• Coreldraw 15 muharririning ishchi oynasi elementlari.
  • Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi




    Download 10,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/134
    Sana23.11.2023
    Hajmi10,51 Mb.
    #103795
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   134
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-kompyuter Grafikasi

      
     
     
     
    Mavzu № CorelDraw dasturning ishchi muhiti.  
    Reja:  
    1. 
    Coreldraw 15 dasturining ishchi muhiti.
    2. 
    CorelDraw grafik muxarriri 
    interfeysi
    .
    Coreldraw 15 muharririning ishchi oynasi elementlari.  
    Kodlashtirishning vektorli usulida geometrik shakllar, egri va to‘g‘ri chiziqlar, 
    aylana, kvadrat, ellips, qism tasvirlar kompyuter xotirasida matematik formula kabi 


    30 
    geometrik abstraksiyalar ko‘rinishda saqlanadi. Masalan, aylana shaklini kodlashtirish 
    uchun, u alohida piksellar ko‘rinishida bo‘lishi shart emas. Uning radiusi, markaziy 
    nuqta koordinatalari va rangining xotirada saqlanishi yetarli bo‘ladi. To‘rtburchak 
    uchun esa uning tomonlari uzunligi, joylashuv o‘rni va rangini xotirada saqlash lozim. 
    Matematik formulalar yordamida turli xildagi shakllarni izohlash mumkin. Murakkab 
    shakllarni chizishda bir nechta oddiy shakllardan foydalaniladi. Masalan, burchaklari 
    yoysimon bo‘lgan to‘rtburchak shaklni qora rangda bo‘yaymiz, unga uchta oqdagi 
    to‘rtburchak va birta qora rangdagi to‘rtburchak shaklni qo‘shib uch dyumli disketa 
    rasmini hosil qilish mumkin.
    Bir necha qismdan iborat vektor tasvir.
    Vektor formatdagi barcha ko‘rinishlar bir necha qismlardan iborat bo‘lib, ularni 
    bir-biriga bog‘liqsiz holda o‘zgartirish mumkin. Ushbu qismlar ob`ekt deb nomlanib
    bir necha ob`ektlar yordamida yangi ob`ekt yaratiladi. Buning natijasida ob`ektlar 
    yanada murakkab ko‘rinishga ega bo‘lish holati kuzatiladi. Har bir ob`ektda ularning 
    kattaligi, egriligi va joylashuv o‘rnining qiymatlari orqali beriladi. Shu sababli, tasvir 
    ko‘rinishlarini oddiy matematik amallar yordamida o‘zgartirish imkoniyati yaratiladi. 
    Vektorli grafikani qo‘llaganda, ob`ekt hajmining juda ham kichik yoki aksincha, juda 
    ham katta kenglikda bo‘lishi inobatga olinmaydi. Ikki holda ham rasm bilan ishlash bir 
    xil kechadi. Xohlagan paytda tasvir sifatini o‘zgartirmay turib, uni kattalashtirish yoki 
    kichraytirish imkoniyati mavjud. Vektorli usulda kodlashtirishning muhim ahamiyati 
    grafik faylning hajmi rastrli grafiklar fayllari hajmiga nisbatan sezilarli darajada 
    kichikligidir. Biroq, vektorli grafikaning kamchilik tomonlari ham mavjud. Birinchidan, 
    hosil qilinayotgan tasvirning shartliligi, ya`ni tasvirlar formulalar yordamida qurilgann 
    egri chiziqlardan iborat bo‘lganligi sababli, haqiqiy tasvirni hosil qilish juda 
    mushkuldir.
    Shuning uchun vektorli grafikani tasvirlarni kodlashtirishda qo‘llab bo‘lmaydi. Agar 
    tasvirni izohlash lozim bo‘lsa, olingan fayl hajmi rastrli grafika fayli hajmiga nisbatan 
    ancha katta bo‘ladi. Vektorli grafika fayllarini qurishga bag‘ishlangan dasturiy vosita 
    sifatida juda keng tarqalgan CorelDRAW dasturini keltiramiz.
    CorelDRAW 15 dasturining ishchi oynasi boshqa grafik muharrirlar oynasiga 
    o‘xshashdir. CorelDRAW dasturi ishga tushirilganda ekranda dasturning boshlang‘ich 
    muloqot oynasi hosil bo‘ladi. Bu rejimni oldindan bekor qilish ham mumkin. Buning 
    uchun Show this Welcome Screen at startup (Ishga tushganda oynani ko‘rsatish) 
    satridan bayroqchani olib tashlash orqali amalga oshiriladi.
    Dastlab dastur ishini sozlab chiqish amalarini ko‘rib o‘tamiz. Agar ishchi oyna 
    to‘liq ekranni egallamagan bo‘lsa, dastur sarlavhasida yoyish tugmasini bosing. 
    Natijada ishchi oyna to‘liq ekranda hosil bo‘lib CorelDRAW 15 dasturi bilan ishlash 
    yanada qulaylashadi.
    Yaratilayotgan tasvir aniq ko‘rinishi, boshqariluvchi elementlar ekranda joylanishi 
    uchun ekranning ruxsat etilgan kattaligini 1024x768 nuqtalarda, eng yaxshisi 
    1280x1024 ni qo‘llanilishi tavsiya etiladi.


    31 
    CorelDRAW 15 vektor grafikasi muharririning ishchi oynasidagi asosiy 
    elementlari bilan tanishib chiqamiz
    .
    Windows muhitida ishlovchi boshqa dasturlar kabi 
    oynaning yuqori qismida oyna sarlavhasi va menyusi joylashgan. CorelDRAW 15 
    dasturida o‘z interfeysini o‘zgartirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
    Dasturning ishchi oynasi
    Dastur oynasining markazida varaq rasmi joylashgan, u ishchi soha deb yuritiladi. 
    Ishchi sohada va undan tashqarida tasvir chizish imkoniyati mavjud, biroq chop 
    qilinayotganda faqat ishchi sohada chizilgan tasvir chiqariladi. Ranglarni boshqarish 
    uchun oynaning o‘ng qismida joylashgan ranglar majmuasidan foydalaniladi. Holat 
    satrida esa muharrir bilan ishlashni engillashtiruvchi turli xildagi ma`lumotlar hosil 
    bo‘ladi. Tasvir chizishda qo‘llaniladigan asosiy vositalar uskunalar panelida joylashgan. 
    Unda joylashgan tugmalar muharrirda bajariluvchi amallarni tez bajarilishini 
    ta`minlaydi. Xususan, Property Bar (Xususiyatlar paneli) alohida ajralib turadi. Undagi 
    tugmalar bajarayotgan amallaringizga bog‘liq holda paydo bo‘ladi yoki ko‘rinmaydi. 
    Xohlagan paytda joriy holatga mos bo‘lgan tugmaning xususiyatlarini uskunalar
    panelida topishingiz va ishchi oynaning xohlagan tomonida joylashtirish mumkin. Shu 
    bilan birga menyu satrining ham o‘rnini o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Uskunalar 
    panelining bo‘sh qismida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing, natijada yordamchi 
    menyu (kontekst) paydo bo‘ladi
    .
    Yordamchi oynadagi o‘rnatilgan bayroqcha orqali 
    uskunalar panelida qaysi bo‘limlar joylashtirilganligini ko‘rsatadi.
    Yordamchi menyu
    Foydalanuvchi panelida joylashgan turli xildagi uskunalardan foydalanishi 
    mumkin. Panelidagi uskunalarni birma-bir sichqoncha orqali tanlab, uning Property Bar 


    32 
    (Xususiyat paneli)ga e`tibor bering, ularning ko‘rinishi har bir uskunaga mos ravishda 
    o‘zgaradi. Shu bilan birga holat satridagi ma`lumotlar ko‘rinishi ham o‘zgaradi. 
    Muharrir sozlangandan so‘ng tasvir bilan ishlashingiz va turli xildagi vektor ob`ektlar 
    yaratishingiz mumkin.
      
    Yangi hujjatni yaratish uchun menuning Fayl 
    (File) va Yangi hujjat buyrug‘i (New) yoki 
    instrumentlar panelidagi maxsus tugma bosiladi. 
    Hujjatni ochish uchun, menuning Fayl (File) va 
    Ochish (Open) buyruglari yoki instrumentlar 
    panelidagi maxsus tugmalar yordamida amalga 
    oshiriladi.
    CorelDRAW dasturida bir vaqtning uzida bir nechta 
    hujjatlar bilan ishlash imkoniyatlari bor, shu bilan 
    birga kerak bo‘lmagan hujjatlarni yopib qo‘ysa ham bo‘ladi. Bu esa menuning Fayl 
    Yopish(Close) buyrug‘i erdamida amalga oshiriladi.

    Download 10,51 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   134




    Download 10,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi

    Download 10,51 Mb.
    Pdf ko'rish