• RGB rang moduli.
  • Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi




    Download 10,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/134
    Sana23.11.2023
    Hajmi10,51 Mb.
    #103795
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   134
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-kompyuter Grafikasi

    Rang modullari  
    CIE Lab rang moduli. 1920-yilda CIE Lab {Communication Internationale de 
    I’Eclairage — xalqaro komissiya, L,a,b — bu sistemada koordinata o‘qlarining 
    ifodalanishi) rang fazoviy moduli ishlab chiqildi. Sistema apparatga bog‘liq
    bo‘lmaganligi uchun ko‘p hollarda qurilmalar orasida ma'lumotni o‘tkazish uchun 
    qo‘llaniladi. CIE Lab modulida ixtiyoriy rang quyidagicha aniqlanadi; yorug‘lik (L) va 
    uning xromatik komponentlari: a — parametri yashil rangdan qizil ranggacha o‘zgarish 
    diapazonini, b — parametri ko‘k rangdan sariq ranggacha o‘zgarish diapazonini tashkil 
    qiladi. CIE Lab modulida ranglarni qamrab olish imkoniyati texnik qurilmalar (monitor, 
    printer) imkoniyatlaridan yuqori bo‘lganligi sababli tasvirni chiqarishdan oldin uni 
    o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Bu modul rangli fotokimyoviy va poligrafik jarayonlarni 
    bir-biriga bog‘lash uchun ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda bu modul Adobe Photoshop 
    dasturida standart sifatida qabul qilindan.
    RGB rang moduli. RGB (Red, Green, Blue — qizil, yashil, ko‘k) rang moduli 
    tasvirni ekranda tahrir qilish nuqtayi na-zaridan kelib chiqqan holda juda qulay va u bir-
    biriga bog‘liq bo‘lmagan uchta qiymatdan foydalanadi. Buni uch o‘lchamli koordinata 
    sistemasi ko‘rinishida ifodalash mumkin. Har bir koordinatalar o‘qida 0 dan 255 gacha 
    diapazondagi bitta rang joylashtiriladi. Natijada rangli kub hosil bo‘ladi va uning ichida 
    RGB modulning barcha ranglari joylashadi. Bu kubning hajmini hisoblash natijasida 
    RGB modulning ranglar soni 16 777 216 ta bo‘lishi mumkinligini aniqlaymiz, ularni 24 
    razryadli ranglar platasi yordamida monitorda aks ettirish mumkin. RGB ranglar
    majmuasi bilan ishlangan barcha tasvirlarni xohlagan formatda diskka yozish
    mumkin. RGB  ranglar majmuasidagi ayrim ranglar tabiatda uchramaydi. RGB rang
    moduli additiv bo‘lib, har qanday rang uch asosiy (qizil, yashil va ko‘k)
    ranglarning turli miqdorlari birikmasidan hosil qilinadi. Bu esa kompyuter 
    grafikasini hosil qilish va qayta ishlashda asos bo‘lib, elektron aks ettirish (monitor, 
    televizor) uchun xizmat qiladi. Agar asosiy rangning bir komponentini ikkinchisiga 
    qo‘shsak, nurlanishlar yig‘indisining yorug‘ligi ortadi. RGB ranglar majmuasida oq 
    rang uchala ranglarning maksimal aralashmasidan hosil qilinadi, qora rang esa buning 
    aksi o‘laroq minimal aralashmasidan hosil qilinadi.


    11 
    Asosiy ranglaming joylashuvi
    Ushbu rang moduli apparat-qurilmalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, rangli 
    monitorlarda, televizorlarda keng ishlatiladi. Bunda asosiy ranglar qizil, yashil, ko‘k
    ranglar bo‘lib, qolganlari shularning qo‘shilishidan hosil qilinadi.

    Download 10,51 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   134




    Download 10,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi

    Download 10,51 Mb.
    Pdf ko'rish