18
orasida uzviy bog‘liqlikni ifodalagandek taassurot qoldiradi. Bunday holda
ifodalanayotgan qiymatiga qarab bir xil rangni to‘q yoki och holatini ishlatish
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Amaliy dasturlar paketlarining (ADP) keng tarqalishi shu bilan asoslanadiki,
tasvirni kommunikatsiya texnologiya vositasi sifatida qabul qilish inson uchun
tabiiyroq bo‘lib, bu usulda ham yetarli aniqlikka erishish mumkin.
Mashina grafikasini passiv va interaktiv bo‘ektlarga ajratish mumkin.
Bundan 20 yillar avval ulug‘ olimlar, san'at ustalari, sportchilar, multiplikatsion
fllmlar qahramonlari (masalan, bo‘ri, quyon rasmlari), Albert Eynshteyn rasmlarini
alfavit-raqamli zarbli chop etish qurilmalaridan chiqarish keng tarqalgan edi. Bunda
rasm ma'lum nuqtalarga bir xil belgilarni qog‘oz sathiga tushirish orqali, rang tafovuti
esa ba'zi joylarga shu belgilarni bir necha marta urib (to‘q rang), ba'zi joylarda bir
marta tushirib (och rang) hosil qilinardi. Tasvirni bunday usulda hosil qilish passiv
mashina grafikasiga tegishlidir.
Interaktiv mashina grafikasi (IMG)da tasvirning holati, uning shakli, mazmuni,
o‘lchamlari va rangi monitor ekranida interaktiv qurilmalar yordamida dinamik
ravishda uzluksiz o‘zgartirilib, boshqarib turiladi.
Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda hosil qilinadigan grafikalarning barchasi
amaliy jihatdan qaraganda interaktivdir.
Passiv mashina grafikasiga planshetli va barabanli grafik quruvchi qurilmalar,
shuningdek printer, kino va videokameralar yor-damida hosil qilinadigan tasvirlar
kiradi.
Bu qurilmalar yordamida hosil qilinadigan tasvirga bevosita ta'sir qilib
bo‘lmaydi. Monitor qurilmasida tasvir hosil qilish jarayonini sichqoncha, klaviatura,
skaner qurilmalari yordamida istagancha boshqarish mumkin.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan hamma tasvir hosil qilish usullarining umumiy jihati
shundaki, ularda tasvir raqamli protsessor yordamida hosil qilinadi.
Grafik tasvir hosil qilishning zamonaviy usullari bilan yaxshiroq tanishish maqsadida
kompyuter grafikasining uch turi — rastrli (nuqtali yoki pikselli), vektorli (obyektli),
fraktal hosil qilinishini ko‘rib chiqamiz. Bu uch turning asosiy farqi ekran yuzasida
yorug‘lik nuri haraktlanishining turlichaligidadir. Learning to‘la farqi keyingi
mavzularda chuqurroq ko‘rib o‘tiladi.