12
— havorang (cyan) = oq — qizil = yashil
+ ko‘k; — to‘q qizil {magenta) = oq —
yashil = qizil + ko‘k; — sariq (yellow) =
oq — ko‘k = qizil + yashil.
Bu metod original tasvirni chop etishda ranglarning tabiiy qabul qilinishiga mos keladi.
Havorang, to‘q qizil va sariq ranglar qo‘shimcha hisoblanadi, chunki ular asosiy
ranglarni to‘ldiradi. Amalda qo‘shimcha ranglarni bir-biriga qo‘shgan bilan qora rangni
bermaydi. Shuning uchun rangli modulga yana bir komponent — qora rang kiritilgan.
Natijada rangli modul abbreviaturasida to‘rtinchi harf paydo bo‘ldi:
CMYK (Cyan,
Magenta, Yellow, Black). Kompyuter tasvirini poligrafik uskunada chop etish uchun
ranglarni
CMYK moduli komponentlariga mos keluvchi tarkiblarga ajratish kerak.
Bu jarayon ranglarni ajratish deyiladi. Oqibatda har bir komponentning original
to‘rtta tasviri hosil qilinadi.
Mavzu № 3 Kompyuter grafikasi fayllar formatlari. Grafik axborotlar
bilan ishlash texnologiyasi.
Reja:
1.
Kompyuter grafikasidan foydalanishning asosiy qoidalari va qo‘llash sohalari.
2.
Grafik formatlar.
3.
Zamonaviy ShK asosida elektron grafiklar qurishning asosiy elementlari va usullari.
4.
Elektron grafiklar qurishning texnologik asoslari. Kompyuter grafikasining turlari,
uning turkumlari va har xil ko‘rinishlari.
5.
Kompyuter grafikasining texnik-dasturiy va informatsion asoslari hamda uning
turkumlari.
Kompyuter grafikasidan foydalanishning asosiy qoidalari va qo‘llash
sohalari. Kompyuter grafikasi qo‘llaniladigan asosiy sohalarni ko‘rsatib
o‘tamiz:
•
Grafiklarni chizish;
•
Kartografiya-geografik, tabiiy yoki iqtisodiy hodisalarni o‘zaro chegaradosh
mamlakatlar, viloyatlar, o‘lkalarnining aniq xaritasini tasvirlash;
•
Chizmachilik va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirish;
•
Modellashtirish va multiplikatsiya;
•
Turli texnologik jarayonlarni boshqarish – hayotiy masalalarni interaktiv rejimda
namoyish etish. Texnologik jarayonni eng kerakli nuqtalariga o‘rnatilgan
dastlabki axborot manbai bo‘lgan o‘lchagichlardan kelayotgan axborotlar
qiymatini vizual idrok qilish;
•
Kantcelyariya ishlarini avtomatlashtirish va chop etishni elektron usuli;
•
Reklama va san`at - qandaydir fikrni ifodalash va estetik yoqimli tasvirlar orqali
jamoani diqqatini tortish.