|
d) Biznes tadqiqotlarining yo’nalishlari
|
bet | 8/12 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 84,59 Kb. | | #257988 |
Bog'liq Biznes yuritish yonalishidagi nazariy qarashlar va amaliy tadqiqotlard) Biznes tadqiqotlarining yo’nalishlari
Biznes tadqiqotlarining yo'nalishlari, albatta bozorning rivojlangan darajasi, undagi raqobat intensivligi, tegishli tovarlar va xizmatlar bilan mashg'ul bo'lgan firmalarning katta-kichikligi, biznes axboroti va xabarnoma tizimlarining shakllanish sur'ati va boshqa omillarga bevosita bogʻliq boʻladi. Shu, jihatdan rivojlangan xorijiy davlatlardagi firmalarning biznes tadqiqotlari yo'nalishlari, uyushtirish tartibi va shakllari bizning mamlakatimiz korxona va tashkilotlari uchun o'zgarishsiz qabul qilinishi xususida fikrlash birmuncha noo'rin bo'ladi. Zamonaviy biznes nazariyasining rivoj topishi va amaliy faoliyatda uning hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi, firmalarning biznes tadqiqotlarini uyushtirishda ham sezilarli tarzda o'z aksini topmoqda. Xususan, firmalarning raqobatdorlik quvvati, bozordagi o'rni, lozim strategik maqsadlari, diversifikatsiya sari yo'l tutish taktikasi ko'pgina hollarda tadqiqotlarning yo'nalishi va ko'lamini belgilaydi. F.Kotler firmalarning biznes strategiyalarini 4 ta asosiy turi mavjudligi va tadbirlar bir-biridan farqlanishini ta'kidlaydi. Jumladan firmalarning biznes strategiyalarini quyidagi turlarga boʻlish mumkin.
- peshqadamlikka intiluvchi (bozorda o'rtacha 30% ulushga ega); - -hamqadam intiluvchi (bozorda 20% ulushga ega);
- bozordagi «>ni «bo'shliq»ni egallovchi (bozorda 10% atrofida ulushga ega).
Ushbu strategiyani tanlagan va amalga oshirayotgan firmalarning bozordagi ulushi, kelgusi intilishlari tegishli muammolar bo'yicha biznes tadqiqotlarining yo'nalishlariga, jaddaligiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Masalan, bozorda peshqadam bo'lgan firma bozordagi konyunktura, yangi mahsulotni o'zlashtirish, sotish imkoniyatlarini oshirish, kommunikatsiya va reklama yo'nalishlari tadqiqotlariga ko'proq e'tibor qaratsa, bozordagi «nisha»>ni egallovchi firma xaridorlar istagini
o'rganish, raqobatchilar tovarlarini va narxlarni tahlil qilish bozor chegaralarini kengaytirish borasidagi tadqiqotlarni amalga oshiri bo'ladi. Jumladan, avtomobil bozorining shakllanishi va rifojlanishiga nazar tashlasak, ushbu fikrimizning to'g'ri ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. XX asrning 60-70-yillarida jahon avtomobil bozorida Yaponiya va Janubiy Koreya avtomobillarining nomi hali tilga olingani yo'q edi. Hozirgi paytda esa, ushbu davlatlarda yaratilgan avtomillar AQSH, Olmoniya, Fransiya, Italiya kabi davlat- lardagi mashhur firmalarning tajribasini o'rganish, avtomobillarni tad- qiq qilish asosida rivojlandi. Hozirgi kunda Yaponiyaning Toyota, Nissan, Mittsibushi, Xonda, Janubiy Koreyaning Xunday, Deu kabi kompaniyalari ayrim davlatlar bozorlarida peshqadamlikka erishish strategiyalarini amalga ashirishga harakat qilmoqdalar.
|
| |