|
Jild: 03 | Nashr: 09 | Nov 2022Bog'liq admin, 112-119 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI O‘QISH MASHG‘ULOTLARIDA SHEVAGAJild: 03 | Nashr: 09 | Nov 2022
“BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri http://bilig.academiascience.org
115
ulardagi xususiyatlar bilan qiziqadilar. Masalan, 3-sinf «O„qish kitobi»dagi «Dadam
qurgan dengiz» (Hakim Nazir), «Olma» (Malik Murodov), «Ilmli ming yashar» (Nurmat
Maqsudiy), «Xazonchinak» (O„. Hoshimov), «Qo‘shterak» (A. Irisov) va boshqa qiziqarli
hikoyalar berilgan. Ular mavzu jihatdan xilma-xil bo„lib, qahramonlarining xarakter-
xususiyatlari bilan ham farq qiladi.
Hikoya biror bir davr bilan bog„liq bo„ladi. O„quvchilar qahramonlarning ma‟naviyatiga
bo„lgan qiziqishlari tufayli hayotning nurli va qorong„i tomonlari xususida muayyan
tushunchaga ega bo„la boshlaydilar. Ularda go„zallik va nafosatga muhabbat, yovuzlikka
nisbatan nafrat tuyg„usi hikoyalar bilan tanishish va uni tahlil qilish davomida shakllanib
boradi. Masalan, 3-sinfda «Jaloliddin Manguberdi» hikoyasida CHingizxon va uning
qo„shinlariga nisbatan nafrat uyg„otilsa, Jaloliddin Manguberdining xatti-harakati orqali
ona-Vatanga mehr-muhabbat uyg„otiladi, uning taqdiri orqali o„z ajdodlaridan faxrlanish
tuyg„usi paydo bo„ladi.
Hikoya tahlili adabiy tur sifatida o„ziga xos xususiyatlari va vazifasidan kelib chiqib ish
ko„rishni taqozo etadi. Undagi har bir so„z, ibora, gap yozuvchining fikrini ifodalashga
xizmat qiladi.
Hikoya matni uning mazmunini yoki badiiy xususiyatlarini o„rganishdagina emas, tahlilning
ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy o„qish, muammoli usullardan foydalanish uchun ham
manba bo„lishi lozim.
hikoya syujeti, kompozitsiyasi, qahramonlarini o„rganish bo„yicha turli tahlillar matn ustida
ishlash asosida olib boriladi. Bunda o„quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash
doirasi kengayadi.
Hikoyani o‗rgatishning metodik shartlari quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Matn mazmuni yuzasidan o„qituvchi savollariga javob berish.
2. Hikoya matni asosidagi savol-topshiriqlarni bajarish.
3. Hikoya mazmuni yuzasidan o„quvchilarning savollar tuzishi.
4. Hikoya mazmuniga mos rasmlar chizish.
5. Hikoya matnini qismlarga bo„lish.
6. Har bir qismga sarlavha topish.
7. Hikoyaga reja tuzish.
8. Reja asosida qayta hikoyalash (to„liq, qisqartirib va ijodiy qayta hikoyalash).
9. Reja asosida bayon yozish.
Tahlilda o„qilayotgan hikoya matnining tushunarliligi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Tushunarlilik deganda yozuvchi yaratgan badiiy olamning o„ziga xosligi, obrazli tasvirning
o„quvchi hayotiy tajribasi, bilim darajasiga muvofiqligi nazarda tutiladi.Hikoyani
o„rganishda savollarni, odatda, o„qituvchi beradi, ammo asar mazmuni, qatnashuvchi
shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o„quvchilarga ham savol tuzdirish juda foydali.
Bu usul bolalarga juda yoqadi va ishni jonlantiradi, asar mazmunini yaxshi tushunish, o„z
fikrini izchil bayon qilish malakasini egallash, mazmun va voqealar orasidagi bog„lanishni
to„liq esda saqlab qolishda o„quvchilarga yordam beradi.
|
| |