FTAI
Jild: 03 | Nashr: 09 | Nov 2022
“BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri http://bilig.academiascience.org
114
Hikoyani o‗rgatishning metodik shartlari
Boshlang„Ich Sinflarning Sinfdan Tashqari O„Qish Darslarida Garchi Ilmiy Jihatdan
Bo„Lmasa-Da, Amaliy Jihatdan Turli Janrga Mansub Asarlar O„Qib O„Rganiladi. Sto„
Darsliklariga, Asosan, Hikoya, She‟r, Ertak, Masal, Maqol, Doston, Rivoyat Va Topishmoq
Kabi Janrdagi Asarlar Kiritilgan. Bulardan Tashqari,
Ilmiy-Ommabop Asarlar Ham
O„Qitiladi.
Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o„ziga xos xususiyatlarga ega bo„lib,
ularning o„quvchilarga ta‟siri ham har xil bo„ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni
lingvistik jihatdan ham o„ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she‟riy asarlar matni hikoya
matnidan, ertak matni she‟r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli
asarlar matnidan tubdan farq qiladi.
Topishmoqlar predmet, voqea-hodisalar o„rtasidagi
o„xshashlikni taqqoslash orqali o„zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida
sharhlashni taqozo etadi. Shunga ko„ra, turli janrdagi badiiy
Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo„lib, unda kishi hayotidagi ma‟lum bir voqea, hayotning
muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi.
«Hikoya ko„pincha kishi hayotida bo„lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmunini
ertakdagidan ortiqroq hayotiydir»
1
.
Hikoya mazmunan boshlang„ich sinf o„quvchilari uchun mos janr hisoblanadi.
Kichik
yoshdagi o„quvchilarni qahramonlarning xatti-harakati, tashqi ko„rinishi, portret tasviri,
voqea-hodisalari haqidagi hikoyalar ko„proq qiziqtiradi. SHuning
uchun bolalarni badiiy
asar turi bo„lgan hikoya bilan tanishtirish uning syujetini tushuntirishga bog„lab olib
boriladi.
Hikoyani o„qishga bag„ishlangan izohli o„qish darslarida o„qilgan hikoya mazmunini
ochish, lug„at ustida ishlash, o„qilgan matnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan
hisoblanadi. Hikoya mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So„roqlardan ikki
maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda dalillar,
mulohazalar, xulosalarni
taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o„rtasidagi bog„lanishlarni
aniqlash va
umumlashtirish uchun foydalaniladi.
Hikoyani o„qish darsida o„quvchilar tushunmaydigan so„z va iboralar ma‟nosini tushuntirish
ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar.
Hikoyani o„qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o„quvchilar nutqini o„stirish
markaziy o„rin egallaydi. Hikoya o„qib bo„lingach, o„quvchilar o„ylashi, o„z mulohazalarini
aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak. O„qilgan asar yuzasidan beriladigan
dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmaganligi,
undagi qaysi
qahramonning xarakteri bolaga ta‟sir etganini bilishdan iborat. SHundan keyingina hikoya
syujeti, voqeaning yo„nalishini ochishga, personajlar
xarakterini tushunishga, nihoyat,
asarning asosiy g„oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi.
Badiiy asarni tahlil qilishda syujetni to„liq tushuntirishga berilib ketib, qahramonlarga tavsif
berish, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari e‟tibordan chetda qolmasligi lozim.
Ertak janriga xos matnlar jozibadorligi bilan bolani o„ziga tortadi. Lekin, hikoya janri ham
hayotiyligi bilan o„ziga xos. Hikoyada voqealar tez rivojlanib boradi. Unda inson hayoti, u
bilan bog„liq hayotiy lavhalar bayon etiladi. O„quvchilar qahramonlarning xarakteri,