II Asosiy qism
a) Biznes tadqiqotlarida ilmiy va amaliy yondashuvlar
Biznes- ayirboshlash yòli bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga yònaltirilgan inson faoliyatining turi ,bozordagi barcha qatnashchilarning o'zaro manfaatlariga asoslangan harakatlarini, talabni shakllantirish va qondirish uchun birlashtirishdir. Biznes bu tovar harakatlarining barcha bosqichlarini o'z ichiga oluvchi, talab taklifni oʻrganish, mahsulot ishlab chiqarish dasturini yaratish, sotish va iste'mol qilish bilan bog'liq bo'lgan turli xildagi xizmatlar ko'rsatish va iste'moldan chiqqandan keyin utilizatsiyalashni tashkil qilish kabi bozor muammolarini yechishda yaxlit tizimli (kompleks - sistemali) yondashishdir. Biznes tadqiqotlarining yalpi biznes faoliyatini tashkil etishda, uni boshqarishda, rejalashtirishda va nazorat etishda muhim ahamiyatga ega bulishi - zamonaviy biznes nazariyasining asosiy xususiyatlaridan biri sifatida namoyon bo'lmoqda. Biznes tadqiqotlarinig yuqori darajada tashkil etilishi, ularning ko'lami, tahliliy va qayta ishlash jarayonlarida foydala- niladigan uslublar yig'indisi, bevosita korxona va tashkilotlarning biznes strategiyasini belgilashda, amalga oshirishda, dastlabki bosqich, «tayanch nuqta» hisoblanadi. Iste'mol bozori tobora yangi tovarlar va xizmatlar bilan boyib borayotgan bugungi sharoitida yangi imkoniyatlarni aniqlash va ulardan oqilona foydalanishda biznes tadqiqotlarining ahamiyati kun sayin ortib bormoqda. Biznes tadqiqoti predmeti sifatida tadqiqotlar olib borish biznes faoliyatinin barcha jabhalarini o'z ichiga oladi va ular bo'yicha qarorlar qabul qilish bilan bog'liqdir. Ular biznes kompelksi va uning tashqi muhit unsurlariga ham tegishlidir. Biznes tadqiqotlarining asosiy yo`nalishlari quyidagilardir:
1. Bozorni va sotishni tadqiq qilish
a) bozor sig'imini baholash;
b) bozor va uning segmentlari xarakteristikasini aniqlash;
d) bozordagi o'zgarishlar tendensiyasini tahlil qilish,
e) sotish hajmini istiqbollash;
f) mavjud va mumkin boʻlgan iste'molchilar to'g'risida axborot
olish;
g) iste'molchilar talabini o'rganish;
h) raqobatchilar to'g'risida axborot olish.
2. Mahsulotni tadqiq qilish:
a) yangi mahsulot to'g'risidagi g'oyalarni to'plash;
b) mahsulot haqida test o'tkazish;
d) har xil qadoqlash turlarini sinab ko'rish va tadqiq qilish.
3.Bahoni tadqiq qilish:
a) mahsulot bahosi bilan unga boʻlgan talab o'rtasidagi o'zaro boģliqlikni tadqiq qilish;
b) mahsulot hayotiylik davrining turli bosqichlari uchun baho siyosatini istiqbollash.
4. Mahsulot harakatini tadqiq qilish:
a) reklama faoliyati samaradorligini tadqiq qilish;
b) turli ommaviy axborot vositalari samaradorligini tadqiq qilish;
d) reklamaning turli variantlarini sinab kurish;
e) mahsulot harakati turli usullari va vositalarini kompleks solishtirma tahlil qilish.
5. Mahsulotni xaridorlarga yetkazish:
a) omborlar joylashishini tadqiq qilish;
b) chakana savdo nuqtalari joylashishini tadqiq qilish;
d) servis xizmati joylashishini tadqiq qilish.
Biznes tadqiqotlari o'tkazishda chet el firma va kompaniyalari katta mablag'lar sarflaydi. Masalan, AKShda yillik sotish hajmi 25 mln. dollar bo'lgan kompaniyalar o'z biznes budjetlarining 3,5 foizga yaqinini biznes tadqiqotlariga sarflaydi. Iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar ishlab chiqarish vositalari yetkazib beruvchi korxonalarga nisbatan bu sohaga ko'proq mablag' sarflaydilar. Bozomi tadqiq qilish - biznes tadqiqotlarining ma'bam bir qismidir, xolos. Faqatgina shartli ravishdagina ularni biznestadqiqotlarining asosi deb qabul qilish mumkin. Bozorni tadqiq qilish jarayonida quyidagilar aniqlanadi: bozorga kiritilayotgan yoki unda mavjud bo'lgan mahsulotning mumkin boʻlgan sotish miqdori, tovarning iste'mol xususiyatidagi va boshqalar.
- xarakteristikalarining o'zgarishi tendensiyasi;
- yoshi, jinsi, hududiy, ijtimoiy, oilasidagi kishilar soni, o'zini tutishi, daromadi darajasi bo'yicha iste'molchilar guruhini aniqlash;
assortimentni rejalashtirishda, sotish va reklamani tashkil qilishda xaridorlarning istagini aniqlash;
- mahsulotning sotilishi miqdori, uning umumbozor sigimidagi ulushi (hududlar va segmentlar bo'yicha ham);
- firmaning raqobatdoshligini va uning bozordagi o'rni.
Ko'rinib turibdiki, bozor to'g'risidagi ma'lumotlar miqdori katta va turli xarakterga ega. Shuning uchun bozorni tadqiq qilishda turli bilim sohalarining mutaxassislari qatnashadilar va bu tadqiqotlar ancha qimmatga tushadi, lekin firmalar bozorni iloji boricha tezroq o'zlashtirish maqsadida xarajatlardan qochmaydilar, chunki raqobat- chilar bozorda yangi raqobatchi paydo bulishini oldini olish uchun qarshi choralar ko'radilar. Shuning tadqiqotlar jarayoni, ayniqsa, uning natijalari olinganidan keyin va firma ularni biznes konsep- siyasini asoslash uchun qabul qilingandan soʻng tovarni sinovli sotishni tashkil qilish boshlanadi. Bu jarayonning asosiy vazifasi, firmaning bozordagi samarali o`rnini aniqlovchi o'ziga xos omillarni o'rganishdir. Bozorni biznes nuqtayi nazaridan o'rganish o'z oldiga kompaniyalar, firma (korxona) tovarlarini samarali sotish imkonini, uning kengayishi uchun yangi segmentlar, sifatini yaxshilash, zaxiralar va yangi tovarlar yaratishni, iste'molchilar talabini qondirish va yuqori foyda olishni maqsad qilib qo'yadi. Bu maq- sadni amalga oshirish uchun chuqur biznes tadqiqotlari amalga oshiriladi. Bozorni biznes nuqtayi nazaridan tadqiq qilishning vazifasi, ishlab chiqarish va unda chiqadigan tovarlarning bozor va iste'molchining yuqori talablariga moslashtirishdan iborat. Bu narsa firmaning yuqori rentabelli, raqobatga bardoshli faoliyati asosida amalga oshirish kerak.
O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risidagi, biznes faoliyatilar to‘g‘risidagi, xususiylashtirish va davlat tasaruffidan chiqarish to‘g‘risidagi va boshqa bir qator me’yoriy xujjatlarda ko‘p ukladlilik asoslari belgilanib, ular mulkchilikning barcha shakllarining teng huquqliligini qaror toptirish, mulkdorlarning huquqlarini qat’iy himoyalanishi, xususiy mulkni yanada himoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish va chet el investitsiyalarini jalb etishga qaratilgandir. Tovar-pul munosabatlari rivojlanayotgan va boshqariladigan bozor sharoitida mulkchilikning barcha shakliga mansub biznes faoliyatilarni barpo etish, ular faoliyatining, ularni
qayta tashkil etish va tugatishning umumiy xuquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari mazkur me’yoriy xujjatlarda keng yoritib berilgan. “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunida belgilab qo‘yilgan mulk shakllariga muvofiq quyidagi turdagi biznes faoliyatilarga bo‘linadi:
-O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek ajnabiy fuqarolarning individual (xususiy) mulkiga asoslangan biznes faoliyati;
-jamoa mukiga asoslangan jamoa, oila, maxalla, ishlab chiqarish kooperativlari; kooperativlarga qarashli (https://fayllar.org/1-xviii-xix-the-outset-1-5-rasmlar-jadvali.html), aksiyali jamiyatlarga, mas’uliyatli cheklangan jamiyatlarga, o‘zga xo‘jalik jamiyatlari yoki shirkatlariga qarashli; jamoat tashkilotlarining, diniy tashkilotlarining va jamoa mulkchiligining boshqa shakllariga asoslangan biznes faoliyati;
-davlat mulkiga asoslangan respublika davlat, Qoraqalpog‘iston respublikasi davlat korxonalari, kichik va xususiy, viloyatlararo, viloyat, tumanlararo, tuman, shaxar davlat korxonalari, kichik va xususiy biznes faoliyatlarining boshqa turlari;
-to‘la yoki ulush qo‘shib ishtirok etishga asoslangan (qo‘shma biznes faoliyatilar) respublika mulki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, ajnabiy xuquqiy shaxslar, firmalar va davlatlar mulki bo‘lgan biznes faoliyati;
-mulkchilikning aralash shakllariga asoslangan biznes faoliyati.
Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, biznes faoliyati ishlovchilar soniga qarab kichik biznes faoliyatilar jumlasiga kiritilgan, bunday biznes faoliyatilarni barpo etish va ular faoliyatining o‘ziga xos jixatlari, maqomi, ularni ro‘yxatga olish shartlari (https://fayllar.org/togonsiz-suv-olish-qollanishi-shartlari.html), shuningdek biznes faoliyatilarni bu turga kiritish tartibi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar mahkamasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tartibga solinadi.
Kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, uni rivojlantirishning xuquqiy asoslari, shuningdek rag‘batlantirish yo‘llari “O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida” (1991 yil 15 fevral) va “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi (2005 yil 21 sentyabr) Farmonlarda o‘z aksini topdi. Mazkur qonunlar tadbirkorlikning iqtisodiy va xuquqiy mustaqilligiga kafolat beradi, ularning huquq va ma’suliyatini aniqlaydi, tadbirkorlarning boshqa biznes faoliyatilari davlat boshqaruvi idoralari bilan munosabatlarini tartibga soladi.
Bundan tashqari, fuqarolarning tadbirkorlik qobiliyatini butun choralar bilan ishga solish, ularning ishbilarmonligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirishning xuquqiy kafolatlrini belgilash asosida bozor munosabatlarini jadallashtirishga qaratilgandir. Tadbirkorlik to‘g‘risidagi me’yoriy xujjatlar mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllarini erkin tanlash, bu shakllarning tenghuquqlilik asosida amal qilishi, o‘zaro hamkorlik va erkin raqobatlashuv ta’minlanadigan sharoitlarning yaratilishiga kumaklashadi. Tadbirkorlikning o‘zi- uning faoliyatini amalga oshirish asoslari va rivojlantirishning asosiy qoidalari nimalardan iborat?
Tadbirkorlik-mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi asosida, amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishidir.
|