• Тabiiy xodisa ko‘rinishlarni hosil qilish. Тuman.
  • Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi




    Download 10,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/134
    Sana23.11.2023
    Hajmi10,51 Mb.
    #103795
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   134
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-kompyuter Grafikasi

    Shaklli tagranglar. Kristallar.  
    Yangi tasvirni 400x400 pikselli hajmda RGB rangli rejimda yaratamiz. So‘ngra 
    Paint Bucket (to‘ldirish) uskunasi yordamida, qora rang bilan to‘ldiramiz. Lens Flare: 
    Filter-Render-Lens Flare filtrini rasmda ko‘rsatilgan kabi sozlab qo‘llaymiz. Shunga 
    e’tibor beramizki, yaratilgan dog‘ tasvir markazida joylashgan bo‘lishi lozim. Endi 
    Canvas Size: Image-Canvas Size buyrug‘i yordamida tasvir kattaligini ikki barobar 
    kattalashtiramiz. Ushbu amalni sozlash rasmda ko‘rsatilgan.
    Keyingi amal kichik dog‘ni yetarli darajada rangli dog‘ga aylantirish lozim. buning 
    uchun Fresco: Filter-Artistic-Fresco filtri lozim bo‘ladi. Ushbu bosqichdagi amal 
    rasmda ko‘rsatilgan.


    79 
    Olingan natijadan ko‘rishimiz mumkinki yaratilgan dog‘ tasvir markazida 
    joylashtirilishi shart edi, chunki aks holda uning kattaligi oshganda u to‘liq ekranga 
    yetmagan bo‘lar edi.
    Bajarilayotgan amalning eng asosiy bosqichi–kristallarni hosil qilishni ko‘rib 
    o‘tamiz. Buning uchun Extrude: Filter-Stylize-Extrude filtrini qo‘llaymiz. Kerakli 
    sozlash amallari rasmda keltirilgan.
    Kristallar tayyor. Biroq ular barchasi rang-barang bo‘lib, umuman bir-biriga 
    o‘xshamaydi. Ularni bir tonda ranglash lozim. Havorangni tanladik – chunki barcha 
    sirli kristallar faqat havorangda bo‘ladi. Rang o‘rnatish uchun Hue/Saturation 
    uskunasini Colorize rejimda qo‘llaymiz. Qo‘llanilgan sozlashlar rasmda ko‘rsatilgan. 
    Kristallarni turli rangda va shaffoflikda yaratib ko‘rishimiz mumkin. Misol tayyor holga 
    keltirildi.


    80 
    Тabiiy xodisa ko‘rinishlarni hosil qilish. Тuman. Bunday 
    ko‘rinishni yaratishdan oldin, unga mos keluvchi tasvirni tanlash lozim. Тabiat rasmi 
    chizilgan tasvirni; unda daryo yoki dengiz rasmi mavjud bo‘lsin. Layer-New-Layer 
    buyrug‘i bilan Yangi qavat yaratamiz. U o‘zgartiruvchi bo‘lib, ya’ni tasvirning alohida 
    qismlarini o‘zgartirmaydi, biroq uning umumiy ko‘rinishiga ta’sir qiladi.
    Asosiy ranglarni belgilangan kabi D tugmasi orqali o‘rnatamiz. Clouds (Bulutlar) 
    filtirini Render
    (Yorug‘lik) to‘plamidan tanlaymiz. Тo‘liq tasvir bo‘yicha tarqalgan shaklsiz oq bulut 
    ko‘rinishini. Ushbu amal bajarilgandan so‘ng tasvir yangi qavat ostida rasmda 
    ko‘rsatilgan kabi ko‘rishga ega bo‘ladi.
    Olingan natijani to‘g‘rilash uchun, joriy qavat uchun piksellarni o‘rnatish rejimini 
    Normal dan Screen ko‘rsatgichga o‘zgartiramiz. Uning yordamida barcha qora 
    bo‘shliqlar shaffof ko‘rinishda, oq qismlari esa o‘zgarmas qoladi. Agar tasvir juda ham 
    oppoq bo‘lib qolsa, u holda qavatning shaffofsizligini 3040% ga kamaytiramiz.
    Layers panelidagi Тoza qog‘oz ko‘rinishli tugma yordamida yangi qavat hosil 
    qilamiz. Тumanni aniq tasvirda ko‘rsatish uchun ba’zi xususiyatlarini eslashga harakat 
    qilish lozim bo‘ladi. Qanchalik uzoqdan ko‘rinsa, shunchalik qalin ko‘rinadi, Ushbu 
    xususiyatni tasvir etishda gradiyent uskuna Anki yordam beradi. Bunda ranglar 
    o‘zgarishi qora rangdan oq ranga o‘zgarishi lozim. Uskunalar panelida Gradient 
    tugmasini tanlaymiz. Gradiyentning ochiq qismini tasvirga qarab joylashtirish kerak. 
    Qavat parametrlarini rang surtish rejimini Screen da belgilab, qavatda shaffofsizlikni 
    o‘rnatamiz.
    Natijada tumanga o‘xshash ko‘rinish hosil bo‘ladi. Тasvirni yanada aniqlantirish 
    uchun bir necha amallarni bajarish lozim bo‘ladi. Brush uskunani tanlab, uni Airbrush 
    Capabilities ga o‘zgartiramiz, asosiy rang sifatida oq rangni tanlaymiz va bir necha 
    nosimmetrik joylashgan chiziqlarni chizamiz.
    Chizma asosi tuziladi. Biroq tuman shunchalik darajada aniq shaklarni hosil 
    qilmaydi. Unga haqiqiy ko‘rinish quyidagicha bajariladi: chiziqlarning bir qismini 
    tanlab, ularga Distort guruhidan Twirl filtrini tanlab o‘rnatamiz.


    81 
    So‘ngra umumiy oquvchanlik ko‘rinishini o‘rnatishga o‘tamiz. Uni Motion Blur filtr 
    yordamida bajarishni tavsiya etamiz. Uning parametrini yuqoridan pastga qarab, chizish 
    bosim kuchini o‘zingizga mos qilib o‘rnatamiz. Agar o‘rnatmalar yetarli talab darajada 
    bo‘lmasa, u holda oddiy oquvchanlik amalidan foydalanish mumkin. natijada oynadagi 
    tasir rasmda ko‘rsatilgandek o‘zgarishi lozim.
    Photoshop dasturida instrumentlar yordamida maxsus effektlarni yaratishda 
    <<Параметры наложения>> ishchi oynasining 12 ta buyruqlaridan tashkil 
    topgan. Maxsus effekt buyruqlari:
    Тиснение – tasvirga bosma naqshlar tushirish;
    Контур – tasvir konturini sozlash;
    Текстура – tasvirga bezak berish;
    Обводка – tasvirni burkib chiqarish;
    Внутреняя тень –
    Внутреннее свечение – tasvirlarga ichki va tashqi soyalarga yorqinlik berish;
    Глянец – tasvirni sayqallash;
    Наложение цвета – tasvirga aniq ko‘rsatilgan rang;
    Наложение градиента – tasvir chegarasini sozlash;
    Наложение узора – tasvir bezagiga nashq joylashtirish;


    82 
    Внешнее свечение – tasvir ustki yorug‘ligi; 
    Тень – tasvirga soyalar berish.

    Download 10,51 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   134




    Download 10,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi

    Download 10,51 Mb.
    Pdf ko'rish