Biznesni tashkil qilishda axborotlarni tòplash usullari




Download 84,59 Kb.
bet7/12
Sana30.05.2024
Hajmi84,59 Kb.
#257988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Biznes yuritish yonalishidagi nazariy qarashlar va amaliy tadqiqotlar

Biznesni tashkil qilishda axborotlarni tòplash usullari
Ma'lumotlarni yig'ish odatda o'qitilgan, o'rgatilgan dala tadqiqotlarini o'tkazuvchi intervuchilar tomonidan amalga oshiriladi. 1910-yildan boshlab o'tkazilgan eng oddiy biznes axborot yig'ish usullari qo'llanilgan. Iste'molchilarni do'konlarda, kassalar oldida so'roqqa tutib tovar, uning narxi, sifati haqidagi oddiy savollar bilan ulaming fikri aniqlanar edi. Hozirda savolnomalar juda keng miqyos- dagi savollari o'z ichiga olib, ular natijalari kompyuter dasturlari yordamida ishlanib qisqa vaqt ichida xulosalar chiqarishga imkon yaratadi. So'rovnomalar o'tkazishda so'rovga tutishning taktikasiga alohida e'tibor qaratiladi. So'rovga tutiladigan xaridor yoki iste'mol- chilarni segmentlarga bo'lib, ya'ni faoliyat turiga qarab guruhlarga bo'lish, millatiga, jinsi, yoshi va boshqa ko'rsatkichlariga qarab savollarni va anketa so'rov jarayonini o'tkazish yaxshi samara beradi. So'rovnomalarni tarqatish va natijalarni yig'ishda quyidagilarga rioya qilinsa yaxshi natija beradi.

Tadbirni tayyorlash (axborot hajmini aniqlash, oldindan tadqiq qi- lish, so'roq rejasini tuzish). So'roq anketasini tayyorlash (test savol- larni to'zish, testlarni tarqatib ko'zatuv o'tkazish) So'rovnoma o'tka- zish usulinitanlash (ommaviy yoki tanlanma guruhlar ichida so'rov- noma o'tkazish, qaysi iste'molchilar guruhida so'rovnomani o'tka- zish).


Kuzatuv va tekshiruv usullarini amalga oshirishning asosiy vositasi bo'lib anketa (savolnoma) oʻtkazish va mexanik qurilmalar, masa- lan, odamlar sonini hisoblagichlari, kino, videokameralar hisoblanadi. Savolnoma biron-bir ma'lumot olish uchun yaratilgan so'rov varaqasidir. Savolnoma odatda uch qismdan: kirish, rekvizit qismi va asosiy qismdan iborat bo'ladi.
Kirish qismining asosiy vazifasi so'ralayotganlarni so'rovda ishtirok etishga ko'ndirishdir. Unda olib borilayotgan so'rovning maqsadi va so'ralayotgan shaxs, so'rovda ishtirok etib qanday foyda olishi ko'rsatilishi lozim. Rekvizit qismida so'ralayotgan shaxsga tegishli axborot: yoshi, jinsi, kasbi, oilaviy holati va h.k. keltiriladi. Asosiy qismidagi savollarning mazmuni tadqiqotchilar qo'yilgan
savollarga olingan javoblar natijasida aynan nimalarni bilishni istayotganligiga bog'liq. Quyidagi savol turlarini ajratib ko'rsatish mumkin. Ochiq savol so'ralayotganga o'z so'zlari bilan javob berish, o'zini erkin tutishi imkonini beradi.. Yashirin savol barcha mumkin bo'lgan barcha javob vari- antlarini o'z ichiga oladi, so'ralayotgan ulardan birini tanlab oladi.
Axborot pochta yoki intervyu olish yo'li bilan ham to'planishi mumkin. Birlamchi axborotlarning keng tarqalgan usullari bu savol- nomalar tarqatib iste'molchilarning tovar va xizmat turlari haqidagi fikrini bilish, kuzatuv ma'lumotlari, tajriba va laboratoriya kuzatuv- laridir. Savolnomalar orqali so'roq va intervyu olish juda keng tar- qalgan. Bu usullar bilan birlamchi axborotlarni to'plash qimmatga tushadi. Shuning uchun bunday axborotlarni yirik firma, korporat- siyalar, kompaniyalar o'z faoliyatlarini strategik rejalarini tuzish maqsadida o'tkazadilar.Shuni ta'kidlash joizki, biznes tadqiqotlari juda ko'p vaqt va sarf-xarajat talab etuvchi jarayon bo'lib, hozirda firmalar raqobatbardosh bo'lishini ta'minlash uchun, bozor ulushini egallash uchun, tashqi bozorlarni o'rganish orqali eksport faoliyatini rivoj- lantirish uchun, tadqiqotlar o'tkazishga qiziqadilar. Samarali o'tka- zilgan tadqiqotlar natijasi, albatta o'z foydasini beradi va tez orada xarajatlar qoplanadi. Birlamchi axborot ochiq dala biznes tadqiqotlari, deb nomlangan kuzatuv, tekshiruv, tajriba va imitatsiya yo'li bilan olinadi. Kuzatuv tanlab olingan insonlar guruhi xatti-harakatini, turli vaziyatlarda ularning amallarini yozib borish orqali

birlamchi axborotlarni yig'ish hisoblanadi, masalan, xaridorlarning do'kondagi xatti-harakatlari.


Kuzatuv usuli ham boshqa biznes usullari kabi ko'pincha qo'llaniladi. Kuzatuv o'rganilayotgan obyektni ochiq yoki yopiq tarzda kuzatish, o'rganishdan iborat. Masalan, xaridorni sotib olish xulq-atvorini kuzatish,sotuvchini sotish jarayonini, iste'molchini tovarga jalb qilish jarayonini kuzatish va shu kabilar kuzatuv obyekti bo'lishi mumkin.
Dala kuzatuvlari va laboratoriya kuzatuvlari ham o'tkaziladi. Sotsiologiya va psixologiyada o'tkaziladigan kuzatuv usullari biznes tadqiqotlarida ham qo'llaniladi. Masalan, talabalar guruhida kompyu- terga bo'lgan ehtiyojni aniqlash maqsadida kuzatuv o'tkazish, kompyuter ishlab chiqaruvchi firma uchun qanday kompyuterlarni, qanday narxlarda, qanday dasturlar asosida ishlab chiqarishga asos bo'ladi. Kuzatuv predmeti bo'lib individiumlarning xususiyatlari va xatti-harakatlari (xaridor, o'quvchi, sotuvchi), jarayonlar (xaridorlar oqimini o'rganish, turli asbob-uskunalarning qoʻllanilishini kouzatish) hisoblanadi.
Kuzatuv quyidagi jarayonlarda qo'llaniladi; - tovar sotib olishda xaridorning xulq-atvori;
o'zar omuloqotdagi lahzali vaziyatlar;-psixologik holatlarning fiziologik o'lchovlari;
-o'quvchining xatti-harakati; -xaridorning xatti-harakati;
-qoniqish samarasi;
Tekshiruv odamlardan ularning bilim darajasiga, mahsulotga bo'lgan munosabati, nimani ko'proq afzal ko'rishi va xaridorlik xatti- harakatlariga asoslanibto'g'ridan-to'g'ri so'rov yo'li bilan birlamchi axborot yig'ish. Tajriba bir yoki bir necha omilning o'zgarishini kuzatish va o'lchash, qolganlarini esa o'zgarishsiz qoldirish imkonini beradi (masalan, yangi o'ram tovarni sotish hajmini oshirish imkonini beradi).
Imitatsiya turli biznes omillarini haqiqiy real sharoitda emas, balki qog'ozda yoki EHM xotirasida shakllantirish va baho berish imkonini beruvchi iqtisodiy-matematik modellar to'zish va unday foydalanishni ko'zda tutadi. Kompyuterlashgan dastur-savolnomalar mavjud bo'lib, ular iste'molchilarga supermarketda "aylanib yurish" va xarid uchun tovarlar tanlash imkonini beradi. Kompyuter ular xaridini

qayd qiladi va ularning narxlar, o'ram rangi va shaklining o'zgarishiga javobini o'rganadi.


- Birlamchi ma'lumotlar qator afzalliklarga ega: axborot tadqiq etilayotgan muammoga mos ravishda to'planadi, eng yangi hisoblanadi va avvaldan berilgan batafsillik darajasiga ega;
agar istalsa tòplangan ma'lumotlarning ishonchlilik darajasi miqdoran aniqlanishi mumkin.

Download 84,59 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 84,59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biznesni tashkil qilishda axborotlarni tòplash usullari

Download 84,59 Kb.