FTAI
Jild: 03 | Nashr: 09 | Nov 2022
“BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri http://bilig.academiascience.org
113
tahsil oluvchi o‗quvchi yoshlarning matnni o‗qish va tushunish darajalari sifatini
baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. Ushbu sinov turi har 5 yilda bir marta
o„tkazishga mo„ljallangan bo„lib, uning oxirgi 2016-yilgi tadqiqotlari natijalariga ko„ra
Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda.[14 ]
Ta‟lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi butun dunyo bo„ylab ta‟limni baholash,
tushunish va yaxshilash bo„yicha ish olib boradigan milliy tadqiqot institutlari,
tadqiqot
agentliklari, olimlar va tahlilchilarning xalqaro hamkoridir. Mazkur notijorat va mustaqil
tashkilot tarmog„ida 60 dan ziyod mamlakatlar hamda 100 dan ortiq ta‟lim muassasalari
ishtirok etmoqda. 1958-yildan buyon IEA o„quvchilarning matematika, tabiiy fanlar hamda
o„qish salohiyati bo„yicha savodxonliklarini baholash jarayonida ta‟lim
tizimidagi
kamchiliklarni bartaraf etish bo„yicha chora-tadbirlar hamda maqbul tavsiyalar yaratishi
bilan boshqa xalqaro tashkilotlardan ajralib turadi.
25-yanvardagi uchrashuvda PIRLS dasturining 2021-yil uchun mo„ljallangan tadqiqotlarida
O„zbekistonning ishtirok etishi tashabbusi IEA tashkiloti tomonidan katta olqishlar bilan
qarshi olindi va tashkilot tomonidan barcha kerakli yordam
va tavsiyalar berilishi
ta‟kidlandi. Shuningdek, yig„ilishda PIRLS-2021 tadqiqotlarida ishtirok etish bilan bog„liq
tashkiliy masalalar, ya‟ni ishtirok etish shartlari, tadqiqotlarni amalga oshirish bosqichlari,
tadqiqotlarning samarali tashkil etishiga qaratilgan yo„riqnomalar va boshqa ko„plab
vazifalar atroflicha muhokama qilindi.
Ko„pchilik davlatlarda bolalar 6 yoshdan maktabda o„qishni boshlashadi. Ammo
Angliya va Yangi Zelandiyada ta‟lim 5 yoshdan boshlanadi. Shuning uchun, loyihada 4-
sinfdan emas 5-sinfdan o„quvchilar ishtirok etishadi. O„qish
va matnni tushunish sifati
tekshiriladigan o„quvchilarning yoshi 10,5 yoshni tashkil etadi. Sharq mamlakatlarida
bolalar 7 yoshdan o„qishni boshlagani uchun ulardan 10,7-10,9 yoshdagi o„quvchilar
tadqiqotda ishtirok etishadi. [13]
Boshlang„ich sinf o„quvchilarining o„qish savodxonligi va matnlar bilan to„liq ishlash uchun
zarur bo„lgan o„qish qobiliyatlarini shakllantirishdir muhim omil sanaladi.
Bu uchun
o„qituvchi dars jarayoniga tayyor holatda kelishi ma‟lumotlarni topish va tarqatish,
matnning ma‟lum qismi bo„yicha xulosalar chiqarish, asosiy
belgilarning harakatlarini
sharhlash, matn namunalari va matn tuzilishini dastlabki tahlil qilish bilan tasdiqlash zarur
bo„ladi.
PIRLS tadqiqotlarida darsda o„quvchilar tomonidan eng ko„p qo„llaniladigan o„qishning
quyidagi ikki turi o„rganiladi:
1. Adabiy kitobxonlik malakasini egallash maqsadidagi o„qish.
2. Mazmunni tushunish va amalda foydalanish maqsadidagi o„qish.
O„quvchilarga ikki xil topshiriq beriladi:
1. Adabiy o„qish tajribasini o„rganish;
2. Axborotni ishlab chiqish va undan foydalanish.
PIRLS o„rganish monitoringi bo„lganligi va uning asosiy vazifalaridan biri o„qish sifati
dinamikasini o„rganish bo„lganligi sababli, o„qish uchun zarur shart bu har bir qismda
matnlar va ularga berilgan topshiriqlarning bir qismini qayta ishlatishdir.[7]