OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi
“TASDIQLAYMAN”
GulDU O’I prorektori
t.f.d. N.Barakaev
________________
«___» ________2017 y.
RIVOJLANISH PSIXOLOGIYASI. PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA
(1-kurs uchun)
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar
Ta`lim sohasi: 110000 – Pedagogika
Ta`lim yo‘nalishi: 5110900 – Pedagogika va psixologiya
ishchi o’quv dasturi
Umumiy o’quv soati -129
Shu jumladan:
Ma’ruza - 36
Amaliyot mashg’ulotlari - 20
Seminar - 20
Mustaqil ta’lim soati - 53
GULISTON – 2017 y.
Fan dastur Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta`limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2017_-yil 24. 08. dagi “ ” –sonli bayonnomasi bilan ma`qullangan.
Namunaviy o’quv dasturi va o’quv rejasiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi: P.f.n. M. Xolnazarova. _______________ (imzo)
Taqrizchi: prof. Z.Nishanova _______________ (imzo)
Fanning ishchi o’quv dasturi 24 avgustdagi 1- sonli majlisida ko’rib chiqilib, fakultet Ilmiy-uslubiy Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya qilindi.
Kafedra mudiri: M. Xolnazarova.
Fanning ishchi o’quv dasturi “Pedagogika” fakulteti Ilmiy-uslubiy Kengashining 2017 yil 25 avgustdagi 1 - sonli majlisida tasdiqlandi.
Fakultet Ilmiy-uslubiy
Kengashi raisi: R.Ergashev.
I.O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Mazkur fan shaxs shakllanishining psixologik qonuniyatlarini, turli yosh davrlarida ta’lim-tarbiya berishning psixologik tamoyillarini hamda o‘qituvchi shaxsining psixologik xususiyatlariga doir nazariy va amaliy bilimlarni qamrab oladi. Ayniqsa, shaxs ta’lim va tarbiyasiga doir psixologik bilimlarni bilishi va amal qilishga nisbatan ongli munosabatni qaror toptirish hamda yetuklik va keksalik davridagi shaxs taraqqiyotiga doir qarashlarning mohiya tini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 1-2 kurslarda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya fani gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar turkumiga kiradi va barcha pedagogik bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ham o‘qitiladi. Mazkur fan boshqa psixologik fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o‘z rivojlanishida aniq yo‘nalishidagi psixologik fanlar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
|