19
Odatda, bunday ko‘rsatkich 640 x 480, 800 x 600, 1024 x 768
yoki bulardan
yuqori piksellarda beriladi. Tasvir o‘lchovi ruxsat etish qobiliyati bilan bog‘liqdir. Bu
parametr dpi (dots perinch — nuqtalar soni zichligi) bilan o‘lchanadi. Ekran diagonali
15 duymli (1 duym 2,54 sm) monitorda tasvir o‘lchovi 28x21 sm ni tashkil qiladi. Buni
hisobga olsak, 800 x 600 pikselli monitor ekranining tasvirlash qobiliyati 72 dpi ga teng
bo‘ladi. Demak, kompyuter xotirasidagi rangli tasvir ko‘p joy olishini tushunish qiyin
emas, Misol uchun 10x15 sm li rasm taxminan 1000 x 1500 piksellardan iborat bo‘ladi.
Agar har bir rangli nuqtani tasvirlash uchun 3 bayt xotira ishlatilishini hisobga
olsak, bitta o‘rtacha kattalikdagi rasmning o‘zi xotirada taxminan 4 mln bayt joyni
egallaydi. Bunday ma'lumot, xususan, Internet sahifalarini yaratishda e'tiborga
olinishi zarur. Shuning uchun ham hozirgi kunda yaxshi multimedia dasturlarini,
videoroliklarni yaratish uchun operativ xotirasi 128 Mbaytdan kam bo‘lmagan va, mos
ravishda, tezligi katta bo‘lgan kompyuterlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Demak, rastrli grafika bilan ishlash uchun yuqori
unumli kompyuter talab
qilinadi.
Rastrli grafikaning kamchiligi sifatida shuni aytish mumkinki, tasvirni
mashtablashtirish (kattalashtirish, kichiklashtirish) jarayoni natijasida nuqtalar
o‘lchovi kattalashishi bilan tasvir aniqligi yomonlashishi mumkin va hatto, tasvir tanib
bo‘lmaydigan darajada o‘zgarishi mumkin.
Rastrli grafika elektron (multimedia) va matbaa nashrlarida keng qo‘llaniladi.
Nashrlarda turli illustratsiyalarni yaratishda, odatda, skaner orqali olingan raqamli foto
yoki videokamera (hozirda bunday fotoapparat va videokameralar keng tarqalgan) yoki
rassom, loyihachi tomonidan tayyorlangan tasvirlardan foydalaniladi.
Shuning uchun
ham rastrli grafikada tahrir qiluvachi dastur vositalaridan keng foydalaniladi. Bu
dasturlar, odatda, tasvirlaming aniqroq ko‘rinishda bo‘lishini ta'minlaydi.
Vektorli grafika. Vektorli grafikada tasviming asosiy elementi sifatida chiziq
qaraladi. Chiziq sifatida to‘g‘ri chiziq yoki egri chiziq olinishi mumkin. Rastrli
grafikada bunday chiziqlar nuqtalar (piksellar) yordamida yaratilsa,
vektorli
grafikada esa tasvirlarni yaratishda nuqtaga nisbatan umumiyroq bo‘lgan
chiziqlardan foydalaniladi va shuning hisobiga tasvirlar aniqroq ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Vektorli grafikaning afzallik tomoni tasvirining xotirada kamroq joy olishidir,
chunki bu holda xotirada joy chiziq o‘lchoviga bog‘liq bo‘lmagan ravishda bo‘ladi.
Buning sababi xotirada chiziqning o‘zi emas balki uni ifodalovchi formula yoki
parametrlar saqlarashidadir. Vektorli grafikaning ixtiyoriy tasviri chiziqlardan tashkil
topadi va oddiy chiziqlardan murakkablari hosil qilinadi. Ko‘pincha vektorli
grafikani obyektga mo‘ljallangan grafika deyish mumkin. Chunki bunda, masalan,
uchburchak hosil qilish uchun 3 ta chiziq (kesma)dan
foydalanilsa, piramida hosil
qilish uchun uni uchburchakdan foydalanibgina hosil qilish mumkin. Vektorli
grafikani hisoblanadigan grafika deb ham atash mumkin, chunki tasvirni (obyektni)
ekranga chiqarishdan avval uning koordinatalari hisoblanadi
va mos nuqtalar hosil
qilinadi.
Vektorli grafikaning matematik asosini geometrik figuralarning xossalarini
o‘rganish tashkil etadi. Ma'lumki, nuqta tekislikda 2 ta (x, y) koordinatasi bilan, to‘g‘ri
chiziq kanonik ko‘rinishida yqkxQb (bunda k va b ixtiyoriy sonlar)da, kesma esa mos
20
ravishda 15 boshlang‘ich va oxirgi nuqtasini berish bilan tasvirlanadi. Egri chiziqlar
ham mos ravishda o‘z tenglamalariga ega.
Vektorli grafika asosan illustratsiyalar yaratish uchun yo‘naltirilgandir. Vektorli
grafika reklama agentliklarida,
loyihalash byurolarida, nashriyotlarda va boshqa
joylarda keng qo‘llaniladi. Vektorli grafika bilan ishlaydigan dasturlarga misol sifatida