• "Kompyuter grafikasi"ning axborotlashgan jamiyatdagi ahamiyati, roli va o‘rni.
  • Mavzu № 1 Kompyuter grafikasi haqida tushuncha




    Download 10,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/134
    Sana23.11.2023
    Hajmi10,51 Mb.
    #103795
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-kompyuter Grafikasi

    Mavzu № 1 Kompyuter grafikasi haqida tushuncha.  
    Reja:  
    1. 
    "Kompyuter grafikasi”ning axborotlashgan jamiyatdagi ahamiyati, roli va o‘rni.
    2. 
    "Kompyuter grafikasi"ning "Informatika" sohasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro 
    aloqasi.
    3. 
    "Kompyuter grafikasi" kursining predmeti, mazmuni va vazifalari.
    "Kompyuter grafikasi"ning axborotlashgan jamiyatdagi ahamiyati, roli va 
    o‘rni. Fan va texnika taraqqiyoti jamiyatimizni axborotlashgan jamiyatga aylantirdi. Bu 
    jamiyatda faoliyat ko‘rsatuvchilarning aksariyat qismi axborotlarni ishlab chiqarish, 
    saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan banddirlar. Bunday ishlarni zamonaviy 
    kompyuterlarsiz amalga oshirish qiyin. Ulardagi ma'lumotlarni qayta ishlashni mashina 
    grafikasi yordamida amalga oshirish foydalanuvchiga katta qulayliklar tug‘diradi. 
    Mashina grafikasi deganda obyektlarning hajm modellarini yaratish, saqlash, ishlov 
    berish va EHMlar yordamida ularni namoyish etish tushuniladi. Kompyuter grafikasi 
    yangi axborotlashgan texnologiyalar orasida to‘xtovsiz rivojlanib borayotgan 
    yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bunday rivojlanish texnika sohasida ham (grafika 
    stansiyalari), dasturiy vositalar sohasida ham ko‘zga tashlanmoqda. Ular videofilm
    kadrlari bilan sifat bo‘yicha taqqoslashga loyiq hajmli harakatlanuvchi tasvirlarni 
    yaratishga imkon beradi. Bu dasturiy mahsulotlar reklamalar ishlab chiqaruvchi
    vositalar hisoblanib, san'at va multimediya texnologiyasi sohalarida qo‘Uaniladi. 
    Bundan tashqari namoyish grafikasiga, geometrik modellashtirishga, grafik 
    interfeyslarni loyihalashga, animatsiya (harakatlanuvchi tasvirlar)ga va ko‘zga 
    ko‘rinuvchi (vizual) harakatni qurishga katta e'tibor berilmoqda. Kompyuter grafikasi 
    ilm va fanning barcha sohalarida, ayniqsa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilishda 
    muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkin. Kompyuter grafikasi dunyo fanida yangi
    fundamental fan hisoblanib, o‘tgan asrning 60-yillarida paydo bo‘ldi va ishlab 
    chiqarishning barcha sohasida kadrlar tayyorlab berishda o‘ziga xos ahamiyatga 
    egadir.  
    Maxsus dasturlar yordamida xuddi bir varaq oq qog‘ozga qalam yoki ruchka 
    bilan har xil rasmlarni solish singari kompyuter ekranida sichqoncha yordamida rasm 
    chizish, ya'ni tasvir yasash, tuzatish va uiarni harakatlantirish imkoni yaratildi. Bu 
    dasturlar rasm chizish programmalari yoki grafik muharrirlar hisoblanib, ular 
    yordamida rasmning elementlari boshqarib boriladi. Kompyuter grafikasining juda tez
    rivojlanib borishi va undagi texnikaviy, dasturiy vositalarining yangilanib borishi 
    ushbu kursni hamisha takomillashtirishni, bu sohadagi yangi yo‘nalishlarni tinmay 
      



    o‘rganib borishni taqozo etadi. Oxirgi yillarda bu sohada juda katta o‘zgarishlar 
    (siljishlar) yuz berdi, ya'ni 16 mln dan ortiq rang va rang turlarini o‘zida aks ettira 
    oladigan displeylar, grafik axborotlarni (paper part) kirituvchi moslama — skanerlar, 
    grafik ish stansiyalari, dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter dunyosini 
    kashf qila oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi.

    Download 10,51 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134




    Download 10,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu № 1 Kompyuter grafikasi haqida tushuncha

    Download 10,51 Mb.
    Pdf ko'rish