14
logotip, matn, diagramma, grafik va chizmalarning tasvirini taqdim qilishda juda katta
imkoniyatga ega.
GIF formatining ikki varianti mavjud: GIF87a va GIF89a. U ishlab chiqaruvchilar
Lempel, Ziv, Welch familiyalarining birinchi harflari bilan nomlangan LWZ
ixchamlash usulini qo‘llaydi.
GIF89a formati GIF87a formati standartiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari,
rangning tiniqligi (transparency), satrlararo yuklanish (interlaced) va animatciya kabi
yangi imkoniyatlar bilan to‘ldirilgan.
Rangning tiniqligi orqali har qanday fonga qo‘yib bo‘ladigan
ixtiyoriy tasvirlar
yaratish mumkin. GIF89a da oddiy animatciyaning qo‘llanilishi tasvirlar ketma-
ketligini berilgan vaqt oralig‘ida siklik qaytarishi mumkin.
JPEG (Joint Photographic Experts Group) grafik formati ( qisqartirilgan holda
JPG) ko‘p rangli tasvir fayllarini tarmoqda ishlatish uchun mo‘ljallangan bo‘lib,
foydalanish darajasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi grafik format hisoblanadi.
JPEG rang palitrasi 16 777 216 (True Color)tagacha bo‘lgan rangni saqlaydigan
tasvirlarni ixchamlash imkoniyatini beradi. Bunday ixchamlash tasvirning sifati
yo‘qolishi (lossy compression) hisobidan sodir bo‘ladi.
JPEGda boshlang‘ich tasvirni ixchamlashda “ixchamlash darajasi”ni
juda keng
chegaralarda boshqarish mumkin. Bu formatda “ixchamlash darajasi” tasvir sifatining
yomonlashuviga olib kelishini yodda tutish kerak, ixchamlash darajasi qancha yuqori
bo‘lsa tasvirning ko‘rinishi boshlang‘ich tasvirga nisbatan shuncha ko‘p yomonlashadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, JPEG juda ko‘p ranglarni, mayda rangli detallarni
saqlovchi fototasvirlarning sifatli grafik fayllarni ixchamlash uchun mos keladi. Bu
format ko‘p hollarda tarmoqda sifatli fototasvir va illyustratciyalarni taqdim qilish
uchun qulay hisoblanadi. Afsuski, JPEG ranglarning tiniqligini qo‘llamaydi,
bu esa
uning qo‘llanish sohasini kamaytiradi.
Tarmoqda keng tarqalgan bu ikkala grafik fayllar formati o‘zining rivojlanishini
davom ettirmoqda, ya`ni grafikaning yuklash jarayonini osonlashtirish maqsadida
yuklanish tugashiga qadar past ruxsatda boshlang‘ich tasvir variantlarini ko‘rsatish
imkoniyatini beruvchi texnologiyalar ishlab chiqilgan.
JPEG da bunday maqsadlarga erishish uchun bosqichma-bosqich algoritm
o‘rnatilgan (progressive JPEG). Bu algoritmga asosan dastlab past sifatli tasvir, keyin
esa uning ustiga to‘liq asosiy tasvir yuklanadi.
PNG grafik format Web – sahifalarda tasvir va grafiklarni
joylashtirish uchun
maxsus yaratilgan ixchamlash formati bo‘lib Deflate ixchamlash algoritmidan
foydalanadi. Bu format GIF va JPEG formatlarining afzallik tomonlarini o‘zida
mujassamlashtirgan.
TIF grafik format Aldus kompaniyasi tomonidan PhotoStyler dasturi uchun ishlab
chiqilgan bo‘lib
“tegni tasvirlaydigan fayl” ma`nosini anglatadi. Bu grafik format yetarlicha murakkab
bo‘lsa ham uning strukturasi ma`lumotlarni yozishning qulayligi va tasvirni
kengaytirishda katta imkoniyat mavjud. Tasvirning raqamli ma`lumotlarni ifodalovchi
barcha axborotlar boshqa ko‘pgina format fayllari singari uning boshlang‘ich qismida
emas,
balki maxsus bloklarda, tasvir parametrlarining ichki belgilashlarida saqlanadi.
15
Unda 45 dan ortiq turli teglar mavjud bo‘lib ularning qo‘llanilishi ko‘pgina qo‘shimcha
funktciyalarni tashkil etish imkoniyatini beradi.
PCX grafik format Zsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va Paintbrush, hamda
PhotoFinish dasturlarida qo‘llaniladi. Bu grafik faylning tuzilishi sodda va ranglar
palitra hajmi bo‘yicha chegaralangan bo‘lishiga qaramasdan yaqin vaqtgacha
ommabop sanalib kelingan.
BMP grafik formati Windows operatcion tizimi uchun Microsoft firmasi
tomonidan ishlab chiqarilgan. U favqulotda sodda strukturani ifodalaydi va uncha katta
bo‘lmagan piktogrammatasvirlarning namoyish etilishini izohlash uchun xizmat qiladi.
U grafik interfeyslarda keng qo‘llaniladi.
GIF va JPEG grafik formatlari bilan ishlashda quyidagilarni yodda tutish
muhimdir
-
Natijalanuvchi GIF-fayl o‘lchami palitradagi ranglar soniga bog‘liq. Palitradagi
ranglar qancha kam bo‘lsa, ixchamlash darajasini shuncha
katta berish mumkin va
yakuniy fayl o‘lchami ham shuncha kichik bo‘ladi.
-
Natijalanuvchi JPEG-fayl o‘lchami tasvirning mayda detallar bilan
to‘ldirilganiga bog‘liq bo‘ladi. Ular qancha ko‘p bo‘lsa, ixchamlash darajasini shuncha
katta berish mumkin, va yakuniy fayl o‘lchami ham shuncha kichik bo‘ladi.
-
Hech qachon JPEGda tasvirning oraliq variantlarini saqlamang, nusxalarni
boshqa formatlarda saqlang. Biror bir o‘zgartirish kiritish kerak bo‘lsa, o‘sha nusxalarni
ishlating.
-
Hech qachon tasvirni
GIF dan JPEGga va aksincha, o‘tkazmang. Bunday
harakatlarda to‘g‘ri ixchamlash imkoniyati kamayadi, tasvirning va rang berishning
yomonlashuvi yuz beradi.
-
Chekli sondagi ranglardan foydalanilgan, biroq bir xil rangli sohalarning kattaligi
va bir rangdan ikkinchisiga o‘tishda chegaralarning aniqligini saqlovchi tasvirlarni GIF
texnologiyasi orqali ixchamlash (1-rasm) JPEG dagiga (2-rasm) qaraganda yaxshiroq
bo‘ladi va natijadagi fayllar esa kichik o‘lchamda bo‘ladi. Agar bunday tasvirlar JPEG
da siqilsa, ranglar xira bo‘ladi va natijadagi fayl o‘lchami kattaroq bo‘ladi.
-
Ko‘p sonli mayda detallardan tashkil topgan fototasvirlar va plutonli
tasvirlarni
JPEG texnologiyasi orqali ixchamlash (3-rasm) GIF dagiga (4-rasm) qaraganda
yaxshiroq va natijadagi fayllar esa kichik o‘lchamda bo‘ladi. Agar bunday tasvirlar GIF
da siqilsa, ranglar xira bo‘ladi va natijadagi fayl o‘lchami kattaroq bo‘ladi.
Grafik fayllarni ixchamlashni osonlashtirish uchun maxsus ilovalar mavjud bo‘lib,
ular sifatni yo‘qotmagan holda grafik fayllar hajmini kichraytirish imkonini beradi.