13
Web-sahifalar yaratishda turli xildagi illyustratsiyalar ishlatib turiladi.
Ularga
quyidagilar kiradi: logotip, tugma, banner, harakatlanuvchi tasvir, fototasvir,
diagramma va grafiklar.
Odatda grafik fayllar katta o‘lchamga ega bo‘ladi. Masalan, BMP, TIFF yoki PCX
formatlaridagi grafik fayllar samarasiz kodlanadi va tasvirni to‘g‘ri etkazishga kerakli
o‘lchamdan ham katta o‘lchamga ega bo‘lishi mumkin.
Foydalanuvchilarning
katta
qismi
tarmoqqa
modemlar
orqali
ulanadi.
Foydalanuvchi modemlarining provayderlar bilan ulanish tezligi 56 Kbit/sek dan
oshmasligini
hisobga olgan holda, bunday grafik fayllardan foydalanish maqsadga
muvoffiq emas, chunki sahifalar yuklanish vaqti cho‘zilib ketadi.
Bunday holatda sahifalarni tarmoqda nashr qilishga tayyorlashda asosiy maqsad -
illyustratsiyalar hajmini maksimal darajada kamaytirishdir, chunki grafik fayllar hajmi
sahifaning
umumiy hajmini belgilaydi, bu esa o‘z navbatida uning yuklanish tezligiga
ta`sir qiladi.
Tarmoqdagi grafikaning yuklanish vaqtini qisqartirish
uchun grafik fayllarni
siquvchi juda ko‘p sonli texnologiyalar ishlab chiqilgan. Grafik ma`lumotlarni siquvchi
texnologiyalar ikki xilga bo‘linadi: tasvir sifatining yo‘qolishiga olib keladigan va
tasvir sifatini saqlab qoluvchi. Ixchamlash texnologiyasining
birinchi tipi bu jarayon
vaqtida grafik fayllarning ba`zi ma`lumotlarini yo‘qotadi, bu bilan u tasvir sifatiga zarar
etkazadi; ikkinchi xilda esa tasvir sifatiga ta`sir ko‘rsatmagan
holda grafik fayllarni
siqadi. Format va grafik fayllarni ixchamlash texnologiyasini to‘g‘ri tanlab,
boshlang‘ich tasvir sifatini buzmagan holda 10-50 martagacha kichraytirish mumkin,
ya`ni, siqilgan va siqilmagan tasvirlar orasidagi farqni inson ko‘zi
bilan aniqlab
bo‘lmaydi.
Hozirgi kunda tarmoqlarda ikki asosiy grafik format qo‘llanadi: GIF va JPEG
(yoki JPG). Bu grafik formatlarda illyustratciyalangan
sahifalarni barcha keng
tarqalgan brauzerlar tushunadi va to‘g‘ri tasvirlaydi. Bu formatlarning har biri o‘z
ustunliklari va kamchiliklariga ega, bu ularning qo‘llanish
sohasini aniqlaydi, ular
orasidagi farqni tushunish o‘z navbatida sayt sahifalarini grafik bezash ishlarini
osonlashtiradi.