Kompyuter grafikasining texnik-dasturiy va informatsion asoslari hamda




Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/134
Sana23.11.2023
Hajmi10,51 Mb.
#103795
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   134
Bog'liq
portal.guldu.uz-kompyuter Grafikasi

Kompyuter grafikasining texnik-dasturiy va informatsion asoslari hamda 
uning turkumlari  
Umumiy holda grafikadagi tasvirlar ikki xil ko‘rinishda: ikki o‘lchovli yoki
uch o‘lchovli shaklda bo‘ladi. Ikki o‘lchovli grafikaning dasturiy ta'minoti (x, y) 
koordinata sistemasida yuza tasvirini hosil qilish imkoniyatini beradi. Bu 2D 
ko‘rinishidagi tasvirdir.
Uch o‘lchovli grafikaning dasturiy ta'minoti tekis ekranda (x,y,z) (3D) 
koordinatalari sistemasida tasvirlarni hosil qilish imkoniyatini beradi.
4D grafigi vaqt sistemasidagi uch o‘chovli tasvirdir. Shuningdek 2,5D turidagi 
tasvir ham mavjuddir. Bu 2D ko‘rinishli tasvir bo‘lib, 3D tasvirining ba'zi xususiyatlari 
bilan to‘ldirilgan (masalan, ustunli diagrammada har bir ustun yo‘g‘onligi ham ko‘rinib 
turadi).
Grafik vositalarning asosiy (dasturiy, texnik, informatsion) xususiyatlarining 
kompyuter grafikasining har bir sinfiga tegishli bo‘lgan xossalarini ma'lum bazaviy 
funksiyalar to‘plamini ajratib olishga mo‘ljallangan dasturiy ta'minotlarining alohida 
belgilari bilan tanishib chiqamiz.
Tijorat grafikasi dasturiy ta'minotining bazaviy funksiyalar to‘plamiga 
quyidagilar kiradi:
• 
ikki yoki uch o‘lchovli berilgan sonlar massivi;
• 
har bir koordinata o‘qidagi matn belgilari;
• 
aks ettiriladigan axborot uchun umumiy bo‘lgan matn izohi;
• 
o‘lchov birligining nomi va shakli.
Ko‘pchilik integrallashgan (yig‘ma) amaliy dasturlar paketlari grafik 
vositalarning ushbu sinf funksiyalarini o‘z ichiga olgan.
Berilgan ikki o‘lchovli koordinatalar sohasida x va y o‘qlari bilan bog‘langan 
holda yoki uch o‘lchovli x, y, z fazoviy koordinatalarda beriladi.
2D turidagi grafiklarning xillari:
aylanma diagramma — 
Pie; chiziqli grafik — 
Line; ustunli 
gistogramma — Bar;


23 
ustunli bo‘lakli gistogramma — 
Stacred Barmin va max qiymatli 
diagramma — HI-LO; zonali 
diagramma — Area; x va y li 
diagramma — x-y.
2D turidagi bunday grafiklarni jadval protcessorlarining eng sodda variantlarida 
ham hosil qilish mumkin: SC3, SC4, MS Excel, LOTUS 1G‘2G‘3, FW-1G‘2G‘3 va 
hokazo.
3D turidagi grafika amaliy dasturlar paketining eng oxirgi versiyalarida amalga 
oshirilgan. (masala, SC5.6; FW-4; FaxGraph, Statgraphics - 3.5; QuattroPro 4.0 va 
xokazo).
Mukamallashtirilgan grafik imkoniyatlarga ega bo‘lgan dasturiy vositalar nafaqat 
ekranda berilganlarni aks ettirish usulini tanlashga, shuningdek tasvirning ekrandagi 
elementlar o‘lchamlarini, holatini o‘zgartiradi, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chiradi va 
shunga o‘xshash ishlarni ham bajaradi.
Ammo bu qo‘shimcha imkoniyatlar, foydalanuvchiga ma`lum qiyinchiliklar 
tug‘diradi hamda grafika tuzish vaqtini uzaytirib yuboradi.
Ko‘rgazmaviy grafika amaliy dasturlar paketini ko‘pincha grafik tahrirchi bilan 
almashtiradilar. Aslida grafik tahrirchi shu sinfga oid amaliy dasturlar paketining bir 
bo‘lagi, xolos.
Masalan, Story board Plus amaliy dasturlar paketida grafik tahrirchi - Picture 
Maker, undan tashqari stcenariy tahrirchisi - Story Editor, tayyor slayd-filmlarni 
qo‘yishga mo‘ljallangan tahrirchi - Story teller va amaliy dasturlar paketidan kerakli 
bo‘laklarni ko‘chiruvchi dastur Pictyre Taker ham mavjud.
Ushbu sinfga mansub bo‘lgan dasturiy vositalar qatoriga 2D grafikasida ishlay 
oladigan dasturlarni ham kiritish mumkin. Ular hosil qilgan tasvir va matnlardan slayd-
filmlar yaratishga va uni turli-tuman effektlardan foydalangan holda namoyish qilishga 
imkoniyat yaratadi: diagonal bo‘yicha, ekranning markaziy nuqtasidan uning chetlariga 
yo‘nalgan holda, bir - birini qoplovchi ikki to‘siq shaklida va boshqacha effektlar bilan 
namoyish eta oladi.
Bu sinfga oid bo‘lgan dasturlar vositasida quyidagi ishlar amalga oshirilishi 
zarur:
• 
shrift tanlash;
• 
rangning jilolarini tanlash; chiziq qalinligini tanlash;
• 
ilgari hosil qilingan va grafika kutubxonasidagi tasvirlarga murojaat hamda ularni 
tanlash;
• 
hosil qilingan tasvirni saqlash va uni kutubxonaga joylashtirish;
• 
tasvirga matnni joylashtirish;
• 
tasvirni qirqish, ulash va o‘chirish;
• 
tasvirlarni slayd rejimida maxsus effektlar bilan birgalikda tomosha qilish;
• 
tasvirlarni sharhlash vositalari;
• 
ish grafikasi vositalarining mavjudligi.
Ushbu sinfga tegishli bo‘lgan keng tarqalgan amaliy dasturlar paketi quyidagilar:


24 
Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, PC Paint Brush, PC Storybord, PC 
Storybord Plus, Dr.Hallo Fantavision, Buku, Bgraf, Bukount.
Yuqorida keltirilgan amaliy dasturlar paketlarning eng keyingi versiyalari, 
masalan, Corel Draw
8.0 va 10.0 lar 3D grafikasi bilan ishlaydi, ularda “rasm chizish asboblari” 
kengaytirilgan: retush vositalari, maxsus filtrlar, fon uchun tayyor tasvirlar kutubxonasi 
va hokazolar mavjud. Bu dasturlarning ko‘pchiligi multiplikatsiya vositalarini ham o‘z 
ichiga oladi va imkoniyatlari bo‘yicha animatsion grafika sinfiga o‘tib ketadi.
Injenerlik grafikasini ikki asosiy funksiyasi mavjuddir:

ob`ektni konstruksiyalash;

ob`ekt yordamida turli xil harakatlar hosil qilish.
Bunday bo‘linish ikki va uch o‘lchamli koordinatali sistema kontsepsiyasiga olib 
keladi.
Injenerlik grafikasida ilk bor haqiqiy ob`ektlarini uch o‘lchovli koordinatada 
modellashtirish imkoniyati tug‘ildi. Injenerlik grafikasi tasvirlarni avvalo o‘zaro 
tutashtirilgan karkas shaklidagi rasmlardan boshlab zamonaviy murakkab ob`ektlarni 
ekranda turli ranglarda va turli ko‘rinishdagi tasvirlarini olishgacha bo‘lgan rivojlanish 
bosqichini bosib o‘tdi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, ko‘rgazma grafika tijorat va namoyish grafikasining 
yig‘indisidan iborat. Shunday qilib ko‘rgazma grafigi tijorat va namoyish grafikalarini 
bazaviy funksiyalari to‘plamidan iborat va u quyidagi uch xil masalani echishga imkon 
beradi:
• 
grafika va diagrammalar bilan ishlash;
• 
tasvirlarni taxrirlash va saqlab qo‘yish;
• 
kurgazma materiallarini rejalashtirish va tayyorlash.
Bunday sinfdagi dasturiy ta`minotiga quyidagilarni kiritish mumkin:
HarvardGraphies, FreelancePlus, Hollywood, Microsoft Power Point for Windows va 
xokazo. Animatsion grafika quyidagi masalalarni hal etadi:
• 
karkasli 
3D 
ob`ektini 
modellashtiradi 
va 
konstruksiyalaydi, 
uni 
murakkablashtirilgan holda har xil sharoitda ishlatib ko‘radi;
• 
yaratilgan karkasli ob`ektning yuzasini qoplash uchun kutubxonadan tayyor 
materialni olish yoki uni o‘zi yaratish (teksturani) imkoniyatini tug‘diradi;
• 
ilgari yaratilgan modellarni fazoda joylashtirish, boshqacha aytganda, yaratilgan 
ob`ektlar uchun sahna, ish joyini hosil qilish;
• 
ob`ektlarni matnlar bilan bog‘lab chiqish;
• 
yoritish xarakterini aniqlash, yorug‘lik manbalarini joy-joyiga qo‘yish, kamerani 
sahnaga joylashtirish;
• 
kadrlar ketma-ketligini aniqlash va kadrdan kadrga siljishini ta`minlash;
• 
yakka kadrni yoki bir necha kadrlarning ranglar jilosini, yorug‘ligini, soyalarini, 
qarash burchagini, ob`ektlarning o‘zaro joylashishini va kadrdan kadrga 
o‘zgarishi – renderingi (rendering)ni nazarda tutgan holda namoyish etish;
• 
yakka tasvirni yoki olingan kadrlar ketma-ketligini ekranga film sifatida 
namoyish etish.


25 
3D animatcion grafikasi amaliy dastur paketlaridan tashqari (3D Studio Topas va 
boshqalar) 2D amaliy dastur paketlari ham mavjud (Flash 5, Limena, Animator PRO). 
Bular tasvir hosil qilish uchun mo‘ljallangan tasvirning dastlabki va oxirgi kadrlarini 
hosil qiladi, qolgan oraliq kadrlar esa avtomatik ravishda hosil qilinadi.

Download 10,51 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   134




Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter grafikasining texnik-dasturiy va informatsion asoslari hamda

Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish