21
Bu turdagi grafikaning eng afzal tomoni shundaki, undagi tasvirlar to‘plami va
ko‘rinishini tezda o‘zgartirish mumkin.
Injenerlik grafikasi — bunday grafika chizmachilik, loyihalash va konstruktorlik
ishlarini avtomatlashtirishda keng qo‘llaniladi. Injenerlik grafikasi analiz, sintez,
modellashtirish, chizmachilik, boshqarish va shu
kabi loyihalash ishlarini
avtomatlashtirishning hamma bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
Ilmiy grafika — ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va geografik, fizik,
biologik va boshqa jarayonlarni tadqiq qilishda qo‘llaniladi. Ilmiy grafikaning eng
asosiy maqsadi ilmiy izlanishlarda hosil bo‘ladigan axborotlarni vizuallashtirish —
ko‘zga ko‘rinarli shaklda ifodalashdir. Ayniqsa bu yo‘nalish atom energiyasi
manbalarini tadqiq qilishda, kosmonavtika, samolyotsozlikda,
geografiya va
okeanologiyada — xullas qamrovi katta bo‘lgan, tez kechadigan jarayonlarni
o‘rganishda keng qo‘llaniladi. Shuningdek, ilmiy izlanishlar natijalarini kerakli
shaklda diagrammalar, xaritalar, jadvallar va turli matematik formulalar shaklida
tasvirlashda ishlatilishi mumkin.
Ko‘rgazmaviy grafika — namoyish va tijorat grafikalarining rivoji bo‘lib, shu
ikkala grafika imkoniyatlarining yig‘indisini tashkil etadi. Bu grafika ayrim grafikalarni
slaydlar ketma-ketligidan iborat slaydfilm qilib yaratib, so‘ngra uni ma'lum vaqt ichida
ekranda ketma-ket ko‘rgazma shaklida slaydning ekrandagi
tasviri ovoz va visual
effektlar qo‘shib olib borilishi mumkin. Bundan tashqari, tayyor grafikni tahrir qilish
imkoniyati ham mayjud.
Animatsion grafikada — rang bilan ishlashdagi muvaffaqiyatlar muhandislik
grafikasidagi uch o‘chovli obyektlarni modellashtirishdagi yutuqlar bilan (masalan
reklama e'lonlari va teleko‘rsatuvdagi bir tasvirning ichiga ikkinchisini kiritish) qo‘shib
uyg‘unlashtirilgan.
Mashina grafikasi — bu kompyuter yordamida obyekt shakllari, uning modelini
yaratish va saqlash uchun xizmat qiluvchi kompyuter grafiksining bir bo‘limi.
Kompyuterda turli grafik tasvirlarni hosil qilish mumkin,
biroq ular bir-biridan
farqlanadi, chunki hozirgi zamon kompyuterlari o‘tgan asrning 90-yillaridagi tizimlarga
nisbatan shakllarni aniq tasvirlash imkoniyatiga va maxsus dasturlar bilan
kengaytiriladigan tizimlarga ega. Interfaol grafika — bu mashina grafakasi sanaladi.
Interfaol garafika — kompyuter grafikasining eng asosiy bo‘limlaridan biri
bo‘lib, unda foydalanuvchi tasvirni dinamik boshqarish imkoniga ega bo‘ladi, ya'ni
tasvirning shakli, o‘lchamlari va monitor yuzasidagi ranglarini o‘zaro ta'sir qiluvchi
moslama (klaviatura yoki sichqon) yordamida boshqaradi.
Kompyuter grafikasida aniq va mavhum obektlar tasvirini yaratish va bu
tasvirlarni ikki ko‘rinishda kuzutish mumkin:
•
kuzatuvchi qo‘zg‘almas bo‘lib, oldidagi obektni xohlaganicha aylantirib
kuzatishi mumkin — bu panorama effekti;
•
obekt qo‘zg‘almas bo‘lib, kuzatuvchi uning atrofida aylanib tomosha
qilishi mumkin — bu kamera effekti.
Interfaol grafika yaratilgandan keyin u televideniya
va fotografiyada tasvirni
yaratish va tayyorlashdagi eng asosiy texnik moslamalardan biri bo‘lib qoldi. Uning
yutuqlaridan biri sintezlangan abstrakt obyektlarni, tasvirlarni EHM yordamida hosil
22
qilishdir. Inson mashina grafikasidan foydalanish vaqtida juda ko‘p zerikarli va har xil
mayda ishlardan (juda ko‘p miqdorda matnli varaqalar va sonli materiallarni ko‘rib
chiqishdan) qutildi.
Statik tasvirlar informatsiyalarni yetkazib berishda yaxshi bo‘lishiga qaramay
ko‘p holatlarda dinamik o‘zgaruvchi tasvirlar ulardan ustun turadi. Hayotda asosan
jarayon vaqtida o‘zgarib turuvchi tasvirlar—dinamik o‘zgaruvchan tasvirlar (tovush
tezligidan tez uchar samolyot qanotining egilishi yoki inson qiyofasining hayoti
mobaynida o‘zgarib turishi). Dinamik tasvirlar qo‘zg‘almay
turgan tomoshabinga
obyektlarning siljishi va harakatlanishini ko‘rishga yordam beradi. Bunda obyekt
qismlarmi boshqa 18 obyektga yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirish va obyekt detallarini
kattalashtirib yoki kichraytirib ko‘rish mumkin.