|
Jild: 03 | Nashr: 09 | Nov 2022Bog'liq admin, 112-119 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI O‘QISH MASHG‘ULOTLARIDA SHEVAGAJild: 03 | Nashr: 09 | Nov 2022
“BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri http://bilig.academiascience.org
116
4-sinf o‗qish darsliklaridagi sinfdan tashqari o‗qish mashg‗ulotlarida qo‗llash
jarayonini ko‗rib o‗tamiz
4-sinf o„qish darsliklaridagi sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlarida PIRLS tadqiqoti
uchun adabiy kitobxonlik malakasini egallash bo„yicha uslubiy tavsiyalar berish maqsadida
4-sinf o„qish darsida STO„ kitobidan G‟ofur G‟ulomning “Shum bola” hikoyasi uchun
topshiriqlar tayyorlash va bu topshiriqlarning maqsad va vazifalari, ular ustida ishlash
texnologiyasini ko„rib chiqamiz va bu yerda namunaviy javoblari ham keltirilmoqda.
Topshiriqlar
1-topshiriq: ―Shum bola‖ deganda qanday bolalarni tasavvur qilasiz izohlang.
Javob: Bu jumla o„zbek xalq iborasidir. Bu keng ma‟noni qamrab oladi, o‟z ishiga pishiq,
puxta vaziyatdan chiqib keta oladigan bola.
Maqsad: Ushbu topshiriq o„quvchilarda o„zbek iboralarining mazmuni bilan kengroq
tanishib borishlariga, lug„at boyliklarini oshirishga xizmat qiladi.
2-topshiriq: Hikoyaning qisqacha mazmunini yozing.
Javob: hikoyaning mazmunini qisqacha yozing
Maqsad: Hikoyani qayta so„zlash orqali o„quvchilar har bir gapni to„g„ri analiz qilishga
o„rganishadi, bayon yozish kompetensiyasi shakllanib boradi.
3-topshiriq: Matndagi bolakayga ta‘rif bering.
Javob: Tinib-tinchimas vaziyatdan chiqib keta oladigan va o„z yaqinlarini qadrlamaydigan
bola.
Maqsad: Asar qahramonlariga ta‟rif berish orqali insonlarni o„rganib, insonlardagi salbiy
va ijobiy xislatlarni taqqoslash va farqlashga o„ganishadi.
4-topshiriq: Bolaning oila a‘zolarini hurmat qilmasdan to‗g‗ri ish qildimi?
Fikringizga 3 ta isbot keltiring.
Javob:
1. Yo„q, chunki oila muqaddas dargohdir.
2. Ota-onamiz bizni kichikligimizdan oq yuvib, oq tarab, katta qilishadi.
3. Biz ham ota-onamizga munosib farzand bo„lib ularni hayotligida qadrlashimiz zarur.
Maqsad:O„quvchilarni aniq va asosli gapirishga o„rgatish bilan birga kelajakda maqsadli
yashashga o„rgatadi.
|
| |