17
Shunday qilib grafika — bu maxsus, fikran yaxlit xayoliy g‘oyalarning
(ansambllarning) ikki o‘lchovli (yoki uch o‘lchovli) tasvirda ifodalangan grafik qiyofasi
va uning eksplikatsiyasidir.
Shartli belgilar grafik qurishning texnologik asosini tashkil etishi tufayli
grafikada ishlatiladigan shartli belgilarni ko‘rib chiqamiz.
Shartli belgilar — bular shunday chizmalarki, ular berilgan sifat ko‘rsatkichlarini
shartli belgilarda ifodalaydi. Bir xil tushunchalarni belgilashda — bir xil shartli
belgilardan, turli tushunchalarni belgilashda turli belgilardan foydalaniladi. Natijada,
to‘liq, shu bilan birga darajalangan qiyofalar vujudga keladi: • figurali (harflar,
raqamlar, ochiq va yopiq figuralar sxematik va kartina ko‘rinishidagi tasvirlar);
•
chiziqlar (nisbatlarni belgilash, aloqa chiziqlari, geometrik o‘lchovlarni
ko‘rsatish, yo‘nalishi, ko‘rinishi va boshqalar);
•
fon belgilari — maydon va yuzalarni rang bilan yoki shtrixlar bilan
(ularning xususiyatlarini ko‘rsatish uchun) qoplash.
Shartli belgilar chizma yuzasida ma'lum bir tartibda joylashtiriladi.
Masshtabsiz grafiklarda belgilar erkin montaj, zonali va jadval to‘ri ko‘rinishida
beriladi. Bu yerda grafikani yorqinlashtiruvchi vosita sifatida rangdan foydalaniladi.
Zonali to‘r — berilgan maydonni bo‘laklarga bo‘lib, har bir bo‘lakka maxsus
qiymatni biriktirib qo‘yish. Har bir zona gorizontal yoki vertikal polosa shaklida bo‘lib,
o‘z sarlavhasiga ega bo‘ladi.
Jadvalli to‘r — bu o‘zaro kesishuvchi zonalarning kombinatsiyasidan iborat.
Grafiklar tuzishda, ya'ni uning texnologik asoslarini qurishda grafik muharrirda
chiqariladigan chizmalar sonini ham nazarda tutish kerak. Bu yerda qo‘yiladigan
asosiy talab — grafik muharrir tomonidan ko‘rsatiladigan kompleksning eng asosiy
qism detallari va soyasi birinchi navbatda, ikkinchi navbatda ikkinchi darajali detallar,
uchinchi navbatda yordamchi detallar ko‘rsatiladi va hokazo.
Grafikning yuklamasini kamaytirish quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:
1.
Ketma-ket detallashtirish usuli (bitta grafik o‘rniga, dast-labkiga o‘xshash
grafiklar seriyasini chizish);
2.
Ulanish usuli (umumiy tizimga birlashtirilgan va bir necha turli
nuqtalardan olingan tasvir);
3.
Asosiy kontur usuli (umumiy konturga ega bo‘lgan grafiklar seriyasini
tuzish va har bir grafikka o‘z xarakteriga mos keluvchi chizmalar chizish);
4.
Oddiy solishtirish usuli (bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan, biroq bir xil qoidalar
asosida tuzilgan grafiklarni to‘plash).