|
"Kompyuter grafikasi"ning informatika sohasidagi boshqa fanlar bilanBog'liq portal.guldu.uz-kompyuter Grafikasi"Kompyuter grafikasi"ning informatika sohasidagi boshqa fanlar bilan
o‘zaro aloqasi.
"Kompyuter grafikasi" kursining predmeti, mazmuni va vazifalari
"Kompyuter grafikasi" informatika sohasida o‘rganiladigan ko‘pgina fanlar o‘quv
rejalarining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi vaqtda kompyuter grafikasi
quyidagi:
•
"Informatika va axborot texnologiyalari"
•
"Informatika va dasturlash"
•
"Interaktiv dizayn"
•
"Iqtisodiyotda axborotlashgan tizimlar va texnologiyalar"
•
"Internet asoslari va E-mail (elektron pochta)"
•
"Kompyuter tarmoqlari" va boshqa kurslarning predmeti, mazmuni
va tarkibiy qismi hisoblanadi.
Berilgan ma'lumotlarni tahlil qilishda, olingan natijalarni ko‘rgazmali tarzda
ko‘rsatish va taqdimot (prezentasiya) uchun materiallar tayyorlashda, tasvirlarni qayta
ishlashda, yangi murakkab kompozitsiyalar yaratishda zamonaviy kompyuter
grafikasi keng qo‘llaniladi. Yuqoridagi sohalar bo‘yicha bilim olish va uni
amaliyotga tatbiq qilishda "Kompyuter grafikasi" fani qo‘l keladi.
Kursning vazifalari quyidalardan iborat:
•
o‘quvchilarda hozirgi zamon kompyuter grafikasi bo‘yicha nazariy
va amaliy bilim ko‘nikmasini paydo qilish;
•
o‘quvchilarning hozirgi zamon kompyuter grafikasi vositalarini va
ularning ishlatilishini o‘zlashtirishiga erishish;
•
kompyuter grafikasining texnologik tuzilishini va har xil taqdimot
materiallarini tayyorlash va namoyish etishni o‘rganish; • kompyuter grafikasi
rivojining o‘rni va hozirgi zamon holatini bilish;
•
hozirgi zamon kompyuter grafikasidan o‘zining o‘quv sohasi va
professional faoliyatida foydalanishni bilish;
•
kompyuter
grafikasining
texnikaviy
vositalari
va
zamonaviy
programmalardan foydalanishni bilish.
|
| |