c) Biznes tadqiqotlarini o’tkazishda axborotning mohiyati.
Biznes tadqiqoti ishlari barcha tashkilot va korxonalar faoliyatida keng o'rin egallab bormoqda. Bozor xususidagi axborot yoki xabarlarga suyanish, ulardan kerakli vaziyatlarda foydalanish, tabiiyki, zaruriy shartdir. Lekin, firma va tashkilotlarning maqsadli bozor, xaridor sari intilishlarini amalga oshirishda muayyan yo'na lishga va maqsadga boʻlgan biznes tadqiqotlari muhim o'rin egal- laydi. Bu o'rinda mashhur <Albatta har biznes tadqiqoti tegishli sarf-xarajatlarni talab etadi. Asosan yirik firmalar o'z tarkibiy to'zilmalari, sho'ba tashkilotlari miqyosida biznes tadqiqotlarini o'tkazadilar. Lekin barcha sohalar bo'yicha tadqiqotlarni o'tkazishga imkoniyat va muayyan zaruratlar doimiy bo'lmaganligi hamda xodimlarni butun yil davomida ishda band qilib turish qimmatga tushish sababli, ayrim muammolarni ixtisoslashgan biznes markazlariga, institutlariga topshiradilar va davriy tarzda axborot olib turadilar. AQSHda eng yirik va mashhur firmalar o'z biznes tadqiqotlarini asosan besh sohada amalga oshiradilar.
Reklamani tashkil etishga oid tadqiqotlar.
2. Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosatiga oid tadqiqotlar.
3. Tashkilotning ichki va tashqi mas'uliyatini baholashga oid
tadqiqotlar.
4. Bozordagi holat tahlili.
5. Sotish va bozor imkoniyatlariga oid tadqiqotlar.
Mavzu jihatdan biznes tadqiqotlari bir-birini to'ldiruvchi bo'lishi bilan birga, bir-biridan tahlilning chuqurligi tayinli muammo va vazifani hal etishga qaratilganligi bilan farqlanadi. Masalan, sotuv tahlili, bozor tarkibi tahlili, bozor imkoniyatlarini izlanishi, qisqa va o'zoq muddatli bozor bashorati, raqobatchilar mahsulotlari tahlili, yangi mahsulotning sotuv hajmini aniqlash, sotuv shaxobchalarini izlash, narx siyosati tahlili, reklama vositalari tahlili va hk. Ushbu mavzudagi biznes tadqiqotlari yil sayin yangi uslublarning qullanishi, axborot ko'lamining qayta ishlanishi, boshqa ko'rsatkichlarning inobatga olinishi, bir necha variantli yechimlar taklif etilishi bilan boyib bormoqda. Xususan, ushbu mavzular bo'yicha sunggi paytlarda ishlab chiqarilga umumiy va maxsus kompyuter dasturlarini misol qilib keltirish mumkin.
Umuman olganda, biznes dasturi va tadqiqotlarida ishlatilayotgan korxona faoliyatiga ta'sir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarga quyidagilar kiradi:
- demografik, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy tendensiyalar;
- aholi va korxonalarning daromadi, xarajati, iste'mol jamg'ar- malarining tarkibi:
baholarning umumiy dinamikasi, tashqi savdo;
- soliqlar tizimi;
- raqobatchilar faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlar ham ana shunday axborotlar jumlasiga kiradi.
|