|
b) Biznes tadqiqotlarining maqsad va vazifalari
|
bet | 5/12 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 84,59 Kb. | | #257988 |
Bog'liq Biznes yuritish yonalishidagi nazariy qarashlar va amaliy tadqiqotlarb) Biznes tadqiqotlarining maqsad va vazifalari.
Biznes tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishning obyektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi hamda uning maqsadi nihoyatda keng va murakkab masalalari hal qilishga qaratilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun biznes quyidagi muhim vazifalarni hal etmog'i lozim:
-xaridorlar (iste'molchilar) ehtiyojini o'rganish;
-tovarlarga bo'lgan ichki va tashki talablarni o'rganish;
-korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;
-talab va taklif to'g'risidagi olingan ma'lumotlar asosida bozorni o'rganish;
-tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini oshirish;
- tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma'lumotlar to'plash va tahlil qilish;
- tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to'g'risida ma'lumotlar olish;
- to'ldiruvchi tovarlar va o'mini bosuvchi tovarlar to'g'risida axborotlar yig'ish;
- tovarlarga bo'lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir.
Biznes axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotish- ning maqbul darajasini belgilash mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig'ida hisoblab chiqil adi. Biznes maqsadiga erishishda reklama ham muhimdir. Reklamaning vazifasi -mavjud bozor segmentini mustahkamlash, yangi xaridorlarni jalb qilish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Biznes tizimida reklamaning asosiy xususiyati - uzluksiz ta'sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan birga, xaridor psixologiyasi tovar va firma markasiga bog'lanib qolish xususiyati (imidj) ga ham egadir. Sotishni rag'batlantirish- biznesning vazifalaridan biri bo'lib, bozorga chiqarilgan tovarni rejalashtirilgan sotish darajasini ta'minlashga imkon beradi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va foyda olish demakdir. Sotishni rag'batlashtirishning quyidagi faol shakllari mavjud ko'rgazma-savdo, yarmarkalar, maxsus savdo agentlari xizmatidan foydalanish va arzon baholar. Baho tizimi yordamida talab va taklif o'rtasidagi nisbatlar tartibga solinadi. Bu masala hozirgi kunda bizning korxonalar uchun qiyin muammolardan biridir. Biznes tizimida sotish siyosati - bu tovar davriy harakatini tashkil etish jarayonidir. U tovar massasining ishlab chiqaruvchidan to iste'molchigacha bo'lgan harakatining har bir bosqichida qabul qilinadigan qarorlarga ta'sir qilishning aniq tahlilini talab qiladi. Bu holda sotish deganda, ishlab chiqarish bilan savdo orasidagi barcha aloqalar tushuniladi. U ulgrji va chakana savdoni, tashish va saqlashni o'z ichiga oladi. Bizning iqtisodiy sharoitimizda biznesning tovar siyosati kabi vazifasi ham muhim ahamiyatga ega, har tomonlama o'ylab yuritilgan tovar siyosati resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Tovar siyosati har bir ishlab chi- qarilgan mahsulotning aniq iste'molchilar guruhiga mo'ljallangan bo'lishini ta'minlaydi. Ya'ni har qanday tovar aniq iste'mol manziliga ega bo'lishi kerak. Bizning ichki bozorimiz, unga chiqarilgan tovar assortimentining, amalda mavjud bo`lmagan wo'rtacha» deb ataluvchi iste'molchiga mo'ljallanganidan juda ham yutqazadi. Chunki xaridor qiziqishi va didiga qarab taqsimlangan tovarlar tanlash imkonini bermaydi. Biznesli yondashuvda bunday vaziyatlar yo'z berishidan mustasno. Yuqorida sanab o'tilgan biznes harakatlarining barchasidan bir vaqtda foydalanish lozim. Mana shundagina biznesli faoliyat iste'molchidan sanoat korxonalariga va savdoga, ulardan esa qarama-qarshi yo'nalishdagi uzluksiz axborot oqimini ta'minlaydi. Bu esa o'z vaqtida ishlab chiqarishda, tovar assortimentiga, sotish shartlariga, xizmat ko'rsatish sohasiga
o'zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Biznesning sanab o'tilgan maqsadlari va vazifalari bozor faoliyatini tashkil etish to'g'risida. to'liq tushuncha bera olmaydi.
Chunki bozor muammolarini toʻliq hal qilish uchun tayyor retseptning o'zi bo'lishi mumkin emas. Biznesni qo'llashdan oldin avvalombor sharoitni, eng asosiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini hisobga olish lozim. Chunki biznes-murakkab, harakat va sabr toqqat talab qiluvchi, shu bilan birga tez samara beruvchi ishdir. U bir tomondan aholining yetarli darajada yuqori bo'lgan ehtiyoji v talabiga, uning xarid qobiliyatiga, ikkinchi tarafdan tovar va xizmatlarni tanlashdagi erkinlikka javob berish kerak. Bozor harakatining katta radiusini ta'minlash uchun tovar assortimentini tez o'zgartirish, uni ommaviy ravishda o'zlashtirishga javob beradigan bo'lishi lozim. Bularning barchasi talab va taklifni muvozanatlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, biznesli faoliyat yuritish uchun, korxonani boshqarish va rejalashtirish tizimidan, taqsimot, ichki bozordagi va tashqi savdodagi aloqalar, yuqori darajada jihozlangan bozor kanallari orqali realizatsiya qilishdan iborat tashkiliy masalalarni hal qilish zarur.
Bugungi kunda barcha tovar ishlab chiqaruvchilar, iste'molchilar va shu bilan birga boshqa soha xodimlari ham biznes nuqtayi nazaridan fikrlay olishlari va undan samarali foydalanishlari lozim. Qisqacha xulosalar Biznes tadqiqotlarining yalpi biznes faoliyatini tashkil etishda, uni boshqarishda, rejalashtirishda va nazorat etishda muhim ahamiyatga ega bo'lishi - zamonaviy biznes nazariyasining asosiy xususiyatlaridan biri sifatida namoyon bo'l- moqda. Biznes tadqiqotlarinig yuqori darajada tashkil etilishi, ular- ning ko'lami, tahliliy va qayta ishlash jarayonlarida foydalaniladigan uslublar yig'indisi, bevosita korxona va tashkilotlarning biznes strategiyasini belgilashda, amalga oshirishda, dastlabki bosqich, <> hisoblanadi. Iste'mol bozori tobora yangi tovarlar va xizmatlar bilan boyib borayotgan bugungi sharoitida yangi imkoniyatlarni aniqlash va ulardan oqilona foydalanishda biznes tadqiqotlarining ahamiyati kun sayin ortib bormoqda. Biznes tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishning obyektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi hamda uning maqsadi nihoyatda keng va murakkab masalalarni hal qilishga qaratilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Inson biron bir biznesni oldiga maqsad qilib qo’yar ekan albatta eng avvalombor bunga qanday erishish , bu ishdan qanday qilib ko’p miqdorda foyda ko’rish ,bu ishga erishish uchun qancha miqdorda daromad kerakligi haqida o’ylaydi , so’ng esa rejalashtiradi.
|
| |