlarining o‘rtacha summasiga bo‘lib topiladi. 
barcha daromadlar summasi
Ad = _________________________;
aktivlar o‘rtacha summasi
Bank aktivlari tejamkorligi (At) deganda, bank mavjud aktivlardan foy-
dalanish uchun, ularning har bir so‘miga qancha xarajat qilayotgan degan 
savolga javob beradi. Bu ko‘rsatkich At bankning tahlil qilinayotgan dav-
ridagi xarajatlar summasini aktivlar o‘rtacha summasiga bo‘lib topiladi.
xarajatlar summasi
At = ______________________ ;
aktivlar o‘rtacha summasi
Aktivlarning foydaliligi (Af) ko‘rsatkichi bank foydasini aktivlarning 
o‘rtacha summasiga bo‘lib topiladi va bank aktivlaridan foydalanib ularning 
har bir so‘miga qancha foyda olayapti degan savolga javob beradi.
sof foyda summasi
Af = ______________________ ;
aktivlar o‘rtacha summasi
Aynan yuqorida qayd etilgan tartibda bizni qiziqtiradigan alohida olingan 
aktiv turlari bo‘yicha ham ularning samaradorligini aniqlashimiz mumkin.


36

Download 1.28 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74




Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bank aktivlaridan samarali foydalanishning tahlili

Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish