|
Biznesni tashkil etishning xususiyatlari va ularning mazmuni
|
bet | 3/12 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 84,59 Kb. | | #257988 |
Bog'liq Biznes yuritish yonalishidagi nazariy qarashlar va amaliy tadqiqotlarBiznesni tashkil etishning xususiyatlari va ularning mazmuni.
Biznes faoliyatini amalga oshirish uchun biznes sub’ekti biznes tashkilotlari(shirkatlarini) tuzadi. Biznes tashkilotlarini (shirkatlarini) tuzish, ularning faoliyatini ko‘rsatishi, ularni qayta tashkil etish va tugatishning umumiy xuquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasidagi Biznes faoliyatilar to‘g‘risida”gi qonuni bilan tartibga solinadi.
Tadbirkorlik, biznes faoliyatilarini barpo etish va uni ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Biznes faoliyatini barpo etishning umumiy shart-sharoitlari:
a)biznes faoliyati mol-mulk egasi yoki u vakil qilgan idora, tashkilot qaroriga muvofiq, yo bo‘lmasa ta’sis etuvchilar guruhi va ayrim ta’sis etuvchi shaxslar qarori bilan ushbu hamda O‘zbekiston Respublikasi boshqa qonun xujjatlarida kuzda tutilgan tartibda barpo etiladi;
b)biznesda ishlab turgan biznes faoliyatilar tarkibidan bitta yoki bir nechta tarkibiy bo‘linmaning shu bo‘linma mexnat jamoasi tashabbusi bilan
ajralib chiqishi natijasida, agar bunday ajralib chiqish uchun biznes faoliyati mol-mulk egasining (u vakil qilgan idora, biznes faoliyati va tashkilotning) roziligi bo‘lsa va biznes faoliyati ilgari o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarning bajarilishi ta’minlansa tuziladi;
v) biznes faoliyatini barpo etish va uning faoliyati uchun er uchastkasi, boshqa tabiat resurslari talab qilinadigan xollarda ulardan foydalanishga ruxsatnomani
hokimiyat idorasi, tegishli qonun xujjatlarida kuzda tutilgan xollarda esa ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda tabiatdan foydalanuvchi tegishli boshlangich tashkilot tomonidan ham beriladi. Er uchastkasi va boshqa tabiat resurslarini berish rad etilganida O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlarida kuzda tutilgan tartibda shikoyat qilinishi mumkin;
g) biznes faoliyati davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab barpo etilgan deb hisoblanadi va xuquqiy shaxs huquqini oladi.
|
| |