|
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
|
bet | 75/81 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #259249 |
Bog'liq portal.guldu.uz-R I V O J L A N I S H P S I X O L O G IY A S I V A P E D A G O G I K - P S I X O L O G I Y AII. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o‘qitishdan maqsad- talabalarga shaxs rivojlanishning turli davrlarida yuzaga keladigan psixologik, fiziologik o‘zgarishlar, qonuniyatlar hamda yoshga bog‘liq holda ta’lim va tarbiyani tashkil qilishning psixologik mexanizmlari borasida bilimlarni hosil qilish va amaliyotga tatbiq qilish ko‘nikmasini tarkib toptirishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar psixologik hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarni bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talabalar qo‘yiladi. Talaba:
-rivojlanish psixologiyasi, pedagogik psixologiya, shaxs rivojlanishining psixologik qonuniyatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
-rivojlanish psixologiyasining asosiy muammolari, shaxs rivojlanishining turli davrlaridagi psixologik o‘zgarishlar, qonuniyatlar, mexanizmlar, tamoyillarni, ta’lim-tarbiyani tashkil qilishning xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
-talaba shaxs rivojlanishi borasidagi psixologik hodisa va jarayonlarni tahlil qilish usullarini qo‘llash, shaxs kamoloti borasidagi muammolar bo‘yicha yechimlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
2.1. Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya fani umumiy kasbiy fan hisoblanib, 2-semestrda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan gumanitar va ijtimoiy- iqtisodiy, matematika va tabiiy- ilmiy, umumkasbiy, ihtisoslik fanlaridan etarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlikni talab etadi.
Fanni o’qitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan
foydalanish
Talabalarning fanni o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanning o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar, ta’lim vositalari jadvallardan foydalaniladi.
Dasturda berilgan mavzular, ma’ruza, seminar shaklda olib boriladi. Shuningdek, fanning dolzarb masalalari, mustaqil ish sifatida talabalarga o’zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagogik texnologiyaning “Bumerang”, FSMU, Klaster, Insert, Aqliy hujum, Ajurli arra, suhbat, ma’ruza hikoya, ko’rgazmalilik, an’anaviy, halq pedagogikasi va boshqa interfaol usullaridan hamda taqdimotlardan foydalaniladi.
“Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya” fanidan ajratilgan soatlarning taqsimoti
|
| |