Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti




Download 84,59 Kb.
bet11/12
Sana30.05.2024
Hajmi84,59 Kb.
#257988
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Biznes yuritish yonalishidagi nazariy qarashlar va amaliy tadqiqotlar

III Xulosa
Biznes bu tadbirkorlikdan boshlanadi. Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati, bu-biznesdir) — bu oʻz tavakkalchiligi ostida amalga oshiriladigan, mulkka egalik qilish, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatishdan muntazam ravishda daromad olishga qaratilgan mustaqil faoliyatdir sanaladi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu lavozimda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Tizimda foyda keltirmaydigan tovarlarni sotish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatishning alohida hollari tadbirkorlik hisoblanmasligi aniq.
Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun tadbirkorning oʻzi tomonidan ham, tashqaridan jalb qilingan mulklar, nomoddiy aktivlari, mehnat resurslari ham qoʻllanilishi lozim. Sarflangan mablagʻlar oʻzini oqlashiga, ishlab chiqarilgan narsa foyda bilan sotilishiga kafolat yoʻq. Bu mulkning toʻliq yoki bir qismini yoʻqotish xavfi bilan bogʻliqdirManba xatosi: Closing missing for tag[2], lekin baʼzan ular turli xil maʼnolarga ega[3][4].
Tadbirkorlik faoliyatining samaradorligi[5] nafaqat foyda miqdori, balki korxona qiymatining oʻzgarishi bilan ham baholanishi mumkin (korxonaning bozor qiymati, yaxshi niyatga ham bogʻliq boʻladi).
Odatda gʻoyani shakllantirishning quyidagi bosqichlarini ajratib turadi:
1.Tadbirkorlik gʻoyasini yaratish;
2.Gʻoyaning birinchi ekspert bahosi;
3.Bozor maʼlumotlarini olish (talab va taklif oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlash, narxlarni aniqlash va boshqalar);
4.Gʻoyani amalga oshirish uchun xarajatlarni hisoblash;
5.Gʻoyani amalga oshirish uchun bozor maʼlumotlari va xarajatlarini ekspert baholash;
6.Tadbirkorlik qarorini qabul qilish, gʻoyani amaliy amalga oshirishga tayyorgarlik koʻrish.
Qaror qabul qilish uchun diqqat bilan marketing yoki bozor holatini, raqobatchilar oʻrtasidagi munosabatlarni, talab va taklifning mumkin boʻlgan o

oʻzgarishlarining ilmiy prognozlarini, aholining xarid qobiliyatini oʻrganmasdan turib amalga oshirib boʻlmaydi. Amaliyot shuni koʻrsatadiki, yangi gʻoyalarning koʻplab manbalari mavjud, misol uchun: shartnoma boʻyicha biznes hamkorlar va kontragentlarning sharhlari, raqobatchilarning mahsulotlari, davlat organlarining nashrlari, patent idoralarining maʼlumot varaqlari kabilar kiradi. Tadbirkorlik faoliyati koʻpincha kichik biznes bilan bogʻliq boʻlsa, egasi ham yetakchi hisoblanadi. Katta kompaniyada boshqaruv funksiyalari koʻpincha yollangan menejerlar tomonidan amalga oshiriladi va egalari daromad olishlari hammaga maʼlum. Faqatgina vaqti-vaqti bilan umumiy yigʻilishlarda ovoz berishadi.


Baʼzida ijtimoiy tadbirkorlik alohida toifa sifatida ajratiladi.
Biznesni boshqarish usullari — bu qo‘yilgan maqsadlarga erishish
uchun boshqaruvchi tizimcha —boshqaruv subyektini boshqariluvchi tizimcha — boshqaruv obyekti (xodim, jamoa, boshqaruvning ijtimoiy-iqtisodiy obyekti)ga ta’sir ko'rsatish usullaridir. Boshqaruv usullari va boshqaruv jarayoni usullari ajratiladi. Boshqaruv usullari boshqaruv obyektiga ta’sir ko‘rsatishning yakunlangan jarayonini ta’riflaydilar. Boshqaruv jarayoni usullari bilan faqat ayrim ishlar bajariladi. Yana to‘g‘ridan to‘g‘ri va vositali ta’sir ko‘rsatish, rasmiy va norasmiy usullari ham ajratiladi. To‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish usullaridan foydalanishda ta’sirning bevosita natijasini olish ko‘zda tutiladi; vositali ta’sir ko‘rsatish usullari bilan yuqori natijalarga erishish uchun sharoitlar yaratiladi. Rasmiy va norasmiy ta’sir ko‘rsatish usullarining nisbati boshqaruv uslubining o‘ziga xos alomatlarini aks ettiradi.
Boshqaruv usullari tizimida umumiy usullar ajratiladi. Ularga an’anaviy ravishda iqtisodiy, ma’muriy (ba’zida ularni tashkiliy deb ataydilar) va ijtimoiy-psixologik usullar kiradi. Boshqaruvning iqtisodiy usullari boshqaruv obyektining iqtisodiy qonunlar talablaridan ongli ravishda foydalanishga asos-
langan iqtisodiy manfaatlariga ta’sir ko‘rsatish usullarining majmuasidan iborat bo‘ladi. Bu usullarni ikki guruhga bo'lish mumkin:
— respublika, viloyat, tuman idoralari tomonidan foydalani-
ladigan usullar;
— tashkilotlar (korxonalar) tomonidan foydalaniladigan usullar.
Birinchi guruhga mamlakat va mintaqaning soliq tizimlari va kredit-moliya mexanizmlari, ya’ni korxona tashqi muhitining iqtisodiy omillari kiradi.

Ikkinchi guruhni quyidagilar tashkil qiladi:


— xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tizimi;
— ishning sifati va samaradorligi uchun javobgarlik tizimi;
— tashkilot faoliyat yuritishining iqtisodiy me’yorlari (fond bilan qurollanganlik va mehnatning unumdorligi, mahsulotlarning turlari bo‘yicha rentabellik me’yorlari), ular marketing tadqiqotlari, mahsulot sifatining asosiy ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarishning darajasi, shu jumladan biznes-rejani tahlil qilish asosida
ishlab chiqiladi. Har bir kishi ishining sifati va samaradorligini oshirishiga qaratilgan hamda shaxs va jamiyat munosabatlarini uyg‘unlashtirish
uchun motivatsiya va muvofiqlashtirish qurollaridan foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladigan xodimlarni rag‘batlantirish boshqaruvning muhim iqtisodiy usuli boladi. Iqtisodiy rag‘batlantirishning zamonaviy shakllariga quyidagilar kiradi:
— ish haqi tizimini mehnatning miqdori va sifatiga muvofiq shakllantirish;
— qo‘shimcha mukofotlar ko‘rinishidagi bonuslar, mukofotlar, asosiy ish haqiga qo'shimchalar;
— xodimni tashkilot foydasini taqsimlashda ishtirok etishi;
— xodimga nafaqa jamg‘armasini shakllantirish ko‘rinishida imtiyozlar va yengilliklar berish, xodimning xavfsizligini ta’minlash, unga transport xizmatlari, turar-joy ijarasi va bolalar muassasalari, o‘qish, malakasini oshirishga haq tolashda imtiyozlar berish, xodim va uning oila a’zolarini da’volash va dam olishlarini tashkil qilish, xodimga tashkilot tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotni xarid qilishda imtiyoz berish;
— xodimga imtiyozli kreditlar berish;
— xodim hayotini imtiyozli sug‘urtalash va boshqalar.
Rag‘batlantirishning sanab o‘tilgan shakllari bilan bir qatorda jazolar va tanbehlar, imtiyozlarni pasaytirish yoki to'liq olib tashlash tizimini qollash mumkin.
Biznes faoliyatini tugatish va qayta tashkil etish (birlashtirish, kushish, bo‘lib yuborish, ajratish, qaytadan tuzish), Biznes faoliyati mol- mulki egasining yoki shunday Biznes faoliyatilarni utzishga vakolatli bulshagn idoralar qaroriga binoan yoxud sud yoki xakamlik sudining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Singan Biznes faoliyatilarni

tugatish qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi. Biznes faoliyati davlat ro‘yxati reestridan chiqarib yuborilgan paytdan boshlab qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan hisoblanadi. Biznes faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish davomida ishdan bushatilayotgan xodimlarga me’yoriy xujjatlarda belgilanganga muvofiq ularning huquqlari va manfaatlariga rioya etilishiga kafolatlar beriladi. Biznes faoliyati boshqa Biznes faoliyati bilan kushilgan taqdirda mazkur Biznes faoliyatilarning har biriga taallukli barcha mulkiy huquqlar va majburiyatlar kushilish natijasida vujudga kelgan Biznes faoliyatiga utadi. Bunda uning barcha mulkiy huquqlari va majburiyatlari qo‘shib olgan Biznes faoliyatiga utadi. Biznes faoliyati bo‘lib yuborilgan taqdirda qaytadan tashkil etilgan Biznes faoliyatining mulkiy huquqlari va majburiyatlari ana shu bo‘lib yuborish natijasida vujudga kelgan yangi Biznes faoliyatilarga bo‘lib yuborish xujjatlari (balansi) ga muvofiq tegishli kismlarda utadi.Agar Biznes faoliyatidan bitta yoki bir nechta yangi Biznes faoliyatini ajratib chiqarilsa, qaytadan tashkil etilgan Biznes faoliyatining mulkiy huquqlari va majburiyatlari bo‘lib yuborish xujjatlari (balansi) ga muvofiq tegishli kismlarda ularning xar biriga utkaziladi. Tadbirkorlik biznes faoliyatilari uchun kadrlar tayyorlashni davlat tomonidan qo‘llab- kuvvatlash tadbirlari. Davlat tadbirkorlik Biznes faoliyatilari uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirishni ta’minlaydi. Qishloq joylardagi kichik va xususiy tadbirkorlik uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi muassasalar va tashkilotlar me’yoriy xujjatda belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanadilar.


Biznes faoliyatini barpo etishning umumiy shart-sharoitlari:
a)biznes faoliyati mol-mulk egasi yoki u vakil qilgan idora, tashkilot qaroriga muvofiq, yo bo‘lmasa ta’sis etuvchilar guruhi va ayrim ta’sis etuvchi shaxslar qarori bilan ushbu hamda O‘zbekiston Respublikasi boshqa qonun xujjatlarida kuzda tutilgan tartibda barpo etiladi;
b)biznesda ishlab turgan biznes faoliyatilar tarkibidan bitta yoki bir nechta tarkibiy bo‘linmaning shu bo‘linma mexnat jamoasi tashabbusi bilan ajralib chiqishi natijasida, agar bunday ajralib chiqish uchun biznes faoliyati mol-mulk egasining (u vakil qilgan idora, biznes faoliyati va tashkilotning) roziligi bo‘lsa va biznes faoliyati ilgari o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarning bajarilishi ta’minlansa tuziladi;
c) biznes faoliyatini barpo etish va uning faoliyati uchun er uchastkasi, boshqa tabiat resurslari talab qilinadigan xollarda ulardan foydalanishga ruxsatnomani hokimiyat idorasi, tegishli qonun xujjatlarida kuzda tutilgan xollarda esa ekologiya

ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda tabiatdan foydalanuvchi tegishli boshlangich tashkilot tomonidan ham beriladi. Er uchastkasi va boshqa tabiat resurslarini berish rad etilganida O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlarida kuzda tutilgan tartibda shikoyat qilinishi mumkin;


d) biznes faoliyati davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab barpo etilgan deb hisoblanadi va xuquqiy shaxs huquqini oladi.
Davlat kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari xamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi, erkin raqobat uchun shart-sharoit yaratadi, moddiy, moliyaviy, mexnatga oid va boshqa resurslardan foydalanishda teng imkoniyatlarni ta’minlaydi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining kichik va xususiy tadbirkorlik masalalariga oid, hamma uchun majburiy bo‘lgan normativ xujjatlari tegishlicha Adliya vazirligida, uning mahalliy organlarida xuquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi, davlat ro‘yxatiga olinishi zarur, bu xujjatlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining xizmat yoki tijorat siri bo‘lgan axborotlarning himoya qilinishi kafolatlanadi. Davlat organlari va boshqa organlarning, ulardagi mansabdor shaxslar va xodimlarning, me’yoriy xujjatlarida nazarda tutilgan xollarni istisno etganda, kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat organlari yoki boshqa organlarning hamda ulardagi mansabdor shaxslarning kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini buzuvchi hatti harakatlari(qarorlari) ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi ham mumkin.
Shuni ta’kidlash lozimki, davlat organlari yoki boshqa organlarning yoxud ulardagi mansabdor shaxslarning hatti-harakatlari (qarorlari) tufayli kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektiga etkazilgan zarar, boy berilgan foydani qo‘shgan xolda, shu organlar tomonidan qonuniy ravishda qoplanadi. Zararni qoplash to‘g‘risidagi nizolarni fakat sud organlari tomonidan belgilangan tartibda hal etiladi. Davlat tomonidan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining mol-mulki olib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun xujjatlarida belgilangan hollar va tartibda olib qo‘yish bundan mustasnodir. Kichik va xususiy tadbirkorlikni shakllantirish, rivojlantirish jarayonlarini tartibga solish va rag‘batlantirish davlat tomonidan normativ-xuquqiy negizni takomillashtirish, infrastrukturani shakllantirish hamda kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati uchun shart-sharoit yaratish asosida iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu borada mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida:

kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun mahalliy soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar belgilaydi;


-kichik va xususiy tadbirkorliknp rivojlantirishning xududiy dasturlarini ishlab chiqadilar;
-kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlaydilar.
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladigan kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat hamda xududiy dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat va hududiy dasturlari bozor infrastrukturasini vujudga keltirishni, qo‘lay tadbirkorlik muxitini shakllantirishni hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni iqtisodiy rag‘batlantirish tadbirlarini o‘z ichiga oladi. Dasturlarni moliyaviy ta’minlash kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
fondlari, xalqaro dasturlar bo‘yicha, xususiy va boshqa manbalardan jalb etilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash fondlari tomonidan ajratiladigan mablag‘lar quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
-kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar berish asosida investitsiya loyihalarini moliyaviy ta’minlash;



Download 84,59 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 84,59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti

Download 84,59 Kb.