|
e) Biznes tadqiqoti bosqichlari
|
bet | 10/12 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 84,59 Kb. | | #257988 |
Bog'liq Biznes yuritish yonalishidagi nazariy qarashlar va amaliy tadqiqotlare) Biznes tadqiqoti bosqichlari
Biznes tadqiqotlarining eng muhim bosqichlaridan biri bo'lib bu- tadqiqot rejasini ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda tadqiqot uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar va axborotlarni to'plash manbalari, uslublari, qurollari, tanlov o'tkazish tartiboti va rejalari tuziladi. Tadqiqot asoslanadigan ma'lumotlar va manbalardan bir necha marotaba tegishli sohalarda foydalanish, ularni qayta ishlash mumkin. Biznes tadqiqotida koʻzatish, eksperiment, so'rov, guruhli bahs eng ko'p qo'llaniladigan uslublar hisoblanadi. Har bir uslub tadqiqotning tegishli bosqichlarida samarali axborot to'plash, uni qayta ishlash, texnik vositalaridan samarali foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, yuqorida keltirilgan radio telefonli va bort-kompyuterli avtomobilga bo'lgan boshlang'ich talabni baholash tadqiqotini olib ko'raylik. Kuzatish uslubi vositasida xaridorlarning joriy davrda va avtomobil bozoridagi munosabatlari, ko'nikmalarini baholash mumkin. So'rov uslubida esa aniq bir xaridorning «yangi jihozlarga>> bo'lgan qiziqishlari, ularga qo'yadigan talab va istaklarni baholash mumkin. Eksperiment uslubida esa sinov tarzida avtomobillarning kichik partiyasini bozorda sotib, xaridorlar holatlarini kuzatish mumkin. Tadqiqot rejasini ishlab chiqishda uslubiy jihatdan o'zaro bog'liqlik, aniqlik, takrorlanmaslik, davriy uzluksizlik ta'minlanishi lozim. Tuzilgan reja quyidagi savollarga javob berishlari lozim.
1. Qanday ma'lumotlar to'planishi kerak?
2. Ma'lumotlarni kim toʻplaydi?
3. Kim va nima xususida izlanish olib borishi lozim?
4. Ma'lumotlarni to'plashda qanday uslublar qo'llaniladi?
5. Ma'lumotlar qanday shaklda va qanday muddatlarda taqdim etiladi?
6. Ma'lumotlarni to'plash qachon va qayerda amalga oshiriladi.
7. Ma'lumotlarni to'plash uchun qanday xarajatlar ko'zda tutiladi? Ushbu savollarga javob topish asosida tadqiqot rejasining izchilligi, mazmunan va mantiqan bog'liqligi ta'minlanadi. Bu o'z navbatida tadqiqotning keyingi bosqichlarida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan kamchiliklar va xatoliklarning vujudga kelishiga yo'l qo'ymaydi. Ma'lumotlarni to'plash bosqichi tasdiqlangan reja asosida amalga oshirilishi bilan bir qatorda texnik vositalar yordamida ularni qayta ishlash, tayinli tartibga solish vazifasini ham bajaradi. Chunki jamlanadigan ma'lumotlar qayerda va qachon amalga oshirilishiga, ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga katta e'tibor beriladi. So'nggi vaqtlarda ma'lumotlar va axborotlarni to`p- lash kompyuter dasturlaridan foydalanish yuqori samara bermoqda. Chunki to'plangan ma'lumotlar-bu hali natija emas, balki tayyorlangan dastlabki bir xomashyodir. Shu tufayli ma'lumotlarni to'plash, ularni tahlil qilish va taqdim etish bosqichlarini ancha osonlashtirish maqsadida maxsus kompyuter dasturlaridan foyda- laniladi. Bunda asosiy e'tibor faqat jadval shaklidagi ma'lumotlarga emas, balki grafik, diagramma, chizma shaklidagi natijaviy ma'lumotlarga qaratilmoqda. Biznes tadqiqoti ma'lumotlarni imkoni boricha qisqa, ayni mazmuni va zudlik bilan taqdim etilishi tayinli mahsulot xususida bozorda qaror qabul qilish ancha oson ko'chadi. Shu sababdan, taqdim etilgan biznes tadqiqoti natijalari umum- lashtirilgan va umumiy xulosalar keltirilgan qismga ega bo'lishi talab etiladi. Tadqiqot davomida olingan barcha ahamiyatdagi ma'lumotlar, jadval va diagrammalar kengaytirilgan shaklda va barcha tafsiloti bilan maxsus boʻlinmalarda keltiriladi. Demak, biznes tadqiqotlarining yo'nalishlari, uning maqsadlari asosida muayyan uslublar tanlanadi. qo'llaniladigan uslublar istakdagi natijaga erishish yo'lida bir-birini to'ldirish, aniqlash, xatoliklarni o'z vaqtida bartaraf etish uchun xizmat qiladi. Tadqiqot qurollari esa, xoh anketa, xoh texnik vositalar tarzida bo'lsin axborotlarni zudlik bilan to'plash, ularni qayta ishlash, kelgusi faoliyatda unumli foydalanish vazifasini bajaradi.
|
| |