9
3.
RGB rang moduli.
4.
HSB rang moduli.
5.
CMYK rang moduli.
Rang palitrasi
Elektron rang palitrasi kompyuter grafikasida qo‘llanilishi bo‘yicha
rassom
palitrasiga o‘xshash, ya'ni u o‘zida ko‘p ranglarni saqlaydi.
Elektron palitra tarkibi bir rangni o‘zida saqlaydigan yacheykalardan iborat. Palitra
aniq bir rang modelini qo‘llaydi. Uning ranglari esa bu modul asosida yaratilgan
ranglardan iborat bo‘ladi.
Internet tarmog‘i uchun yaratilayotgan tasvirlarda xavfsiz palitralardan
foydalaniladi. Chunki yaratilayotgan grafik ma'lumot minimal
hajmda va tarmoqdagi
qurilmalarda tasvir o‘z aslini yo‘qotmasligi zarur. Shuning uchun xavfsiz palitra 216
rangni o‘zida saqlaydi.
Rangni inson, miyasida yorug‘lik oqimini tahlil qilish natijasida anglaydi.
Yorug‘lik oqimi 3 spektral ranglar (Q, Y, K — qizil, yashil, ko‘k)
kombinatsiyalarining tarqalishidan hosil bo‘ladi.
Kompyuter grafikasida rang ma'lumot tushunarliligini oshirish uchun vositadir.
Rangni boshqarish sistemalari. Kompyuter grafikasining elementlarini yaratish
va qayta ishlashda grafik ma'lumotlarning har xil qurilmalarda asl holatda
bo‘lishligi talab etiladi. Kompyuter grafikasining qayta ishlash pog‘onalarida
ranglarning mos tushishini rangni boshqarish sistemalari nazorat qiladi.
Bunday
tizimlardan biri
CMS (Color Management System)dir.
Profil. Har bir qurilma o‘zining ichki imkoniyatlariga qarab o‘z usulida rang
chiqaradi. Turli xil qurilmalarda ranglarning mosligini ta'minlash uchun ular o‘zining
profiliga ega bo‘lishi kerak.
Kalibrovka. Har xil platforma, qurilma va dasturlarda
rangni bir xilda boshqarish
sistemasi mavjud emas. Lekin bu turdagi sistemalarga
CMS yaqin hisoblanadi. Ilk bor
Solerunc nomi ostida
CMS ni
Apple firmasi operatsion sistemaga kiritdi. U
Macentosh
kompyuterlari sferasida nashrga tayyorlash, nashr qilish va poligrafiyada muvaffaqiyatli
xizmat qildi. Windows 95G‘98 operatsion sistemalarida
Kodak firmasining Color
Matchung Module nomi ostida
CMS tizimlari ishlatiladi.
Kompyuter grafikasida rangli ruxsat etish tushunchasi qabul qilingan (rang
chuqurligi). Monitor ekranida uni hosil qilish uchun rangli informatsiyani kodlashtirish
usulidan foydalaniladi. Oq-qora tasvirni aks ettirish uchun ikki bit razryad yetarli.
Sakkiz razryadli kodlashtirish 256 turdagi ranglar jilosini aks ettirishga imkoniyat
beradi. Ikki bayt (16 bit) 65536 turdagi ranglar jilosini ifodalaydi (bunday rejim —
High Color). Yigirma to‘rt razryadli kodlashtirish usulida 16 777 216 ta rangni
ifodalash mumkin.
Amaliy nuqtayi nazardan monitorning rangli ruxsat
etish tushunchasi rangli
qamrab olishni anglatadi. Bu o‘z navbatida chiqarish qurilma (monitor, printer va
hokazo)larida ranglar diapazonini hosil qilishni belgilaydi. Rangli modul deb additiv
va subtraktiv metodlar yordamida ishlangan ranglar jilosi tarkibiy komponentlarining
bo‘linish usullariga aytiladi. Kompyuter grafikasida asosan
RGB, HSB va
CMYK rang
modullari qo‘llaniladi. Rangli modullar uch o‘lchovli
koordinatalar sistemasida
10
joylashadi va ranglar fazosini tashkil qilib, Grossman qonunlariga binoan rangni uch
o‘lchovli fazodagi nuqta sifatida ifodalashi mumkin.
Grossmanning birinchi qonuni. Chiziqli bog‘liq bo‘lmagan
har qanday rangni
uchta tashkil etuvchi orqali bir qiymatli ifodalash mumkin. Chiziqli bog‘liq
bo‘lmaslik — bu ixtiyoriy uch rangdan ikkitasini qo‘shish orqali uchinchisini hosil
qilish imkoniyati mavjud emas.
Grossmanning ikkinchi qonuni. Agar ranglar uzluksiz o‘zgarsa, ranglar
aralashmasining nurlanishi ham uzluksiz o‘zgaradi. Hech qanday rang yo‘qki, unga
yaqin bo‘lgan rangni tanlash imkoniyati mavjud bo‘lmasa.
Grossmanning uchinchi qonuni. Ranglar aralashmasining
nurlanishi ularning
rangiga bog‘liq, biroq uning spektr tarkibiga bog‘liq emas.