7
Grafik yordamida ifodalanadigan voqeliklarni to‘g‘ri tushunish uchun uni tashkil
etuvchi hamma elementlarining to‘plami (shkala, sarlavhalar va boshqalar)
mavjud
bo‘lishi lozim.
Tasvirlashning grafik usuli yoki grafik til — bu fikrni ifodalashning fazoviy
tasvirlash yoki shartli ravishda tekislikda aks ettirish usullarining to‘plamidir.
Grafik tasvirlashning namunalari — geometrik figuralar, turli xaritalar,
iqtisodiy analiz diagrammalari, korxonalarning tashkiliy- strukturaviy
sxemalari va
boshqalar bo‘lishi mumkin.
Aqliy tasawur va qiymatlar to‘plamini ifodalovchi chizmalarni tuzish jarayoni
grafiklashtirish deyiladi, uning natijasi esa — grafika deyiladi. Grafik shartli ravishda
voqelikni yoki qandaydir jarayonni tasvirlaydi. Grafikada qo‘llaniladigan hamma
belgilar g‘oyalarbelgisi bo‘lib, uning o‘zi yaxlit holatda g‘oyalar to‘plamini ifodalaydi.
Grafika ikki elementga bo‘linadi: grafik qiyofa va eksplikatsiya.
Grafik qiyofa — chizmalar to‘plami bo‘lib, ular o‘zaro bog‘lanishlari
bilan
birgalikda tushuniladi.
Eksplikatsiya — grafik obraz mohiyatini ochib beruvchi shartli belgilar
to‘plami. Grafik obraz — simvol, geometrik shakl ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Shartli
belgilar yordamida ifodalangan grafik obraz ma'nosi uning geometrik shakliga bog‘liq
emas, sharoitga bog‘liq holda tushuniladigan obrazlar simvolli obrazlarga taalluqlidir.
Shartli belgilar qandaydir tushunchalar (simvollar) bilan puxta bog‘langan bo‘lishi, aniq
bir sohadagi belgilar to‘plami esa maxsus simvollar bilan ifodalanishi mumkin. ..-
.•.«;»**.* .¦.«-, >m., rj;;^ r ! 9 Simvol ko‘rinishdagi ikki o‘lchovli grafik obrazlar
grafikani tashkil etadi.
Geometrik ma'noga ega bo‘lgan va shu shaklda biror funksiya yoki tengsizlikni
ifodalovchi obraz geometrik grafika deyiladi.
Masalan, iqtisodiy inflatsiya o‘sishini ko‘rsatuvchi egri chiziq funksiya
ko‘rinishda emas, balki iqtisodiy masala sifatida qiziqarlidir.
Grafik obraz butun son ko‘rinishida ifodalanishi mumkin. Grafika eksplikatsiyasi
uch qismga bo‘linadi: geometrik, ideografik va xususiylashgan.
Ideografik eksplikatsiya — shartli belgilar figurali, chiziqli, fonli
va boshqalar
(agar bu belgilar standartlashtirilmagan bo‘lsa) ma'nosini tushuntiradi, bu shartli
belgilar grafika elementlariga aniq bir ma'no bag‘ishlaydi.
Geometrik eksplikatsiya — koordinata o‘qlari, shkalalar, masshtablar. Ular
yordamida geometrik qiyofalar geometrik xususiyat-larga ega bo‘ladi,
chunki bu
vositalar yordamida geometrik yuzalar xossalaridan foydalaniladi.
Xususiylashgan eksplikatsiya — sarlavhalar, tushuntirishlar (sonlar va belgilar)
bo‘lishi mumkin. Tushuntirishlar grafikaning ushbu bilimlar doirasida qanday joy
egallaganligini ko‘rsatadi va til nuqtayi nazaridan grafikaning eng zaruriy elementi
hisoblanadi, chunki usiz grafika hech qanday ma'no kasb etmaydi.
Eksplikatsiyadan tashqari grafikada qo‘shimcha ma'lumotlar ham bo‘lishi
mumkin: raqamli ma'lumotlar, takrorlanuvchi qiymatlar va hokazo. Grafikani qandaydir
belgisiga ko‘ra guruhlash esa butun bir axborot to‘plami to‘g‘risida hukm chiqarishga
asos bo‘ladi.
8
Berilgan axborotlarni xronologik ketma-ketligi
buzilgan taqdirda, grafikaning
yaxlitlik taassuroti buziladi.
Shunday qilib grafika — bu maxsus, fikran yaxlit xayoliy g‘oyalarning
(ansambllarning) ikki o‘lchovli (yoki uch o‘lchovli) tasvirda ifodalangan grafik qiyofasi
va uning eksplikatsiyasidir.
Shartli belgilar grafik qurishning texnologik asosini tashkil etishi tufayli
grafikada ishlatiladigan shartli belgilarni ko‘rib chiqamiz.
Shartli belgilar — bular shunday chizmalarki, ular berilgan sifat ko‘rsatkichlarini
shartli belgilarda ifodalaydi. Bir xil tushunchalarni belgilashda — bir xil shartli
belgilardan, turli tushunchalarni belgilashda turli belgilardan foydalaniladi.
Natijada,
to‘liq, shu bilan birga darajalangan qiyofalar vujudga keladi:
•
figurali (harflar, raqamlar, ochiq va yopiq figuralar sxematik va kartina
ko‘rinishidagi tasvirlar);
•
chiziqlar (nisbatlarni belgilash, aloqa chiziqlari, geometrik o‘lchovlarni
ko‘rsatish, yo‘nalishi, ko‘rinishi va boshqalar);
•
fon belgilari — maydon va yuzalarni rang
bilan yoki shtrixlar bilan
(ularning xususiyatlarini ko‘rsatish uchun) qoplash.
Shartli belgilar chizma yuzasida ma'lum bir tartibda joylashtiriladi.
Masshtabsiz grafiklarda belgilar erkin montaj, zonali va jadval to‘ri ko‘rinishida
beriladi. Bu yerda grafikani yorqinlashtiruvchi vosita sifatida rangdan foydalaniladi.
Zonali to‘r — berilgan maydonni bo‘laklarga bo‘lib, har bir bo‘lakka maxsus
qiymatni biriktirib qo‘yish. Har bir zona gorizontal yoki vertikal polosa shaklida bo‘lib,
o‘z sarlavhasiga ega bo‘ladi.
Jadvalli to‘r — bu o‘zaro kesishuvchi zonalarning kombinatsiyasidan iborat.
Grafiklar tuzishda, ya'ni uning texnologik asoslarini qurishda grafik muharrirda
chiqariladigan chizmalar sonini ham nazarda tutish kerak. Bu yerda qo‘yiladigan
asosiy talab — grafik muharrir tomonidan ko‘rsatiladigan kompleksning eng asosiy
qism detallari va
soyasi birinchi navbatda, ikkinchi navbatda ikkinchi darajali detallar,
uchinchi navbatda yordamchi detallar ko‘rsatiladi va hokazo.
Grafikning yuklamasini kamaytirish quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:
1.
Ketma-ket detallashtirish usuli (bitta grafik o‘rniga, dast-labkiga o‘xshash
grafiklar seriyasini chizish);
2.
Ulanish usuli (umumiy tizimga birlashtirilgan va bir necha turli
nuqtalardan olingan tasvir);
3.
Asosiy kontur usuli (umumiy konturga ega bo‘lgan grafiklar seriyasini
tuzish va har bir grafikka o‘z xarakteriga mos keluvchi chizmalar chizish);
4.
Oddiy solishtirish usuli (bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan, biroq bir xil qoidalar
asosida tuzilgan grafiklarni to‘plash).